7-mavzu. O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar.
REJA :
O’zbekistonda Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo’l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
O’zbekistonda Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.
Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo’l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
O’zbekiston taraqqiyotidagi o’ziga xos yo’lning asosiy tamoyillaridan biri kafolatlangan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdan iboratdir. Uning mohiyati jamiyatda kam ta’minlangan, boquvchisi yo’q, bolali oilalarni, nogironlar va qariyalarni ijtimoiy himoya qilish, jamiyat a’zolarining o’ta boylar va kambag’allarga tabaqalanib ketishining oldini olishga qaratilgan. Shu maqsadda mustaqillikning dastlabki yillarida aholi turmush darajasini barqarorlashtirishga qaratilgan zaruriy choratadbirlar dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. Bu tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag’lar hajmi yildanyilga ortib bormoqda. Xususan 1999 yil davlat byudjetini shakllantirishda ob’ektiv sabablarga ko’ra, yuz bergan ayrim qiyinchiliklarga qaramasdan, qisqartirishlar hisobiga, ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablag’larning kamayishiga yo’l quyilmadi. 1998 yil oxiridagi hisobga ko’ra, mamlakatda 3 mln. 252 mingdan ortiq kishi pensiya va nafaqalar oldi va bu maqsad uchun 75 mlrd. 541 mln. so’m mablag’ ajratildi. Shundan faqat ikki yoshgacha bolasi bor onalarga 10 mlrd. 448 mln. so’m nafaqa berildi.
Kam ta’minlangan aholi qatlamlari nafaqa va moddiy yordamdan tashqari turli xil imtiyozlardan keng foydalandi. Jumladan, jamoat transportida tekin yoki arzon haq to’lab yurish, turarjoy va kommunal xizmatlari uchun haq to’lashda, doridarmonlar va eng zarur oziqovqat mahsulotlarini belgilangan me’yorda bepul yoki arzon narxda olish va boshqa bir qancha engilliklar berilgan. Bulardan tashqari mustaqillik yillarida xalq ta’limi, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining professoro’qituvchilariga, tibbiy xodimlarga elektr energiya, gaz va kommunal xizmatlardan foydalanishda qator imtiyozlar berildi. Bozor munosabatlariga o’tish munosabati bilan aholi daromadining mohiyati yangilanmoqda. Ularning manbalari o’zgarmoqda. Maosh-ish haqidan tashqari tadbirkorlik daromadi, aktsiyadorlik dividendi, mulkdan kelgan daromad, tomorqa mahsulotlarini sotishdan olinadigan tushum shakllarida bozor daromadlari paydo bo’ldi. Aholi daromadlarining bozorga bog’liq manbalari yildanyilga o’sib borishi munosabati bilan ish haqining salmog’i pasayib bormoqda. Masalan, 1992 yili ish haqi aholi daromadining 57% ni tashkil qilsa, 1995 yilda esa 44, 2% ni tashkil qildi. 1997 yili aholi barcha daromadlarining qariyb chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan tushdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pulkredit tizimi shakllantirildi. 1991-1996 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi hukumati Milliy bank va Moliya tizimi yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qildi. 1995 yil dekabrda Oliy Majlisning navbatdagi sessiyasining Markaziy bank va banklar to’g’risidagi qonunlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Markaziy bankdan tashqari Toshkent shahri va viloyatlarda 30 ta aktsiyador-tijorat, shirkat va xususiy banklar faoliyat ko’rsatmoqda (1995). Ularning har qaysisida filiallar mavjud. Masalan, «Paxta bank»da 184, «O’ztadbirkor» bankda 254 filial xizmat qilmoqda. 1994ilning 1 iyulidan boshlab iqtisodiy mustaqillikning zaruriy sharti tariqasida O’zbekiston Respublikasining pul birligi-so’m muomalaga kiritildi. Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni barqarorlashtirish, korxonalar va tarmoqlar moliyaviy ahvolini mustahkamlash, aholi va mamlakat iste’mol bozorini muhofaza qilishda katta o’rin tutdi. Mustaqil O’zbekiston xazinasini to’ldiruvchi, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishning asosiy manbai soliqdir. Shuning uchun soliq tizimini takomillashtirishga dastlabki kunlardan boshlab katta e’tibor berildi. Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 12 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasida davlat soliq organlari haqida»gi qarori asosida davlat soliq tizimi shakllana boshladi. Soliq to’lovchilar soni yildanyilga ko’payib bomoqda. Agar 1994 yilda 91 mingdan ortiq soliq to’lovchi yuridik shaxs ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, 1997 yili ularning soni 148 mingtaga etdi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo’llagan murojaatnomasida kambag’allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi.
«Kambag’allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg’otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to’liq ro’yobga chiqarish, yangi ish o’rinlari yaratish bo’yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir», deb ta’kidlangan edi murojaatda.
Iqtisodiyot qonunlariga asosan, «kambag’allik kambag’allikni keltirib chiqaradi». Mazkur jarayon bir necha sabablarga ko’ra sodir bo’ladi. Birinchidan, daromadlari past mamlakatlar sifatli ta’lim va sog’liqni saqlash uchun etarlicha pul sarflay olishmaydi, kambag’al aholi esa sifatli pullik ta’lim va tibbiyot xizmatlarga qurbi etmasligi sababli inson salohiyati pasayib, kambag’allikdan qochib qutula olmaydilar. Ikkinchidan, kambag’al aholining daromadlari pasayib borgan sari, iste’mol bozorining sig’imi mutanosib ravishda kichrayib boradi va buning natijasida sanoat mollari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari va ayniqsa, xizmatlarga bo’lgan talab pasayib boradi. Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiy taraqqiyotga to’sqinlik qiladi, byudjet daromadlarini kamaytiradi va kambag’allarni ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash imkoniyatini kamaytirib yopiq tsiklik jarayon ko’rinishiga keladi. Uchinchidan, aksariyat hollarda kambag’allarning dunyoqarashi daromad yuqori bo’lganlardan farq qiladi. Yuqorida aytib o’tilgan sabablarga ko’ra, ular orasidan ijodkor va tadbirkorlik qobiliyatiga ega insonlarning etishib chiqishi ehtimoli kamroq. Shuningdek, odatda kambag’al oila a’zolari orasida jinoyatchilik ko’rsatkichlari nisbatan yuqoriroq bo’ladi.
Boshqacha qilib aytganda, kambag’allikni keltirib chiqaruvchi omillar mamlakatda inson salohiyatini rivojlantirishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va aholining iqtisodiy faoliyatiga to’sqinlik qiladi. O’zbekistonda kambag’allikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43, 9 foizga, o’rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79, 7 foizga yoki 2016 yildagi 1293, 8 ming so’mdan 2019 yilda 2324, 5 ming so’mga oshdi. Jahon bankining «O’zbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi doirasida, uy xo’jaliklari orasida o’tkazilgan so’rovnoma natijalariga ko’ra, 2020 yilning yanvar-mart oylari uchun o’rtacha kambag’al xonadonning oylik daromadi taxminan 1, 5 million so’mni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan. Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev O’zbekistondagi kambag’allikni bartaraf etish muammosini strategik vazifa sifatida kun tartibiga qo’ydi. Mazkur muammoni hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi sa’y-harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambag’allikka qarshi kurashish uchun zarur institutlar yaratildi. Bu avvalambor Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi, kambag’allikka qarshi kurashish bo’yicha davlat siyosatini belgilab beradi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida yaqinda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlik fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish institutlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli ko’mak berish borasida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq joylarini obodonlashtirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, «Obod qishloq» dasturining amalga oshirilishi tufayli 1, 7 mln qishloq aholisining yashash sharoitlari yaxshilandi. Birgina 2019 yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish uchun jami 600 million AQSh dollariga teng 6, 1 trln so’m ajratildi. Biroq, erishilgan natijalarga qaramay, hozirgi kunda O’zbekistonda 400 mingdan ortiq oila turmush sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj (Jahon banki mezonlariga ko’ra, 2015 yil oktyabridan boshlab Global kambag’allik darajasiga kuniga 1, 9 AQSh dollardan kam daromad olganlar kiritilgan). Norasmiy sektorning mehnat bozoridagi ulushi 40-50foizni tashkil etadi. Biroq, kambag’al uy xo’jaliklarining faqat 23 foizigina ijtimoiy nafaqa olishadi. Pandemiya davrida aholining kambag’al va eng zaif qatlamlariga ijtimoiy va moddiy yordam ko’rsatuvchi muassasalar faoliyatini isloh qilish zarurati kuchaydi. Shu bois bu muammolarni hal qilish jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Moddiy yordamni taqsimlashda kerakli nazorat, shaffoflik va manzillilikni ta’minlash maqsadida raqamli texnologiyalar asosidagi tizimli echimlarni joriy qilish asosida avval etarlicha manzilli bo’lmagan va samarasiz tizimdan yangi tizimga o’tilmoqda.
Xorijiy tajriba
Ijtimoiy himoya tizimi bu – kambag’allik va tengsizlikni kamaytirish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va dasturlar majmuasidan iborat davlat siyosatidir.
G’arb davlatlarida ijtimoiy himoyaning markazlashgan tizimi 20-asrning boshlarida Germaniya va Buyuk Britaniyada ijtimoiy ta’minot tizimlarining yaratilishi davrida, bir oz keyinroq esa AQShda – Buyuk depressiya davrida muvaffaqiyatga erisha boshladi. 100 yil oldin ijtimoiy himoya tizimlari faqatgina bir necha mamlakatda rasman mavjud bo’lgan bo’lsa, bugungi kunga kelib ushbu tizim deyarli barcha davlatlarda amal qilmoqda. Mamlakatlar o’z imkoniyatlari, milliy sharoitlari va ustuvorliklariga asoslanib ijtimoiy himoya tizimlarini quradilar. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimi nafaqat moddiy yordam berishga, balki aholining yordamga muhtoj qatlamlarini kambag’allikdan chiqarishga yo’naltirilgan bo’lishi muhim rol o’ynaydi. Rivojlangan mamlakatlarda 1990 yillardan boshlab nafaqa ko’rinishidagi ijtimoiy yordam oluvchilarni rasmiy tadbirkorlikka jalb qilish uchun majburiy talablar joriy qilingan. Bu amaliyot qo’llanilgan mamlakatlarda (Koreya, AQSh, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va boshqalar. ) aholi bandligi oshgani kuzatilgan. Turli tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, kambag’allikdagi inson farovonligini faqatgina daromadlarga asoslangan baholash o’rniga boshqa ko’p kriteriyali tizimlari bilan o’lchash kambag’allikka qarshi kurashishning samarasini yanada oshiradi. Kambag’allik bu faqatgina daromadlar emas, bu turli o’lchamli (toza ichimlik suvi, sog’liqni saqlash, sanitariya holati, boshqa zarur xizmatlar) hayot sifatini ifodalovchi ko’rsatkichdir. Maqsadli ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimidagi bu o’zgarishlar qisman Avstriya, Belgiya, Avstraliya, Kanada, Chexiya, Daniya va boshqa mamlakatlarda 2000 yillarning o’rtalarida rasmiy kambag’allik darajasini kamaytirishga omil bo’lgan. Turli mamlakatlar kambag’allik darajasini kamaytirish uchun turli modellarni qo’llashadi. Misol uchun, shved modeli ikki maqsadni ko’zda tutadi: to’liq bandlik va daromadlar tengsizligini kamaytirishni ta’minlash. Mazkur mamlakatida, ishsizlarni o’qitish va qayta tayyorlash, talab yuqori bo’lgan sohalarda ishlash qobiliyatini tiklashni ma’qul ko’rishadi. Xitoyda qishloq xo’jaligini, shu jumladan, qishloq hududlarini rivojlantirish va er islohotlariga qaratilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Chexiyada esa kambag’al aholini moddiy tomondan qo’llab-quvvatlash uchun asosiy nafaqadan tashqari mahsulotlar va pul ko’rinishidagi qo’shimcha ko’maklar beriladi. AQShda kambag’allarga ko’rsatilayotgan yordam aholining 15 foizidan 20 foizigacha qismini qamrab oluvchi maxsus dasturlar orqali tarqatiladi. Eng ko’p tarqalgan yordam turlari bu oziq-ovqat talonlari, arzon uy-joy olish dasturlari, qariyalar uchun tibbiy va ijtimoiy yordam turlari, bola parvarishlash bo’yicha nafaqalar va boshqa turdagi qo’llab-quvvatlash turlarini o’z ichiga oladi. O’zbekiston sharoitida ham rivojlangan mamlakatlardek kambag’allikni qisqartirishga kompleks yondashuv eng maqbul echimdir. Mazkur siyosat mehnatga layoqatli aholini imkon qadar ish bilan ta’minlash va bir vaqtning o’zida muhtoj odamlarni kambag’allik chegarasidan chiqarishga qaratilgan davlat tomonidan ijtimoiy qo’llab quvvatlashga qaratilgan. Shu bilan birga, qashshoqlikni zudlik bilan bartaraf etishning imkoni bo’lmagan sharoitda kam ta’minlanganlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning daromad olishi va inson kapitalini rivojlantirishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish nazarda tutilmoqda.
Ijtimoiy model
O’zbekiston ijtimoiy yo’naltirilgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bunday mamlakatlarda davlat jamiyat hayotidagi ishtiroki ancha muhim bo’lib, u o’z fuqarolari oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini keng ko’lamda amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bu esa jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kuchli ijtimoiy siyosat degani davlat institutlari tomonidan ijtimoiy ne’matlarni jamiyatning eng kam himoyalangan va eng zaif a’zolari foydasiga taqsimlash demakdir. O’tgan yillar davomida O’zbekistonda boshqa ko’plab mamlakatlardan farqli o’laroq, kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilgani shubha ostiga olinmay kelinmoqda. Boshqacha qilib aytganda, O’zbekistonda haqiqatan ham ijtimoiy adolat tushunchasiga mos keladigan davlat siyosati modeli tanlanganini ta’kidlash mumkin. Nima uchun bunday bo’ldi? Ming yillar davomida xalqimiz yashab turgan zaminimizda odamlar bir-biriga yordam berishi, og’ir hayotiy vaziyatlarda qolgan qashshoq va zaif aholi qo’ni-qo’shni, mahalla va jamiyatdan madad olishi lozim, degan an’anaviy dunyoqarash shakllangan. O’zbekistonda ijtimoiy shartnoma ijtimoiy axloqning ko’p asrlik tamoyillariga asoslangan. Shunday bo’lsa-da, uzoq vaqt davomida, kambag’allikning mavjudligi siyosiy sabablarga ko’ra rasmiy darajada deyarli tan olinmagan, kambag’allikni aniqlashning qonuniy tasdiqlangan mezonlari yo’q edi, bu holda samarali ijtimoiy siyosat olib borish juda mushkul masala edi. Biroq, kambag’allik muammosi yo’qolmadi, hatto 2007 yilda uni bartaraf etish uchun tegishli strategiyani ishlab chiqishga harakat qilindi. BMTTD, Jahon banki va OTB bilan birgalikda «2008-2010 yillarda O’zbekiston Respublikasi aholisi farovonligini oshirish strategiyasi» ishlab chiqildi. Biroq tan olish kerak, yaqin davrgacha mahalla qo’mitalari orqali kambag’allarni real ijtimoiy qo’llab-quvvatlash borasida tub o’zgarishlar amalga oshirilmadi.
Aniqlangan kamchiliklar
2017 yilda O’zbekiston Respublikasi prezidentining xalq qabulxonalari ochilgach, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, diqqat bilan tahlil etilgach, bu sohaning etarli darajada samarali faoliyat ko’rsatmayotgani va chuqur islohotga muhtojligi sezildi. Xalq qabulxonalari faoliyat yuritib boshlagan kundan bugungi kungacha3, 6 milliondan ortiq fuqarolarning prezidentga murojaatlari qabul qilinib, ularda turmush darajasi, aholi bandligi, uy-joy, sifatli davlat xizmatlari, sog’liqni saqlash va ta’lim bilan bog’liq ko’plab muammolar bayon qilingan. Ko’tarilgan masalalarning aksariyati fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimidagi kamchiliklar, aholining kam ta’minlangan va zaif qatlamlariga yordam ko’rsatish bilan bog’liq bo’lib, bu borada fuqarolardan ko’plab shikoyatlar kelib tushgan. Bu erda shuni ta’kidlash kerakki, moddiy yordam ko’rsatish mexanizmi hali ham Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu qoidaga muvofiq, bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to’lash to’g’risidagi qaror qabul qilishga vakolatli mahalla fuqarolar yig’ini yoki komissiyaga belgilangan. Komissiya fuqarolar yig’ini raisi boshchiligida fuqarolar yig’ini tomonidan saylanib kelgan. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig’ini raisi esa – o’z vakolatlarining butun muddati davomida saylangan. Ushbu komissiya a’zolarining soni kamida 15 kishini tashkil etishi lozim. Mazkur mexanizm, komissiya a’zolari o’zlari yashayotgan mahallalarda qo’llab-quvvatlanishga muhtoj aholini bilgan holda ob’ektiv qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. Ammo, boshqa tomondan, jamoaviy qaror qabul qilishning bunday mexanizmi juda murakkab, etarlicha shaffof emasligi va berilgan vakolatlar suiiste’mol qilinishini istisno qilmaydi, ayniqsa, ko’plab jarayonlar ortiqcha hujjatlar va sertifikatlar taqdim etilishini talab qiladi. Balki shuning uchundir, ijtimoiy yordam ajratish mexanizmidagi qiyinchiliklar va kamchiliklar ta’sirida Prezident qabulxonalariga samarasiz yoki hatto adolatsiz moddiy yordam ajratish amaliyotlar haqida murojaatlar soni oshib ketishiga olib keldi.
Qo’lda boshqarish rejimi
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, yordam pullarini ajratishda ham, ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning boshqa sohalarida ham joylardagi real vaziyatni baholashga ob’ektiv zaruriyat tug’ildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi Farmonida xalq Xalq qabulxonalari hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarni o’rganish orqali muammolarni aniqlash, ularga echim topishga qaratilgan tizim joriy qilindi. Xalq orasida «Temir daftar» deb nomlangan kambag’al oilalar reestrini tuzishda kambag’al oilalarni uyma-uy o’rganish asosida, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari muammolari ham hisobga olindi. Mazkur reestr kambag’allikni kamaytirish va sektorlar kesimida aholi farovonligini oshirish bo’yicha maqsadli dasturga asos bo’ldi. Aholi uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo’lgan mahalliy darajada hal qilinmagan muammolar viloyat yoki respublika darajalariga o’tkazildi. 2019 yilda butun mamlakat bo’ylab 6,1 milliondan ortiq xonadonda aholining muammolarini o’rganish uchun tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan o’rganishlar o’tkazildi. Fuqarolar bilan o’tkazilgan so’rovlar natijasida hal qilinishini talab etiladigan 935, 6 mingta muammo aniqlanib, ularning aksariyati hal qilindi. Aholi uchun eng og’riqli muammolar orasida: suyultirilgan gaz ta’minoti (respondentlarning 18, 9 foizi), bandlik (11 foiz), sog’liqni saqlash (8, 5 foiz), elektr energiyasi ta’minoti (8, 1 foiz), bank kreditlari (7 foiz), moddiy yordam (5, 7 foiz), ichimlik suvi (5, 5 foiz), kadastr masalalari (5, 3 foiz), uy-joy (4, 4 foiz), tabiiy gaz (3, 4 foiz), ko’mir ta’minoti (2. 3 foiz), pasport nazorati (2, 1 foiz) va maktabgacha ta’limga oid masalalar (1, 5 foiz) o’rin olgan. Joriy yilda, pandemiya bilan bog’liq qator cheklovlar natijasida aholi turmush darajasi sohasida vaziyat yanada murakkablashdi. Shu bois ijtimoiy muammolarni aniqlash ishlari yanada muhim ahamiyat kasb etib, faol davom ettirilmoqda. Joriy yilning 1 avgust holatiga ko’ra, aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari bo’yicha murojaatlar soni o’tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko’paydi. Shuningdek, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarni olish uchun arizalar soni ijtimoiy himoyaga murojaat etuvchilarning umumiy sonining 48 foizini tashkil etdi, bu o’tgan yilga nisbatan 1, 9 baravar ko’p. Shu bilan bir qatorda, fuqarolarning pensiya yoki nafaqalarni bekor qilish to’g’risidagi so’rovlari 4 foizga kamayganini ta’kidlash lozim. Nafaqa darajasining kamligi bilan bog’liq murojaatlar soni 52 foizga kamaydi. Tibbiy ehtiyojlar uchun moliyaviy yordam ko’rsatish bo’yicha arizalar soni 19 foizga, nogironlik uchun imtiyozlar bo’yicha esa 14 foizga kamaydi. Bepul tibbiy xizmat ko’rsatish sohasida murojaatlar soni 37 foizga, reabilitatsiya markazlariga murojaat qilish 29 foizga, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya uskunalari bilan ta’minlashga oid murojaatlar 64 foizga kamaydi. Shu bilan birga, keksa va nogironligi bor shaxslar tomonidan tibbiy yordam va dori-darmonlar uchun yordam so’rash holatlari soni keskin oshdi (20 foiz). Karantin cheklovlari davrida ularning uy izolyatsiyasida bo’lgani hisobga olinsa, mazkur vaziyat mantiqiy tus oladi. Pandemiya bilan bog’liq so’rovlarning yangi toifalari ham ishlatila boshlandi. Karantin davrida fuqarolarni moddiy yordam, oziq-ovqat va himoya vositalari bilan ta’minlash to’g’risidagi murojaatlar umumiy murojaatlar sonining 16 foizini, oziq-ovqat va asosiy ehtiyojlarning narxi va tanqisligi to’g’risidagi murojaatlar esa 8 foizni tashkil etdi. Mazkur murojaatlarning asosiy qismi ijobiy hal etilgani ijtimoiy yordam ko’rsatish masalalari ancha muvaffaqiyatli o’tganini ko’rsatadi. Sektorlar tomonidan uyma-uy yurish orqali o’tkazilgan o’rganishlar ijtimoiy yordam tizimini rivojlantirish muhimligini ko’rsatib berdi. Xususan, moliyaviy yordam oluvchilarning aksariyati nochor ahvolda emas, balki zamonaviy ta’mirlangan, mebel va boshqa buyumlar bilan jihozlangan xonadonlarda istiqomat qilishi, shuningdek avtomobil va bank hisobraqamlariga ega ekani aniqlangan bo’lsa, kam ta’minlangan oilalarning aksariyati moddiy yordam olish uchun ro’yxatga kiritilmagani kuzatildi. Ushbu holat, aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini, xususan ushbu yordamni belgilash mezonlarini tubdan o’zgartirish lozimligini ko’rsatdi.
Tizimli yondashuv
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, oxirgi 2-3 yilda aholining ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimida o’tgan yillar davomida to’plangan mavjud muammolarni sektorlar tomonidan yig’ilgan ma’lumotlar asosida qo’l rejimida tezkor hal etish o’zining samarasini ko’rsatdi. Ammo tan olish lozimki, ko’p hollarda «inson omiliga» haddan tashqari bog’liqlik muammolarni echishda boshqa muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Xorijiy mamlakatlar tajribasi va tadqiqot jarayonida aniqlangan kamchiliklar ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni tizimli asosda yo’lga qo’yish lozimligini ko’rsatmoqda. Ayrim yordam turlarini ajratishning aniq mezonlari bo’lishi, unga muvofiqlikni aniqlash mustaqil axborot manbalariga asoslanishi lozim. Yordam ajratish mezonlari va tartiblari, ajratilgan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlar aniq va butunlay shaffof bo’lishi lozim. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalarini qo’lda boshqarishdan aniq va ravshan integratsiyalashgan tizimga o’tkazish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, o’tgan yilidan boshlab mamlakatimizda bu borada muhim qadamlar qo’yildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 apreldagi 308-son qaroriga muvofiq, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi yo’lga qo’yilmoqda, bu oilalar ehtiyoji va talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiqligi darajasini oshkora, real vaqtda baholashni ta’minlaydi. Ehtiyoj darajasi oila a’zolarining daromadlari, mol-mulk, bank hisobvaraqlari, olingan kreditlar, turli idoralarning tegishli ma’lumotlar bazalarida mavjud bo’lgan avtomobillar haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish yo’li bilan aniqlanadi. Ushbu hisob-kitoblarga asosan ijtimoiy xizmatlar, yordamga muhtoj aholi va oluvchilarning yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi. Mazkur tizimni sinovdan o’tkazish uchun Sirdaryo viloyatida 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab pilot loyiha sifatida sinab ko’rildi. Ushbu tizim faoliyatini samarali amalga oshirish uchun aholiga ko’rsatilayotgan yordam to’g’risidagi ob’ektiv ma’lumotlar «Ijtimoiy himoya yagona reestriga» kiritib borilishi kerak. Ushbu vazifa xonadonlarni o’rganish jarayonida ham amalga oshiriladi. Mazkur ma’lumotlar asosida va ayrim oilalarning turmush darajasiga karantin cheklovlarining salbiy ta’sirini hisobga olgan holda, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mas’ul idoralar tomonidan joriy yilda moliyaviy yordam va ko’makka muhtojlar ro’yxati tuzildi.
Ushbu ro’yxatlardan kam ta’minlanganlar; imkoniyati cheklangan fuqarolar; ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar; yolg’iz keksalar; doimiy ishsiz fuqarolar; karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar; epidemiologik jihatdan nochor hududlardan qaytgan fuqarolar o’rin olishgan. Jami mazkur ro’yxatlarga 1, 7 milliondan ortiq a’zosi bo’lgan 400 mingdan ortiq oila kiritildi. Ushbu oilalarga bir martalik ko’mak berish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasi davrida yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2020 yil 30 iyuldagi PF–6038-son Farmoni bilan respublika byudjetidan 380 milliard so’m mablag’ ajratildi. Moddiy ko’mak miqdori har bir oila a’zosi uchun 220 ming so’m miqdorida etib belgilandi. Bu yo’nalishda keyingi muhim qadam joriy yilning 4 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» qarori bo’ldi. Qarorda joriy yilning 1 sentyabrdan boshlab ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to’g’risidagi arizalarni ko’rib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari «Elektron hukumat» tizimining ajralmas qismi bo’lgan «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilib, joriy yil oxirigacha respublikaning barcha hududlarida amalga oshirilishi belgilangan.
Ushbu tizimni joriy etishning asosiy maqsadlari – aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishning yagona tizimini yaratishdan iborat. 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab, davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qo’shimcha hujjatlar va ma’lumotlar fuqarolardan talab etilishiga yo’l qo’yilmaydi. «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik to’g’risida ma’lumotnoma yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi va 12 oy davomida amal qiladi. FHDYo bo’limlari arxivlarida qog’ozda saqlanadigan hujjatlarning elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish maqsadida 30 mlrd so’m mablag’ ajratiladi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish O’zbekistonda kambag’allikni bartaraf etish jarayonida muhim vosita bo’ladigan aholining kambag’al va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga moddiy yordam ko’rsatishning zamonaviy va oshkora tizimini yaratishga xizmat qilishi lozim. Mamlakatdagi kambag’allikni bartaraf etish yo’llaridan biri bo’lgan – ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish faqatgina kompleks yondoshuvlar orqaligina amalga oshirilishi mumkin. So’nggi yillarda kambag’allikni engishga hissa qo’shadigan boshqa sohalarda ham salmoqli sa’y-harakatlar amalga oshirildi. Ularga yangi ish o’rinlari yaratish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, qishloq joylari va qishloq xo’jaligini rivojlantirish, qishloq joylarda infratuzilmani takomillashtirish, sog’liqni saqlash, kasb-hunar ta’limi va tarbiyasini yaxshilash hamda iqtisodiy migratsiya kiradi. Bu sohalarda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan ijobiy o’zgarishlar mamlakatimizning uzoq muddatli kambag’allikni qisqartirish dasturining muhim qismi hisoblanadi.
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O’tgan vaqt ichida, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, hududlarda esa hokimlar raisligida Yoshlar masalalari bo’yicha idoralararo kengashlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo’yicha komissiya ish boshladi.
Yosh avlodning sog’lom bo’lib o’sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo’lib voyaga etishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga qaratilgan 5 ta muhim tashabbusni joriy etish bo’yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Yigit-qizlarimizning biznes loyihalari uchun “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida 719 mlrd so’mlik 4 633 ta biznes loyihalar amalga oshirildi. Hududlarda 125 ta “Yoshlar mehnat guzari”, 19 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol qatnashib, alohida namuna ko’rsatayotgan yosh oilalarga 1 731 ta “Yoshlar uylari” qurilib, foydalanishga topshirildi.
Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bog’chalar, maktablar, oliy o’quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, “Temurbeklar maktabi”, “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari” deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo’lgan etuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlili yosh avlod bilan bog’liq dolzarb masalalarni hal etish bo’yicha olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar bilan bir qatorda, sohada echimini kutayotgan muammoli masalalar ham saqlanib qolayotganligini ko’rsatmoqda.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo’l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.
Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishi va boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ularning siѐsiy huquqlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilaѐtgani tufayli ularning jamiyatdagi tutgan o’rni yuksaldi. O’zbek aѐli ismi-sharifi ѐniga ―O’zbekiston Qahramoni, ―Deputat, ―Senator, ―Vazir, ―Vazir o’rinbosari, ―Akademik, ―Olima, ―Tadbirkor, ―Direktor atamalari qo’shib aytilishi buning yaqqol misolidir. Zero, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini, ya’ni 29 foizini 14 ѐshgacha, 28 foizini 15-30 ѐshlilar, 21 foizini 31-45 ѐshlilar, 15 foizini 46-60 ѐshlilar, 7 foizini 60 ѐshdan katta xotin-qizlar tashkil etadi. Ular ijtimoiy-ma’naviy, siѐsiy-iqtisodiy haѐtning barcha sohalarida samarali va faol mehnat qilib kelishmoqda. Asosiy qonunimiz - Konstitutsiyada ham xotin-qizlarning barcha sohalarda teng huquqli ekanligi e’tirof etilgan.
Yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli, namunali odobi va tarbiyasi bilan e’tirof etilgan onalarimizning izdoshlari bugun davlat va jamiyat qurilishida, ishlab chiqarishda, ilm-fan, madaniyat, tibbiѐt, ta’lim va hatto harbiy sohada xizmatlari beqiѐs. Yurtimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ijtimoiy-siѐsiy faolligini oshirish uchun ijtimoiy-siѐsiy, iqtisodiy sohalarda ularning bilimlarini kuchaytirish uchun yanada kengroq shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ijtimoiy-siѐsiy faolligini oshirish, yurtimizda olib borilaѐtgan islohotlarda ular faolligini ta’minlashning asosiy omili ta’lim va tarbiya uyg’unligi bo’lib, uning quyidagi bosqichlarini ko’rsatib o’tish mumkin: Birinchidan, oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga tarbiya berish jaraѐnida milliy va umuminsoniy qadriyatlar qatorida, ijtimoiy-siѐsiy qadriyatlar xususida tushunchalar berib borish; Ikkinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar mamlakat siѐsiy xaѐtining bo’lajak ishtirokchilari ekanligi xissini uyg’otuvchi uslublarning zamonaviy vositalaridan foydalanish; Uchinchidan, umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilariga ijtimoiy-siѐsiy bilimlarga bo’lgan ehtiѐjini oshirishga yo’naltirilgan fanlardan ta’lim berish;To’rtinchidan, oliy ta’lim va undan keyingi bosqichlarda siѐsiy va huquqiy madaniyatni tadqiq etishga oid ilmiy-nazariy va amaliy faoliyatga rag’bat berish, bunda ta’lim muassasalari va davlat tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlikni keng yo’lga qo’yish; Beshinchidan, ѐsh qizlarning ma’naviy dunѐqarashini shakllantirishda madaniyat obektlari (kino, teatr, muzey va h. k. ) bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-siѐsiy tadbirlarda ularning ishtirokini ta’minlash, ushbu yo’nalishlardagi munozara-debatlardagi faolligini oshirish; Oltinchidan, mamlakatimizda olib borilaѐtgan islohotlarda xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash, ѐsh qizlarning jamiyatda sodir bo’laѐtgan voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg’usini shakllantirish ham ushbu yo’nalishda olib borilaѐtgan ishlarimizning asosini tashkil etadi. Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash va ijtimoiy-siѐsiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ham roli katta. Chunki, nodavlat xarakterdagi, turli guruhlar va qatlamlar manfaatlarini ifodalaydigan jamoat tashkilotlari bugungi kunda zamonaviy fuqarolik jamiyatining muhim instituti ‘tirof etilgan. Bunday tashkilotlarga xotin-qizlarni keng jalb etish orqali ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga erishiladi, shu bilan birga davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita va bilvosita ishtiroki ta’minlanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalarida mehnat qilaѐtgan xotin-qizlar bilan olib borilaѐtgan ishlarni ikki yo’nalishga ajratish mumkin. Zero, ushbu sohada faoliyat olib boraѐtgan xodimlarning 72 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Birinchi yo’nalish - ta’lim muassasalarida faoliyat olib boraѐtgan xotin-qizlar ijtimoiy siѐsiy faolligini yanada oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilaѐtgan islohotlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash ishlarini yanada takomillashtirish bo’lib, ushbu yo’nalish mamlakatimiz taraqqiѐtining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani ta’lim muassasalarida boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini yanada kuchaytirish orqali amalga oshirish mumkin.
Xususan, ta’lim muassasalarida xotin-qizlarning iqtisodiy va huquqiy bilimlarini oshirishga e’tibor qaratish, xuquqbuzarlik va jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, o’qituvchilarning kiyinish madaniyatiga va odob-ahloq me’ѐrlariga rioya etishlarini ta’minlash ham bugungi kunda mamlakatimizda olib borilaѐtgan islohotlarning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.
Ikkinchi yo’nalish – ta’lim muassasalarida ta’lim olaѐtgan qizlar bilan ishlashdan iborat bo’lib, ushbu yo’nalish vazifalarni o’z ichiga oladi:
a) joylarda Ota-onalar universitetlarini faoliyatini kuchaytirish orqali, ta’lim muassasasi-oila-mahalla hamkorligini quyidagi tashkil etish, bunda, mahallalardagi xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha mutaxassislar faolligini oshirish:
b) ―Qizlarjon klublari orqali ta’lim muassasalaridagi o’quvchi
qizlarni faolligini oshirish va ularni turli hil to’garaklarga jalb etgan holda bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
v) o’quvchilarni huquqiy bilimlarini oshirish, bunda, ularning turmush qurishdagi haq-huquqlari, nikoh shartnomasi, er-xotin o’rtasidagi va boshqa
oilaviy munosabat to’g’risida ko’nikmalarini shakllantirish:
g) tegishli dars soatlarida ѐshlarni haѐtga tayѐrlash, bunda, haѐtiy bilimi, kasb egallashi, oilaga tayѐrligi masalalariga alohida e’tibor qaratish:
d) ta’lim muassasalarida psixologlar xizmatini sifatli tashkil etish, bunda, kadrlarga e’tibor qaratish, psixologik testlar o’tkazish.
Ma’lumot uchun shuni ta’kidlab o’tish joizki, umumiy o’rta va o’rta maxsus
ta’lim muassasalarida, ulardagi o’quvchilar sonidan kelib chiqib, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:
250 nafargacha – 1 ta shtat;
250 nafardan 800 nafargacha – 1, 5 ta shtat;
800 nafardan 1600 nafargacha – 2 ta shtat;
1600 nafardan 3000 nafargacha – 2, 5 ta shtat;
3000 nafar va undan ortiq – 3 ta shtat birligida psixolog shtati joriy etildi.
Bugungi kunda asosan ѐshlar tomonidan sodir etilaѐtgan salbiy holatlarning oqibati bilan ishlab qolinaѐtganligi, ѐshlar bilan ishlash, ularni haѐtga tayѐrlash bo’yicha tizimli ishlar etarli darajada tashkil qilinmaganligi echimini kutaѐtgan dolzarb muammolardan biridir.
Mamlakatimizda bola tug’ilishidan to oilaviy munosabatga kirishishgacha bo’lgan davrda ularning ta’lim-tarbiyasi bilan ishlaydigan mustahkam tizim yaratilgan. Ya’ni, tibbiѐt xodimlari bola tug’ilganidan uning sog’ligi borasida qayg’ursa, bog’cha, maktab, kollej, oliy ta’lim muassasalari mahalla bilan birga, ularning bilim va tarbiya olishiga hamda kasb egallashiga ko’maklashadi.
Lekin, ѐshlarni haѐtga tayѐrlash bo’yicha yaratilgan ushbu tizim bilan jamoatchilik tashkilotlari o’rtasida uzviy hamkorlik, yagona ѐndashuv tizimining yo’qligi muammoning asosiy ildizini tashkil etadi.
Shu sababli, mazkur yo’nalishda, birinchi navbatda, ѐshlarni haѐtga tayѐrlash bo’yicha yagona Kontseptsiyani ishlab chiqib, amaliѐtga joriy qilish eng asosiy dolzarb vazifalardan biri bo’lsa, oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish borasida ham manzilli ishlashni tashkil etish, ajrim ѐqasiga kelib qolgan ѐsh oilalarni aniqlab olish va ularning muammolarini keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda hal qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, ―Oila‖ markazi bilan hamkorlikda FHDYo organlariga turmush qurish uchun ariza bergan ѐshlarni oilaviy munosabatlarga tayѐrlash borasida qisqa o’quvlar tashkil etishimiz, shuningdek ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda ѐshlarni haѐtga tayѐrlash ishlarini tashkil etish, Sog’liqni saqlash vazirligi va ―Oila markazi bilan hamkorlikda nikohdan o’tuvchi ѐshlarni to’liq tibbiy ko’rikdan o’tkazilishini ta’minlash va xotin-qizlar o’rtasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, skrining tekshiruvlarining afzalliklarini targ’ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Ta’lim muassasalaridagi iqtidorli qizlarni ijodiy salohiyatini qo’llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, ular tomonidan yaratilgan intellektual loyihalarni targ’ib etish ishlariga ko’maklashish, o’quvchilarni bilim olishga, kitob mutolaa qilishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish, muomala va nutq madaniyatini shakllantirish, shuningdek, ta’lim muassasalaridagi davomat bo’yicha yuzaga kelaѐtgan muammolarni bartaraf etilishida ―Tengdosh tengdoshga o’rnak‖ shiori ostida namunali o’quvchilar faoliyatini targ’ib qilish ѐsh qizlarning ijtimoiy-siѐsiy faolligini oshirish amaliy ahamiyatga ega bo’ladi.
O’quvchilarni globallashuv sharoitidagi turli ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, ularda ―Ommaviy madaniyat‖ tahdidlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali targ’ibot tashviqot ishlarini kuchaytirish, o’quvchi qizlarning ijtimoiy-siѐsiy faolligini oshirish, ularni ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash, kasb-hunarga o’rgatish, milliy urf-odat va an’analar ruhida tarbiyalash, oilaviy haѐtga tayѐrlash maqsadida «Qizlarjon» klublari faoliyatini yanada takomillashtirish, qizlarda olijanob axloqiy fazilatlar, yuksak ma’naviyat va keng dunѐqarashni shakllantirish, ularni haѐtga tayѐrlash maqsadida O’zbekiston Xotin-qizlar Qizlar qo’mitasi tomonidan yaratilgan «Qizlar kutubxonasi» turkumidagi «Faqat qizlar uchun» nomli ommabop risolalarning mobil ilovasini amaliѐtga joriy qilish juda katta ahamiyatga egadir.
Ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya uyg’unligi, ѐshlarning iqtidori va ist’edodini to’laqonli namoѐn qilishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni, anjuman va ko’rgazmalarni tizimli tashkil etish, ѐshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga doir yangicha ѐndashuvlarni ishlab chiqish, OAVda ѐshlar qiziqishlaridan kelib chiqib, yangicha ko’rsatuvlar, eshittirishlar va rubrikalarni tashkil etish ham mamlakatimizda amalga oshirilaѐtgan islohotlarda xotin-qizlar faol ishtirokini ta’minlashning asosiy omillari bo’lib hisoblanadi.
Ma’lumki, ikki yil muqaddam O’zbekiston Respubli-kasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tashabbusi bilan O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil qilindi hamda 30 iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. Bun-dan tashqari, O’zbekiston amaliyotida butunlay yangi tizim, ya’ni yoshlarning turli dolzarb muammolarini o’rganish bi-lan shug’ullanadigan maxsus – Yoshlar muammolarini o’rga-nish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi. Ushbu muassasaning O’zbekiston Respublikasi Pre-zidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshida tashkil etilganligi institutning ilmiy-metodik va tah-liliy-tadqiqot faoliyatini zamon talablari asosida sha-kllantirilishi uchun asos bo’ldi. Shuningdek, davlat boshqaruvi sohasidagi yosh rahbar kadrlarning o’rnini belgilash, ularni tayyorlash va turli mas’uliyatli lavozimlarga tayinlash masalasiga alohida urg’u berildi. Bu mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “sotsial lift” tushunchasida o’z ifodasini topdi. O’tgan 2 yil davomida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiq-bolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan 4 oylik qayta tayyorlov kurslarida 162 nafar yoshlar tahsil oldi hamda ularning aksariyati vazirlik, idora va tashkilot-larning yuqori lavozimlariga tayinlandi.
O’tgan davr mobaynida amalga oshirilayotgan ishlar-ning huquqiy asoslari ham mustahkamlanib bordi. Xusu-san, O’zbekiston Respublikasi prezidentining tashabbusi va amaliy ko’magi asosida yoshlar siyosatiga daxldor 40 ta Qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Yoshlar siyosati sohasidagi muhim yo’nalishlar-dan biri sifatida muhtaram Prezidentimiz tomonidan -4-2019 yil 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydala-nish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida ki-tobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshi-rish masalalariga yangi tizim asosida yondashish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu orqali davlati-miz rahbari “Yoshlarimizni ma’naviy barkamol qilib tar-biyalash, ularni turli zararli va yot g’oyalar ta’siridan asrashga alohida e’tibor qaratish lozimligi”ni ta’kid-lab o’tdi. Qayd etish kerakki, bu kabi ishlar yoshlar siyo-sati sohasida yangicha mexanizmlar sirasiga kirib, ularni san’at, musiqa va sportga jalb qilish borasida katta tar-biyaviy ahamiyatga egadir.
Ammo bu boradagi ishlarni yanada takomillashti-rish, zamon talablari asosida yangicha mexanizmlarni tadqiq etish, xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalari-ni muntazam o’rganib borish va O’zbekiston sharoitiga mos, milliy xususiyatlarimizga javob beradigan metodlarni tadbiq etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Chunki, globallashuv sharoitida, axborot xurujlari tezlashgan, yoshlarning ongi va qalbi uchun kurash kechayotgan, eng asosiy-si ularning dunyoqarashi o’zgarib borayotgan davrda yoshlar siyosati sohasida ham yangicha uslub va mexanizmlarga ta-biiy ehtiyoj tug’iladi.
Shu jihatdan olib qaralganda, “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish strategiyasi: mavjud vaziyat va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro konferentsiya O’zbekiston sharoitida yoshlar bilan ishlash, yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksalti-rish, ularni siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning moliyaviy mexanizmlari-ni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar, uslublarni amaliyotga joriy etishning oson yo’llarini ishlab chiqish vazifalarini bajarishi nuqtai nazaridan ham muhim sanaladi.
1992— yil 5-fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining
«Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlaryaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari — sport sog’lomlashtirish klublari, bolalaro’smirlar sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o’yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ldi.
1992— yil yanvarda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi tuzildi va 1993— yil tsentabrda xalqaro olimpiya qo’mitasining 101-sessiyasida rasmiy e’tirof etildi. Sportning boks turi jadal o’sdi. 17 marta jahon chempioni Artur Grigoryan, Sidney Olimpiadasi chem pioni M uham m adqodir Abdullaev kabi bokschilarimiz nomi jahonga mashhur. 1999— yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shahrida o’tkazilgan X jahon chempionatida o’zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o’rtasida AQSh va Kuba komandalaridan keyin faxrli uchinchi o’rinni egalladi. 2016-yilda Brazilyaning Rio-de-Janero shahrida o’tgan XXXI yozgi olimpiada musobaqalarida esa boks musobaqasida umum jamoa hisobida fahirli 1-o’rinni egallashdi.
Vatanimizda sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis majmui barpo etildi. Yunusobod tennis saroyida 1994-2002— yillarda O’zbekiston Prezidenti kubogi uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o’tkazildi. 1999— yilning iyul oyida Londonda o’tgan tennis bo’yicha yoshlar xalqaro tumirida toshkentlik sportchi Iroda To’laganova Uimbldon uchrashuvida g’olib chiqib, kumush kubokning kichraytirilgan nusxasini qo’lga kiritdi. 1998— yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog’ining eng baland «Everest» cho’qqisiga ko’tarilib, O’zbekiston dovrug’ini dunyoga taratdilar.Mustaqillik sharofati bilan milliy o’zbek kurashi tiklandi. 1992— yilda Termiz va Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo’yicha xalqaro musobaqa o’tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o’rin oldi. 1999— yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati bo’lib o’tdi. Unda o’zbekistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo’lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvonlar nomi butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom Karimov saylandi. Buyuk Britaniyada 2000— yildan e’tiboran har yili Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo’lib o’tmoqda. 2002— yil oktabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O’zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida dunyoda e’tirof topdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston sportchilari Olimpiadalar, Osiyo o’yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va boshqa musobaqalarda qatnashib, 3000 dan ortiq oltin, kumush va bronza medallarini qo’lga kiritdilar. Shaxmat bo’yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonov, boks bo’yicha jahon chempioni Muhammadqodir Abdullaev kabi sportchilar O’zbekiston xalqining iftixoridir. Shunday qilib, mustaqillik yillarida O’zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma’no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga qo’shildi va xalqaro maydonda salmoqli o’rin egalladi.
Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o’rganish va targ’ib etish, muqaddas qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan davlat rahbarimiz Sh. Mirziyoevning shaxsan tashabbusi bilan 2017 yil 24 may sanasidagi qaroriga asosan katta o’zgarishlarga qo’l urildi. Ayni vaqtda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yo’nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishni talab etmoqda. Bu borada nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida g’oyat noyob hisoblangan, YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan qo’lyozmalar fondiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, shuningdek, qadimiy yozma manbalar fondiga ega bo’lgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ushbu nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalari oldida qo’lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, mavjud fondlarni boyitib borish, tarixiy manbalar bilan ishlash uchun mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga qulay sharoitlar yaratish, tarixiy-madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur o’rganish, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va tsivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan beqiyos hissasini targ’ib etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, avvalo, yosh avlodimizni xalqimizning buyuk ma’naviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning natijadorligini tubdan oshirish bo’yicha dolzarb vazifalar turganini alohida ta’kidlash lozim. Ana shu vazifalarni samarali hal etish maqsadida: O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutini (keyingi o’rinlarda Institut deb ataladi) qadimiy qo’lyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo’lgan zamonaviy yozma manbalarni saqlash, o’rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targ’ib qilish bo’yicha mamlakatimizdagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilash to’g’risidagi taklifi ma’qullansin. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:
Sharq qo’lyozmalari fondini saqlash, ta’mirlash, boyitish va muayyan tizimga keltirish, arab yozuvidagi turli mavzularga oid yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini tadqiq qilish, ularni asl holida hamda o’zbek va xorijiy tillarda ilmiy izohlar, tarjimalar bilan nashr etish, ilmiy muomalaga kiritish;boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy-intellektual merosimizni saqlash, ilmiy tahlil qilish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida soha mutaxassislariga, tegishli ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan o’quvchi va talabalarga batafsil ma’lumot berib borish, buyuk alloma va mutafakkirlarimiz asarlarini dunyo hamjamiyati o’rtasida keng targ’ib etish, zamonaviy ilm-fan, ma’naviyat va amaliyot rivojida undan samarali foydalanish va kelgusi avlodlarga etkazish;
aholida saqlanayotgan qadimiy noyob qo’lyozmalar, chet el fondlaridagi mavjud asarlar nusxalarini ayirboshlash yoki olish hisobidan Institutning qo’lyozma va yozma manbalar fondini boyitib borish;
o’rta asrlarda hozirgi O’rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan alloma va mutafakkirlarning matematika, astronomiya, fizika kabi aniq fanlar, meditsina, kimyo, geografiya singari tabiiy fanlar, tarix, adabiyot, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar, islom dini va ilohiyotga oid merosini tadqiq qilishni kengaytirish va chuqurlashtirish;
matnshunoslik, adabiy manba shunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali o’rganilmagan ko’pgina qatlamlarini ochib berishga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tiborqaratish;
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti kabi mazkur sohada faoliyat ko’rsatadigan oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda qo’lyozmalar bilan ishlash malakasiga ega bo’lgan yosh mutaxassislarni reja asosida maqsadli tayyorlash va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish;
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti singari oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslik kafedralari bitiruvchilari hisobidan Institutning kadrlar tarkibini yangilab borish, qo’lyozmalar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lgan yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish;
xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunda ushbu davlatlarda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ularning O’zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama va ko’p tomonlama munosabatlari nuqtai nazaridan o’rganish;
O’zbekiston Respublikasining turli tashkilotlarida saqlanayotgan arab yozuvidagi qo’lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarning saqlanish va ta’mirlanish holatini monitoring qilish va ularning elektron bazasini yaratish. Yana quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilandi:
Institutni saqlash bilan bog’liq xarajatlar uchun ajratiladigan byudjet mablag’lari;O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o’tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo’yicha ajratiladigan grantlar, jumladan, maqsadli grantlar;
tadbirkorlik faoliyatidan, jumladan, noshirlik faoliyatidan tushadigan mablag’lar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining mamlakatimizda turli manbalarda saqlanayotgan noyob va qimmatli qo’lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni aniqlash va tahlil qilish, shuningdek, aholida saqlanayotgan shunday kitoblarni sotib olish va Institutda jamlanilishini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhi hamda komissiya tuzish haqidagi takliflarima’qullandi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Institutda saqlanayotgan qadimiy qo’lyozmalar eng zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq saqlanishi va bosqichma-bosqich restavratsiya qilinishini ta’minlash uchun 2017 yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag’lar doirasida mablag’ ajratsin, 2018 yildan boshlab ana shu ishlar uchun zarur mablag’ni O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazardatutildi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Institutdagi foto va restavratsiya laboratoriyalarini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda Institutda Sharq qo’lyozmalari muzeyini tashkil etish to’g’risidagi taklif ma’qullandi. Institut fondida saqlanayotgan qadimiy qo’lyozmalarni bosqichma-bosqich restavratsiya qilish uchun zarur reaktivlar va sarflanuvchi materiallarni sotib olish hamda Institutning foto va restavratsiya laboratoriyalarini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun mablag’lar Ilmiy-texnik faoliyatni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg’armasi hisobidan o’rnatilgan tartibda ajratiladi;
Institutda Sharq qo’lyozmalari muzeyini tashkil etish va uni jihozlash bilan bog’liq xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Institutning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan qoplanadi.
Davlat komissiyasi Institutda noyob qo’lyozma asarlarni o’rganish bo’yicha ishlarni tashkil etish uchun ilmiy jihatdan asoslangan tadqiqotlarga har yillik davlat buyurtmasi o’rnatilgan tartibda tasdiqlanishini ta’minlana boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Davlat komissiyasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan davlat buyurtmasida belgilangan ilmiy tadqiqotlarga davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi ilmiy-texnik loyihalarga ajratiladigan byudjet mablag’lari hisobidan maqsadli grantlar ajratilishini ta’minlash ham yo’lga qo’yildi.
Mustaqillik va davlat suvereniteti yangi ijtimoiy tuzilish, millatning dunyoqarashi, madaniyati va san’atining muhim islohotchi omillariga aylandi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar tsivilizatsiyasi yangi madaniy siyosatning asosiy qiymatlari sifatida e’lon qilindi. Ushbu ikki komponent O’zbekiston san’ati sohasidagi zamonaviy estetik tadqiqotlar uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’ldi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda milliy identifikatsiyani rivojlantirish, tarix va adabiyotni o’rganish, ko’p asrlik madaniy an’analar va urf-odatlar, din, milliy san’at va madaniyatning turli sohalari rivojlanmoqda. O’zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi, mamlakat bo’ylab keng tarqalgan ta’lim muassasalari tarmog’i bo’lgan Rassomlar ijodiy uyushmasi faoliyati hunarmandchilikning professional maktabini mustahkamlashga hissa qo’shmoqda. Bugungi kun san’atkorlarining erishgan yutuqlari ishonchli: hamma narsa chiroyli, hayotning chuqur bilimlari, o’zbek klassikasida yaratilgan an’analarning ijodiy rivojlanishi, san’atning tarixiy rivojlanishidagi uzluksizligi asosida tug’iladi.
O’zbekiston Respublikasining zamonaviy ijodiy amaliyoti boy va rang-barang. Rassomlar A.Ikramjanov, S.Raxmetov, R.Gagloeva, X.Xoliqov kabi zamonaviy ustalarimizning ijodiy yutuqlarida vaqt, o’z-o’ziga, plastmassa, qurulish, kompozitsion va boshqa mafkuraviy va badiiy oyatlar haqida chindan ham ijodkorona so’zlarni topish mumkin. Mirzaahmedov, V.Enin, A.Alikulov, grafikalar M.Sadikov, A.Allabergenov, A.Bobrov, A.Ponomarev, A.Mamajanov, V. Apuxtin va boshqalar.
Bugungi kunda respublikamiz aholisining qariyb 60 foizi qishloq joylarda istiqomat qilayotganini e’tiborga olib, ushbu yo’nalishda hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalarning ko’lami va miqyosini tasavvur etish qiyin emas. Qishloq joylarda har yili 150 mingdan ortiq yangi oilalar vujudga kelayotganini, xususan, istiqlol yillarida qishloqlarimizda 2 mln. 600 mingdan ziyod yosh oilalar paydo bo’lganini hisobga olsak, ularning o’z uylariga ega bo’lishlariga ehtiyoj sezilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar aholini uy-joy bilan ta’minlash, ularning turmush tarzini yaxshilash, oilada sog’lom muhitni shakllantirish, yosh oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga eng kam foiz miqdoridagi kreditlar ajratish masalalari dolzarb ahamiyatga ega. Xususan, qishloq joylarida yashaydigan aholining turmushini yanada yaxshilash, zamonaviy uy-joylarni barpo etish, maishiy va servis xizmatlarini keng yo’lga qo’yish, yoshlarning ish bilan bandlik darajasini oshirish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Davlat dasturida qishloqqiyofasini sifat jihatdan yaxshilash, rivojlanish va arxitektura-reja asosida qurilish bosh sxemalariga muvofiqqishloq aholi punktlari qurilishi, qishloqdagi turar-joy va ijtimoiy soha ob’ektlari namunaviy loyihalar bo’yicha barpo etilishini nazarda tutuvchi qishloq aholi punktlarining arxitekturaviy rejalashtirilishini tashkil etish va qishloqqurilishini loyihalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish lozimligi belgilab berildi.
Qishloqqiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlari sifatini yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi «Qishloqqurilish bank» aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida»gi PQ-1083-sonli Qarori qabul qilindi. Bundan tashqari, qishloq joylarda namunaviy asosda yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga «Qishloqqurilish bank» aktsiyadorlik-tijorat banki tomonidan imtiyozli kredit berishni tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi «Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun «Qishloqqurilish bank» aktsiyadorlik-tijorat banki tomonidan imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 148-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu Nizomning asosiy maqsad va vazifasi qishloq joylarda namunaviy asosda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylarni aholiga ipoteka kreditlari hisobidan berish shartlarini, ipoteka kreditini rasmiylashtirish, kreditni to’lash tartibini hamda aholiga berilgan ipoteka kreditlari maqsadli ishlatilishi ustidan monitoring o’rnatish tartibini belgilashdan iboratdir. Mazkur Nizom bilan qishloq joylarda namunaviy asosda yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga «Qishloqqurilish bank» aktsiyadorlik-tijorat banki tomonidan aholiga, shu jumladan, yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida ipoteka kreditlari berib kelinmoqda.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
1
|
Assotsiatsiya
|
70 ta
|
5
|
Markazlar
|
53 ta
|
9
|
Qo’mitalar
|
5 ta
|
2
|
Jamiyatlar
|
71 ta
|
6
|
|
Dostları ilə paylaş: |