V. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Ushbu fan bo‘yicha laboratoriya mashg’ulotlari o‘tkazish nazarda tutilmagan
VI. Hisob-grafik ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar “Elektrotexnika va elektronika ” fanidan xisob-grafik ishlari ta’lim yo‘nalishiga o‘quv rejada keltirilmagan.
.
VII. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;
mavzular bo’yicha referat tayyorlash;
seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;
amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;
o’rganilayotgan mavzu bo’yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotasiya yozish va boshqalar.
Ta’lim jarayonida innovasion texnologiyalarni, o’qitishning interfaol usullarini qo’llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish tizimli tarzda, ya’ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o’zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Mustaqil ishi ma’ruzalar konspekt va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar va internet materiallari bilan ishlashni, referatlar yozishi, standart talablar-ga mos ravishda va hisoblash texnikasida foydalanib mustaqil bajarishi o‘z ichiga oladi.
Mustaqil ishlar uchun mo‘ljallangan mavzular:
1.O‘zbekistonda energetikaning o‘rni
2. ‘zbekiston elektr energetika sohasining rivojlanish istiqbollari
3. Texnika taraqqiyotida energetikaning o‘rni
4. Energetika zaxiralaridan foydalanish jarayonlari
5. Ko`mir, neft, tabiiy gaz va atom energiyalari zahiralari. Shamol va quyosh energiyasi zahiralari.
6. Noan’anaviy qayta tiklanuvchan energiya manbalari
7.Quyosh entrgiyasidan foydalanish.Quyosh elektr stansiyalari
8.Gidroelektr stansiyalari
9.Shamol elektr stansiyalari
10.Atom elektr stansiyalari
11.Geotermal energiya manbalari
12.Biomassa energiya resurslari
13.Respublika Energetika tizimini
14.Elektr motorlar va generatorlar
15.Energetika va atrof-muhit