Qizdirilgan metalldan elektronlarning ajralib chiqish hodisasini termoelektron emissiya hodisasi deb aytiladi.Termoelektron emissiya deb qizdirilgan katoddan elektronlarning sochilish jarayoniga aytiladi.Termoelektron emissiya,Richardson effeti-o’tkazgichlar,qattiq va ba’zan suyuq jismlardan issiqlik energiyasi ta’sirida elektronlarning vakuum yoki boshqa muhitlarga chiqish hodisasi.Bu hodisa vakuumda toza metellar (W,Mo,Ta)dan 2000-2500K trada va murakkab yarimo’tkazgichli katodlardan 1000K trada kuzatiladi.
Elektronlar metalldan tashqariga chiqishi uchun A=e*u chiqish ishini bajarishi bajarishi shart.Elektronlarni metallardan ajralib chiqish uchun bajarish kerak bo’lgan ishga chiqish ishi deyiladi.Chiqish ishi quyidagicha topiladi.
A=e*(φ1-φ2)
Elektronlar jism sirti(emitter)dan tashqariga chiqishi uchun jism chegaradagi potensial to’siqni yengishi zarur; past tradarda bu to’siqni yenga olmaydi.Metall qizdirilganda elektronlarning kinetik energiyasi ortib sirtdan o’tib sirt atrofida fazoviy zaryad hosil qiladi.Fazoviy zaryadning elektr maydoni Termoelektron emmissiya jarayonini susaytiradi.
Buning oldini olish uchun fazoviy zaryaddan ma’lum masafoda elektrod(anod)ga musbat potesial berilib fazoviy zaryad tortib olinadi,ya’ni termoelektron tok hosil qilinadi.Termoelektron tok emitter –katod xossasiga anod kuchlanishiga va traga bog’liq.Termoelektron emmissiya ko’pgina elektrovakum asboblar va ion asboblar ishlashining asosi hisoblanadi.
Buning oldini olish uchun fazoviy zaryaddan ma’lum masofada elektrod(anod)ga musbat potensial berilib fazoviy zaryad tortib olinadi, ya’ni termoelektron tok hosil qilinadi.Termoelektron emmissiya hodisasining mohiyati metallarnikidan farq qiladi.Termoelektron emissiya katodlar ishlab chiqarish,elektrvakum va gazrazryad qurilmaning asosini tashkil etadi.Yuqori temperaturadagi metallardan elektronlarning ajralib chiqish hodisasiga termoelektron emmissiya deyiladi.
Тermoelektron emissiya hodisasini tekshirishni 1-chizmada tasvirlangan sxema yordamida amalga oshirish qulay
Elektron emissiya — qattiq jism yoki suyuqlikning elektr maydon, qizdirish, elektromagnit nurlanish, elektronlar oqimi va boshqalar tashqi omillar taʼsirida elektronlar chiqarishi. Uning avtoelektron emissiya, termoelektron emissiya, fotoelektron emissiya, ikkilamchi emissiya va boshqalar turlari mavjud. Tashqi omillar taʼsirida qattiq jism yoki suyuqlikdagi elektronlarning bir qismi jism sirti chegarasidagi potensial toʻsiqni yengib oʻtishga yetarli energiya olganda yoki elektr maydon taʼsirida potensial toʻsiq jism ichida eng yuqori energiya olgan elektronlar uchun kuchsiz (shaffof) boʻlib qolganda Elektron emissiya yuz beradi. Elektron emissiyani kuzatish uchun jism (emitter) sirtida elektronlarni tezlashtiruvchi tashqi elektr maydon vujudga keltirish lozim. Bu elektr maydon emitter sirtidan elektronlarni "soʻrib oladi". Elektron emissiyadan ilmiy tekshirish ishlarida, elektron asboblar va lampalar yaratishda foydalaniladi.
Termoemission aylantirgichda ro’y beradigan hodisalar, ayniqsa gaz to’ldirilgan aylantirgichlardagi ancha murakkab. Ammo, barcha tipli termoemission aylantirgichlarning ishlashi ikkita effekt –termoelektron emissiya va kontakt potensiallari ayirmasiga asoslangan. Shu effektlardan biri bo’lgan termoelektron emissiya qonuniyatlarini batafsil ko’rib chiqamiz. Ma’lumki, T=0 K bo’lganda metaldagi erkin elektronlarning eng katta energiyasi Fermi energiyasi EF ga teng bo’ladi. Lekin bu energiya metall sirtidagi potensial to’siq W dan kichik (EF Kristallni qizdirish yo’li bilan elektronlarga qo’shimcha energiya berish asosida ro’y beradigan elektronlar emissiyasi termoelektron emissiya deb ataladi. Boshlang’ich paytda termokatodlarni tayyorlashda asosan, toza metallardan (W, Ta, …) foydalanilgan. Hozirgi paytda bu xildagi termokatodlar ayrim qurilmalardagina ishlatiladi. Ko’pincha pardali, yarim o’tkazgichli yoki oksidli katodlardan foydalaniladi. Lekin bu hodisaning qonuniyatlarini tushunish uchun avvalo metalldagi termoelektron emissiya jarayonlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.