Termometrlarni o'rnatish va ishlatishda xavf manbai haroratdir


Yakka tartibda himoyalanish vositalari



Yüklə 53,65 Kb.
səhifə2/2
tarix12.06.2023
ölçüsü53,65 Kb.
#129191
1   2
xfh

5.3 Yakka tartibda himoyalanish vositalari
Ishchilarga yakka tartibda foydalanish uchun beriladigan yakka tartibda himoyalanish vositalari ish vaqtida ularni ish joyida bo’lishi kerak. Ish vaqtida qo’llaniladigan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari ro’yhati bajariladigan ishlarning aniq sharoitlari va o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda har qaysi ish joyi bo’yicha mehnatni muhofaza qilishga doir yo’riqnomalarda keltirilgan bo’lishi kerak. Maxsus kiyim va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini korxonadan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi. Nafas organlarining yakka tartibda himoyalanish vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ishlovchilarga ta’sirini oldini olish yoki kamaytirish uchun qo’llaniladi. Ular omborlar devor va pardevorlarning ikki metrdan baland qismi, shuningdek shiplari suvga chidamli bo’lishi kerak.
Elektr tokidan himoya qilish vositalari asosiy va qo’shimcha vositalarga bo‘linadi. Asosiy vositalarga 1000 Voltdan ortiq kuchlanishli elektr moslamalariga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan izolyatsiyali shtangalar, tok o‘lchovchi kleshalar, kuchlanishni ko‘rsatuvchi asboblar, himoyalovchi qurilmalar va turli ko‘rinishdagi jihozlar hamda moslamalar kiradi. Kuchlanishi 1000 Voltgacha bo‘lgan elektr moslamalariga xizmat ko‘rsatayotganda esa izolyatsiya qilingan dastlabki asboblar: buragichlar, ombur va tishlagichlar, dielektrik qo‘lqoplar hamda izolyatsiyalangan kleshalardan foydalaniladi.
Qo‘shimcha vositalarga kuchlanish 1000V.dan ortiq bo‘lganda ishlatiladigan dielektrik etiklar, kalishlar, tushamalar va izolyatsiyali tagliklar kiradi.
Tarmoqdagi yoki elektr moslamalaridagi kuchlanishni tekshirib ko‘rishda tokning aktiv ta’sirida ishlovchi kuchlanish signali va kuchlanishni ko‘rsatuvchi maxsus asboblardan foydalaniladi.
500 V.gacha bo’lgan elektr moslamalaridagi kuchlanishni tekshirib ko‘rishda TI-2, MIN-1, UIN-10, IN-92 markali asboblar ishlatiladi.
Kuchlanishi 1000 V.dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarini tekshirishda neon chiroqli indikatorlardan foydalaniladi. 10 kV. gacha bo‘lgan elektr o‘tkazgichlardagi kuchlanishni tekshirishda tok o‘lchovchi kleshalar ishlatiladi.
Bulardan tashqari, elektr tokidan himoya qilish vositalariga montyor belbog‘lari, bog‘ichli montyor kovushlari, muhofaza arqonlari, teleskopli minoralar va narvonlar ham kiradi. Montyor belbog‘lari 225 kg, kovushlar esa 135 kg tok bilan 5 minut davomida sinab ko‘riladi va keyingina ularlan foydalanishga ruxsat etiladi.
Barcha yakka tartibdagi himoya vositalari quyidagi standartlarga mos bo'lishi kerak:
- jomakor, maxsus poyabzal va qo'lni himoyalash vositalari
GOST 12.4.103-86 ga;
- maxsus rezina etiklar - GOST 12.4.072-89 ga:
- umumiy ishlab chiqarish iflosliklaridan himoyalovchi kom binezonlar GOST 12.4.100-86 ga;
-filtrlovchi respiratorlar va gazniqoblar (protivogazlar)-GOST 12.4.041-88 ga.
Ushbu vositalar ishchi-xizmatchilarga "Bepul korjoma berishning namunaviy tarmoq me’yorlariga muvofiq beriladi. Me’yorlarda ko'zda tutilgan korjoma maxsus poyabzal va saqlovchi moslamalar belgilangan muddatlarda berilishi hamda standart va texnik shartlar talablarini qanoatlantirishi zarur. Korxona ma’m uriyati korjoma, maxsus poyabzal va sozlovchi vositalarni ishlab chiqarish sharoitini hisobga olgan va fabrika-zavod kasaba uyushmasi qo'mitasi hamda sanitariya nazorati tashkilotlari bilan kelishgan holda belgilangan muddatda yuvib. zararsizlantirib tuzatib berilishini ta ’minlashi lozim. Agar ishlar ko'p
miqdorda chang chiqishi yoki zaharli moddalar ta ’sir ko'rsatishi bilan bog'liq bo'lsa, korxona ma’muriyati korjoma, maxsus poyabzal va saqlovchi moslamalamri changsizlantirish va zararsizlantirishni tashkil qilishi kerak.
Filtrlovchi vositalar nafas olinadigan havoni zararli aralashmalardan tozalaydi. Ular sanoat filtrlovchi gazniqoblari va filtrlovchi respiratorlarga bo'linadi. Sanoat filtrlovchi gazniqoblari nafas olish organlarini, shuningdek ko'zlar va yuz terisini gazlar hamda changdan himoyalaydi. Ular filtrlovchi qutichadan, egiluvchan shlangning yuzga kiyiladigan qismidan tashkil topgan. Sanoat gazniqoblarining qutichalari muayyan zararli moddalardan himoyalash uchun yutkichlar bilan to'ldiriladi va vazifasiga qarab har xil ranglarga bo'linadi hamda muayyan xizmat muddatiga ega bo'ladi. Filtrlovchi respiratorlar vazifasiga ko'ra changga qarshi, gazga qarshi va universal xillarga bo'linadi. Respiratorlar yarim yuzniqob va filtrdan tuzilgan. Ular bir necha markalarda ishlab chiqariladi. Og'ir ishni bajarishda va chang miqdori ko'p bo'lganda changga qarshi F-62 Sh respiratoridan, og'ir va o'rtacha og'irlikdagi ishlarda hamda chang miqdori ko'p bo'lganda U -2h respiratoridan, chang miqdori kam bo'lganda esa "Lepestok" respiratoridan foydalaniladi. Universal RU-60M respiratori nafas olish organlarini zararli moddalar-gaz, bug' va changdan himoyalash uchun ishlatiladi. O'tkazmaydigan vositalar nafas olish organlarini atrof-muhitdan butunlay ajratib qo'yadi. Bunday vositalarga shlangli gazniqoblar, kislorodli va havoli nafas olish apparatlari kiradi.
Yüklə 53,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin