PASTERIZATOR XISOBI.
Uskunalar hisobi (asosiy, qo’shimcha va yordamchi uskunalar xisobi)
Pishloq ishlab chiqarish liniyasi uchun sovutgichli pasterizatorni o’rnatish uchun texnologik xarakteristikasi.
Marks OPL-5
Ish unumdorligi- 5000 l/soat
Sutning boshlang’ich temperaturasi- 10 C
Pasterizatsiyada sutning o’zgarish temperaturasi±2C
Sutning sovish temperaturasi-36C gacha
Issiqlik almashinish yuzasi-21m
Sut maxsulotlarining issiqlik sig’imi
kF∆tcv G=----p c(t± t2)
k - umumiy issiqlik uzatish koeffitsenti
k
a1 - suyuqlik sovishida devorning issiqlik uzatish koeffitsenti - 0,370 kkal/ (m 2с-grad)
a2 - maxsulotning laminar devordagi issiqlik uzatish koeffitsienti - 0,390 kkal/(m 2сgrad)
19
------------------------= 0,19 kkal (m •c∙grad)
0,370+0,390
F=21 m2
t1=5°C t2=36C
C=0,925 kkal (kg grad)
∆tcp = 20°C
0,19∙21∙20
G=--------------------=2,78kg/c
0,925∙(5-36)
v - suyuqlik harakat tezligi
sutniki - 0,44 m/sek
issiq suv - 0,56 m/sek
v - suyuqlikning kinematik qovushqoqligi - 1,300 • 106m2/sek
λ- suyuqlikning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti -0,426 kkal/(m •c∙grad)
Pr—9,56
d—10 mm
a1d 0,370 • 10
Nu = = 8,685
λ 0,426
v∙ d 0,56 • 10
Re= ------------------ = 4,3 • 10-6
v 1,300 •106
Pr—9,56 Issiqlik balansi
Q = G∙c(t2 – t1) = 2,78 • 0,925(36 - 5) = 79,7 kkal
Q 79,7
q = ----- = ------------- = 3,796 kkal/m2
F 21
cv=1,006 kkal/kg∙grad
tkv =10°C
tnv=40°C
τ = maxsulotning sovitish muddati=10 min
Q 79,7
Gv = = = 0,26 kg/r
cv(tkv-tkv)•τ 1,006 • (40 — 10) • 10
Q = G • c(t2-t1) = D(i-tk)η
Gc(t2-t1)
D=-----------------
( i -tk )η
η=0,9 ÷ 0,95
tk=74
i=634,9 kkal/kg
79,7
D ---------------------- = 0,152kg
(634,9-74)∙0,93
USKUNAGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR.
Sut sanoati korxonalari texnologik uskunalariga, hamma turdagi oziq-ovqat uskunalariga tegishli umumiy talablar bilan birga mahsus, ya’ni qayta ishlanadigan xom ashyoning hususiyatlariga qarab hamda havfsizlikni ta’minlovchi talablar qo‘yiladi.
Sut korxonalari texnologik uskunalariga qo‘yiladigan umumiy talablarga, kerak darajadagi quvvati, material va energiyaning minimal sarflanishi, mehnat hajmi va foydalanish havfsizligi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifati, remont qilish imkoni, ishonchliligi, uzoq muddatliligi, ekologik havfsizligi kiradi.
Sut xom ashyosini qayta ishlovchi texnologik uskunalarning o‘ziga xosligi – bu uning konstruksiyasiga qo‘yiladigan yuqori darajadagi sanitariya talablari. Texnologik uskunalarning ish organlari konstruksiyasi shunday bajarilgan bo‘lishi kerakki, ekspluatatsiya sharoiti buzilgan noqulay sharoitda ham moylovchi yog‘lar, zang yoki metall changlari va boshqa yot materiallar va predmetlar ish zonasiga tushib qolish extimoli bo‘lmasin.
Texnologik uskunalar konstruksion materiallari oziq-ovqat mahsulotlari bilan kontaktda bo‘lganda, mahsulotni ifloslantirmaydigan va sifatini tushirmaydigan bo‘lishi lozim. Ish zonasida qo‘rg‘oshindan,ssinkdan, misdan, ularning qotishmalaridan yasalgan detallardan foydalanish hamda kadmiy, nikel, xrom, emal, penoplastlar, formaldegid asosida tayyorlangan plastmassalar, takibida oyna tolasi bo‘lgan materiallar, asbest keramikadan, shishadan yasalgan qismlar qoplanishlar yordamida qo‘llanilishi man etiladi.
Foydalaniladigan materiallar uskunalarni surunkali yuvish, tozalash va dezinfeksiyalar jarayonlaridagi kimyoviy, issiqlik va mexanik ta’sirlarga bardosh bera oladigan bo‘lishi lozim. Konstruksion materiallarning ish zonasidagi rangi oziq–ovqat mahsuloti sifatini aniqlashga va tozaligini nazorat qilib turishga halal bermasligi kerak.
Metallokonstruksiyalar (ramalar, stanina, bog‘lovchi va boshqalar) yasash uchun qirqim bo‘yicha yopiq shakldagi profillardan foydalanish lozim.
Uskunalar konstruksiyasi mahsulotni tashqi muhitdan ifloslanishdan himoya qila olishi kerak, mahsulotni yoki yordamchi materiallarni atrofga sochilish ehtimolini oldini olish, uskunaning to‘la bo‘shatilishi va sifatli tozalanishi, mahsulot qoldiqlari qolib chirishi jarayonini oldini olish imkonlarini berishi kerak. Hamma yog‘i sanitar ishlovi berish va uni nazorat qilish uchun qulay bo‘lishi shart. Mahsulotga ishlov berish zonasi konstruksiyasida, agar texnologik talablarga asosan ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, yuvilmaydigan joylar, tor cho‘ntaksimon chuqurlar, yoriqlar, to‘siqlar, zinachalar ( stupenka), keskin toraygan kesimli joylar bo‘lmasligi kerak. Jumladan vannalar, metall idishlar va qismlar oson yuvib tozalanadigan silliq, tozalashni qiyinlashtiradigan, halaqit beradigan do‘nglik, tor oraliqlar, detallarsiz yuzaga ega bo‘lishlari lozim.
Yopiq tizimda sanitar ishlovi(bezrazbornaya moyka) berishga mo‘ljallangan mahsulot zonasi konstruksiyasi, vaqti – vaqtida echilib qo‘l bilan yuvib tozalash va nazorat qilish imkonini bera oladigan bo‘lishi kerak. Echiladigan va yig‘iladigan qismlar va detallar oson bo‘linadigan biriktiruvchilar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Uskunaning mahsulot zonasida zaklepka, boltlar, nuqtali payvandlash, bir-biriga kiydirilib mahkamlangan bog‘lanishlar qo‘llanishi man etiladi. Yuzalar ulangan joyi va burchak qirralari 6 mm dan ko‘proq radius bo‘yicha, mexanik yuvish qo‘llanilganda 50 mm dan kam bo‘lmagan radiusda bajarilgan bo‘lishi lozim. Uskunadan chiqqan oqava suvlar to‘kiladigan quvurlar kanalizatsiya tizimiga sifonlar yordamida yopiq holda ulangan bo‘lishi kerak. Vallarning zichlab mahkamlangan moslamalari xom-ashyo, yuvish vositalarining uzatish mexanizmlariga, moylovchi materiallarning esa, mahsulot zonasiga tushishi xollari oldini olish shart. Uskunaning joylashishi, uning quvurlar bilan ulanishi, kanalizatsiyaga bog‘lanishi sanitar ishlov berish va nazorat qilishga to‘sqinlik bermasligi lozim. Armaturalar joylashuvi va quvurlar ulangan erlari mahsulotga boshqa narsalar (gidravlik yog‘, sovutish suyuqliklari va x.k) oqib tushib ifloslantirishi va uskunaga sanitar ishlov berishga xalaqit qilishi hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Uskuna tashqarisi izolyasiyasi atrof muhitni va mahsulotni ifloslantirmaydigan, haroratni o‘tkazmaydigan materiallardan bajarilgan bo‘lishi kerak.
GOST 12.2.003 “Ishlab chiqarish uskunalari. Havfsizlik umumiy talablari” ishlab chiqarish uskunalariga havfsizlik talablarini belgilaydi, jumladan konstruksiyalarga, ularni boshqaruv organlariga, himoya vositalariga, hamda montaj va ta’mirlash ishlari, ishlab chiqarish uskunalarini tashish va saqlash hususiyatlari bilan belgilanadigan havfsizlik talablarini. Uskunalar montaj, ekspluatatsiya, ta’mirlash, tashish va saqlashda havfsiz bo‘lishlari, tashqi muhitni o‘rnatilgan me’yordan ortiq zaharli moddalar chiqarib ifloslantirmasligi kerak. Uskunalar xavfsizligi faoliyat prinsipini, konstruktiv sxemalarni, havfsiz konstruksion elementlarni tanlash va x.k., mexanizatsiyalar, avtomatlashtirish, distansion boshqarish va himoya vositalarini qo‘llash yordamida; ergonomika talablarini bajarish bilan; texnik xujjatlar tarkibiga montaj, ekspluatatsiya, ta’mirlash, transportirovka qilish va saqlash jarayonlaridagi havfsizlik talablarini kiritish bilan ta’minlanadi. Uskunalar yong‘in va portlashdan xavfsiz, yuqori namlikka, harorat va bosim o‘zgarishiga, agressiv moddalar ta’siriga, shamol kuchiga, muzlashga chidamli bo‘lishi kerak.
Uskunaning xarakatlanuvchi qismlari – sidiruvchi, vallarning uchlari va ularning elementlari (vintlar, shponkalar), valiklar, roliklar, ochiq uzatkichlar, konveyer tasmasi qayrilgan eridagi baraban yonlari, payvandlangan joylar, mahsulot solish bunkerlari(voronka) – to‘siqlar yordamida o‘ralgan bo‘lishi lozim. Tishli uzatmalarning butunlay mahkamlab tashlanmagan to‘siqlari (boltlar, vintlar va x.k.) mashina to‘la to‘xtagandan so‘ng ochish imkonini beradigan yoki to‘la yopilganda mashina ishga tusha oladigan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ishchi xizmatchilar ish zonasi mexanizmlar, xom ashyo va tayyor mahsulotlar xarakterlanish zonasidan tashqarida bo‘lishi kerak.
Uskunalar konstruksiyasida konveksion va nurli issiqlik ajralib chiqishini chegaralash choralarini ko‘rish imkonini berishi lozim. Belgilangan joyni sovutadigan mashinalarda, sovutish agenti yo‘q bo‘lganda mashinani ishga tushishini blokirovkalovchi moslama o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Namlik, gazlar chang va yot xidlarni ajratib chiqaruvchi uskunalar maksimal ravishda germetik yopilgan bo‘lishi kerak.
Germetik etarlicha bo‘lmasa, ventilyasion tizim yordamida havoni xaydashni ta’minlash lozim.
Uskuna tashqi qismidagi bo‘rtiq qismlari 5 mm dan katta radiusda yumaloqlangan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish uskunasini ishga tushirish knopkasi korobka korpusidan 3 – 5 mm chuqurlikda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Doimiy ish joyidagi boshqaruv organlari (knopkalar, qo‘lushlagichlar, maxoviklar va x.k.) quyidagicha chegaralangan ish zonasida joylashgan bo‘lishi kerak: uzunasiga 0,7 m gacha, 0,4 m gacha chuqurlikda, 0,6 m gacha balandlikda. Ko‘rsatilgan boshqarish organlari pol yuzasidan (ploshadkadan) 0,9–1,5 m tik turib boshqarilganda va 06–1,2 o‘tirib boshqarilganda balandlikda bo‘lishi kerak. Barcha qo‘lushlagichlar, knopkalar,maxoviklar va boshqa boshqarish organlari ularning funksional vazifalarini bildiradigan belgilar yoki yozuvlarga ega bo‘lishlari hamda mos ranglarga bo‘yalgan bo‘lishlari lozim:
Qizil – to‘xtash;
Axromatik (qora, kulrang yoki oq) ba’zida yashil – ishga tushirish;
Sariq – avvrriya xolatida ishga tushirish;
Axromatik yoki ko‘k – maxsus ulanish.
Yuqorida joylashgan mashina va uskunalarga xizmat ko‘rsatish maydonlari to‘siqlar va zinalar (qo‘lushlagichlari bilan) bilan jixozlangan bo‘lishi kerak, hamda 0,7 m dan kam bo‘lmagan o‘tish yo‘lkachalariga ega bo‘lishi lozim.
Maydonchalar yuzasi sirpanchiq bo‘lmasligi va chekka qismlari 0,15 m balandlikda bo‘lishi kerak. To‘siqlar va perilalar balandligi 1 m dan kam bo‘lmasligi, maydonchasi (zina) yuzasidan 0,5–0,6 m balandlikda esa uzunastga qo‘shimcha to‘siq va har 1,2 m dan uzoq bo‘lmagan oraliqda vertikal ustunlar o‘rnatilmog‘i lozim. Zinalar 3–5 m balandlikda o‘tish maydonchalari bilan jixozlangan bo‘lishi kerak; zina kengligi – 0,6 m dan kam bo‘lmasligi; bosqichlar oralig‘i – 0,2 m, bosqich kengligi – 0,12 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 1,5 m dan baland zinalar 45 0 dan kam bo‘lmagan qiyalikka, kam balandlikdagilar–gorizontga nisbatan 60 0 gacha qiyaliqka ega bo‘lishi kerak.
Uskunalarning oyoq yordamida boshqarish (pedillari) moslamalari to‘siqlar bilan jixozlangan yoki uskunaning bexosdan to‘xtab qolishi oldini oladigan (bexos pedal bosilishi, biror narsa tushib ketishi), saqlagichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Pedal to‘sig‘i mustahkam bo‘lishi, qirralari tekislangan va oyoq xarakatiga xalil qilmaydigan bo‘lishi lozim. Pedal yuzasi to‘g‘ri g‘adur– budur yuzali va boshi yumaloqlangan va oyoqni tirash uchun to‘siqli bo‘lishi kerak. Pedal kengligi 80 mm dan kam bo‘lmasligi tirash to‘sig‘igacha uzunlik esa – 110 – 130 mm kerak.
Pedal maydon (pol) yuzasidan 120 mm gacha balandlikda (ishga tushmasdan), bosilishi 60 mm (ishga tushgach) ni tashkil qilishi; o‘tirib boshqarganda pedalga tushgan kuchlanish – 24,5 N, tik turganda – 34,5 N ni tashkil qilishi lozim.
Poldan 2 m balandlikda yoki chuqurlikda joylashgan zadvijkalar, ventillar va kranlar ish joyidan turib ochish va yopish imkonini beradigan moslamalarga ega bo‘lishi kerak.
Ish joylariga o‘rnatilgan statsionar nazorat o‘lchash apparaturalari poldan 2 m gacha balandlikda bo‘lishi kerak.Uskunalarining tok o‘tkazuvchi qismlari ishonchli qilib elektroizolyasiyalangan, to‘silgan yoki odamlar tega olmaydigan joylarga bo‘lishi kerak.
Texnologik uskunalarga o‘rnatilgan elektr apparatlari, hada ularning erga ulangan simlari elektruskunalari qurilmalari qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Uskunalar yuzasining ish joylaridagi to‘siq va quvurlarning qizish darajasi 45 0S dan oshmasligi lozim. Vanna, baklar va boshqa ishchi idishlar kanalizatsiya tizimi bilan yopiq usulda bog‘langan to‘kish, toshib quyilish moslamalari va yopib qo‘yish moslamalari bilan jixozlangan bo‘lishi kerak.
Bosim ostida ishlaydigan uskunalar (avtoklavlar, sterilizatorlar va b.) bosim ostida ishlaydigan idishlarni ekspluatitsiya qilish xavfsizligi va tuzilish qonunlariga asosan loyixalanadi va ekspluatatsiya qilinadi. Bu qoidalar 0,07 Mpa dan ortiq bosimda ishlaydigan metall idishlarga tegishli.
Idishlar konstruksiyasi ishonchli, ekspluatatsiya qilishda xavfsiz, ko‘zdan kechirish, sanitar ishlovchi va ta’mirlash imkonini beradigan bo‘lishi lozim. Ich qismini ko‘zdan kechirishga xalaqit qiladigan hamma narsa olinadigan bo‘lishi kerak. Ichki diametri 800 mm katta bo‘lgan idishlar soni etarlicha bo‘lgan ta’mirlash va ko‘zdan kechirish teshiklariga (tuynuk) ega bo‘lishlari kerakki, ular xizmat ko‘rsatish uchun qulay erlarda joylashgan bo‘lsin. Tuynuynuklar yumaloq va oval shaklda bo‘ladi. aylana shakldagi tuynuklar diametri 400 mm dan kam bo‘lmasligi, oval shakldagilar kichik o‘qi kamida 325 mm, kattasi – 400 mm bo‘lishi kerak. Quvursimon issiqlik almashtirgichlar ko‘rinishidagi idishlar lyuk va tuynuklarsiz yasalgan bo‘lishi mumkin. To‘ntariladigan idishlar o‘z–o‘zidan to‘ntarilib ketish oldini oladigan moslamalarga ega bo‘lishi kerak. Idishlar tagi odatda eliptik shaklda bo‘ladi, lekin shar yoki shar segmenti ko‘rinishida ham yasalgan bo‘lishi mumkin. Idishlarning payvandlangan erlari faqat bir – biriga nisbatan bir tekislikda bajarilgan bo‘lishi kerak. Har xil qalinlikdagi elementlar payvandlanganda bir elementdan ikkinchi elementga qirralarsiz, bir maromda o‘tishi kerak. O‘tish yuzasi qiyaligi 15 0 oshmasligi lozim.
Payvandlanadigan elementlar qalinligi nisbati 30% dan ko‘p bo‘lmasa va yupqa element qalinligi 5 mm dan ortiq bo‘lmasa, qalin elementlarni yupqalamasdan payvandlashga ruxsat etiladi.Pastki qismi ko‘zdan kechirish uchun noqulay bo‘lgan gorizontal idishlarda bo‘yicha payvandlangan yo‘l 140 0 ga teng pastki qismidagi markaziy burchakka to‘g‘ri kelmasligi lozim.
Tuynuk va lyuklar teshiklari payvandlash choklariga to‘g‘ri kelmaydigan (joylarda) erlarda qurilishi joylashgan bo‘lishi kerak.
Idishlarni (sosudlarni) tayyorlash va ta’mirlash uchun bosim ostida ishlaydigan sosudlar tarkibi va xavfsizlik qonun va qoidalarida keltirilgan materiallardan foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: |