TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI IQTISOD FAKULTETI IQTISOD SIRTQI YO’NALISHI 1-BOSQICH 21/22-GURUH TALABASI SHAMSIDDINOV SHAHRIZODNING BIZNES MATEMATIKA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI Transport masalasi . Chiziqli programmalashtirish Reja:
1.Transport masalasining matematik modeli 2.Transport masalasini yechish usullari 3.Ochiq turdagi transport masalasini yechish Transport masalasining matematik modeli Yuklarni jo‘natish punktlaridan berilgan qabul qilish punktlariga tashib berishning optimal planini topish masalasiga transport masalasi deyiladi va u quyidagicha formulirovka qilinadi:
Aytaylik А1,А2,..,Аm punkitlarida ularga mos а1,а2,...,аm miqdordagi bir jinsli yuklar joylashgan bo‘lsin. Bu А1,А2,..,Аm -larga jo‘natish punktlari deymiz. Bu yuklarni n-ta В1,В2,...,Вn punktlari qabul qilishi kerak bo‘lib va ularning talablari mos ravishda b1,b2,...,bn bo‘lsin. Har bir xij -birlikdagi yukni i-chi jo‘natish punitidan j-chi qabul qilish punitiga olib borish narxi (xarajati) cij -ma'lum bo‘lsin. Bu yuklarni tashish planini shunday tuzishimiz kerakki talabgor punktlar maksimal qoniqish olsin va hamma yuklarni olib borish uchun ketgan xarakatlar yig‘indisi minimal bo‘lsin.
Transport masalasini yechish usullari Transport masalasini yechish ikki bosqichdan iborat.
1.Boshlang‘ich tayanch planni topish.
2.Tayanch planlar ichidan optimal planni topish.
Tayanch planni tuzishning bir necha usullari mavjud: "Shimoliy-g‘arb burchak", "Kichik elementlar", "Fogel'" va boshqalar.
"Kichik elementlar" usuli. "Kichik elementlar" usuli yordamida tayanch planni topish quyidagicha amalga oshiriladi:
1.Yuklar qabul qiluvchilarga tarif jadvalidagi eng kichik cij tashish narxiga mos katakni to‘ldirishdan boshlanadi.
2.Eng kichik tarif cij katagiga ai yoki bj ning eng kichigi joylashtriladi.
3.Keyin to‘lig‘icha yuk zapaslari sarf qilingan satr yoki qabul qilish punkti talabi qondirilgach mos ustun yo‘qotiladi.
4.Agar jo‘natish punktidagi yuk zapaslari to‘liq taqsimlangan bo‘lsa va qabul qiluvchi talabi to‘liq qanotlantirilsa ularga mos satr va ustun yo‘qotiladi.
5.Qolgan satr va ustunlardan yana kichik ta'rif olinadi. Yuk zapaslarini taqsimlash jarayoni, toki yuk zapasi tugaguncha va talablar qanoatlantirilguncha davom etadi.