To‘g‘ri va teskari davriylik. Issiqlik qurilmasining termik foydali ish koeffitsienti (F.I.K.). Sovutish koeffitsienti. Karno davriyligi va uning F.I.K. Karno teoremasi. Entropiya holat funktsiyasi sifatida. Termodinamika IIqonunining qaytar jarayonlar va davriyliklar uchun analitik ko‘rinishi.
Entropiya
nisbat gaz holati o‘zgarishi barqaror (muvozanatda) bo‘lganda holat funktsiyasining to‘la differentsialidir. U entropiya deb atalib 1 kg gaz uchun s deb belgilanadi va j/ kg K da o‘lchanadi. Demak entropiya analitik usulda quyidagicha topiladi.
Boshka holat funktsiyalari kabi entropiyani ham 2 ta ixtiyoriy parametr orqali ifodalash mumkin.
S = 1 (‘,V); S = 2 (‘,T); S = 2 (V,T); Berilgan holat uchun entropiya qiymati integrallash orqali quyidagicha topiladi:
bu yerda s0 - integrallash konstantasi
Texnik termodinamikada entropiyani absolyut qiymati emas, balki odatda biror bir jarayondagi o‘zgarishi o‘rganiladi.
ideal gaz uchun entropiya o‘zgarishini topaylik. Buning (4.1) ni 1 va 2 holatlar uchun integrallaymiz.
s2 - s1 = cv ln (T2 /T1 ) + R * ln (v1 /v2) 1 va 2 holatlar uchun Klapeyron tenglamasidan
T2 /T1 = R2V2 / R1V1 V2 /V1 = T2’1 / T1’2 bu qiymatlarni S2 - S1 = C’ ln (T2 /T1 ) + R ln (‘2 /’1) yoki
S2 - S1 = Cv ln (‘2 /’1 ) + C’ ln (V2 / V1) hosil bo‘ladi.
Entropiya tushunchasi termodinamik hisoblar uchun qulay bo‘lgan T-s diagrammani kiritish imkonini beradi. Bunda termodinamik sistema holati nuqta bilan muvozanatdagi termodinamik jarayon esa chiziq bilan ifodalanadi.
4.1 rasm.T- s koordinatalarda issiqlikni grafik tasviri
4.1. tenglamadan
dq = T ds
Bundan ko‘rinib turibdiki. T-S diagrammada jarayonni ifodalovchi chiziq, chekka ordinatalar va abtsissa o‘qi bilan chegaralangan yuza jarayonda berilgan yoki olingan q issiqlikni beradi.
tenglamadan yana shuni aytish mumkinki, jism qiziganda [dq>0] uning entropiyasi ortadi (ds >0) sovuganda esa (dq <0 ) uning entropiyasi kamayadi . (ds <0)
Termodinamika II-qonunining umumiy formulirovkasi Termodinamikaning 1- qonunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, issiqlik va mexanik energiya dvigatelda o‘zaro ekvivalent miqdorlarda almashinadi. Hech qanday energiya sarf qilmay ish bajaradigan dvigatellar 1-turdagi abadiy dvigatellar deyiladi. Termodinamikaning 1-qonuniga asosan bunday dvigatel bo‘lishi mumkin emas.
Foydalaniladigan darsliklar ro‘yxati: