Termiz shahar 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 5b- sinfiga berilgan
pedagogik-psixologik
TAVSIFNOMA
Men amalyot olgan termiz shahar 11-umumiy o’rta talim maktabning 5b- sinfi maktabda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan sinflardan biri bo‘lib, 31 nafar o‘quvchisi bor.Shulardan 17 nafari o’g’il bollar, 14 nafari qiz bolalar. Sinf rahbari Dildora Boltayeva bo‘lib, ona tili fani o‘qituvchisi. 2018 yildan buyon shu sinfga rahbarlik qiladi, 6 yillik pedagogik stajiga ega bo‘lgan tajribali o’qituvchi Sinf rahbari o‘z sinfining yaxshi bo‘lishi, ularning a’lo baholarga o‘qishi va jamoat ishlarida faol qatnashishi uchun hamisha harakat qiladi. Sinifni qo‘llab-quvvatlab keladi. Darsdan bo‘sh vaqtlari turli qiziqarli tadbirlar o’tkazib barcha o‘quvchilarning faol ishtirok etishlari uchun kurashadi. SHu sababli ham 5b- sinf o‘quvchilarining 10 nafari a’lochi, 12 nafari “4” va”5” baholarga va 6 nafari “3” va “4” baholarga hamda 3 nafar faqat “3”bahoga o‘qiydigan o‘quvchilardir. 5b - sinf o‘quvchilaridan 5 nafari turli fanlardan maktab, tuman bilimlar bellashuvlarida ishtirok etgan bo‘lib, 3 nafari fahrli o‘rinlarni egallashgan va rag‘batlantirilgan. Bunday a’lochi sinf o‘quvchilariga Hakimova S. Salomova R Nosirov B larni keltirish mumkun.
5b- sinfda a’lochi va faol o‘quvchilar bilan bir qatorda, sinfni orqaga tortadigan 2 nafar o‘quvchi ham bor. Ular Jo’ramaxmatov Azizbek va Zoirov Marufbeklar bo‘lib, bu o‘quvchilar bilan alohida ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu o‘quvchilarni ham o‘quv yili oxiriga qadar faol o‘quvchilar qatoriga qo’shishga harakatqilmoqda. 5b-sinf o’quvchilarining 7 nafari jismoniy tarbiyaga, 4 nafari ona tili faniga, 9 nafari adabiyot faniga, 5 nafari bialogya, 4 nafari ingiliz tiliga, 2 nafari matematika fanlariga qiziqadi.
Men sinf o‘quvchilarining har biri kelgusida o‘z o‘rnini topib ketishiga va o‘zi qiziqqan kasb egasi bo‘lib, jamiyatimiz uchun munosib xissalarini qo‘shishlariga ishonaman.
Norboyev N____________15.04.2023-yi