3-rasm. Oqimning tezligi, bosimi va vaqt bog’lanishlari grafigi.
Gidravlik zarbani susaytirish usullari
Gidravlik zarba ta’sirini susaytirish turli usullar bilan amalga oshiriladi.
Birinchi usul - jo‘mrakning keskin ochilish yoki yopilish vaqti t ni uzaytirib, t yetkazish yo‘li bilan to‘g‘ri gidravlik zarbani yo‘qotib, sarfni kamaytirish. Bu ish, odatda, drosselli rele yordamida bajariladi. Odatda, jo‘mrakning holati (ochiq yoki yopiqligi) o‘zgartirilganda suyuqlik truboprovodga rele orqali o‘tgani uchun uning sarfi (demak, tezligi) prujinali klapanlar yordamida asta-sekin o‘zgarib, ma’lum vaqtdan keyin kerakli qiymatga etadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, quvurlarni zarbasiz tutashtirish bosimning o‘zgarishi 22 atrofida va t=0,1s bo‘lganda ishonchli ta’minlanadi.
Ikkinchi usul - Quvurlarga gidravlik zarbani so‘ndirgich (kompensator) lar o‘rnatish. So‘ndirgichlar quvurdagi suyuqlikka nisbatan yuqori siqiluvchanlik xususiyatiga ega elastik elementli idishlardan bo‘lib, turli konstruktiv tuzilishga
a b v g
4-rasm. Turli so‘ndirgichlar.
ega (4-rasm). Eng ko‘p tarqalgan so‘ndirgichlar elastik elementli prujina (4-rasm, a) va gaz (4–rasm, b) bo‘lgan porshenli, membranali (4-rasm,v) va klapanli (4–rasm,g) so‘ndirgichlardir. So‘ndirgichlar, odatda, zarba tug‘diruvchi (jo‘mrak) yoki zarbadan himoyalanuvchi qism yoniga o‘rnatiladi. Ular yordamida zarba bosimining kamayishi so‘ndirgichga suyuqlik oqimi bilan birga kelgan kinetik energiyaning elastik elementlar tomonidan yutilishi hisobiga amalga oshadi. So‘ndirgichning elastik elementi qancha ko‘p deformatsiyalansa, yutilgan energiya ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun elastik elementning elastiklik xarakteriskasi imkon bergan chegarada mumkin bo‘lgan deformatsiyaning o‘zgarmas bo‘lishiga harakat qilish kerak bo‘ladi. Bu esa gazli so‘ndirgichlarda gaz bo‘lmasini shunday tanlab olishni taqozo qiladiki, zarba to‘lqinining yutilishida bosimning o‘zgarishi minimal bo‘lishi kerak. Amalda bunday so‘ndirgichlarda gaz bo‘lmasining hajmi quvurdagi suyuqlikning ikki sekundlik sarfiga teng qilib olinadi, boshlang‘ich bosimi esa magistraldagi maksimal bosimdan ko‘proq bo‘lishi zarur.
Porshenli so‘ndirgichlarning kamchiligi ularning inertligi bo‘lib, bu porshenning massasi va ishqalanish kuchiga bog‘liqligi va unga quvur bilan so‘ndirgichni tutashtiruvchi kanaldagi suyuqlikning inertligi qo‘shiladi. Bu kuchlar zarba to‘lqinining so‘ndirgich porsheniga ta’siri natijasida garmonlik tebranish vujudga kelishiga sabab bo‘ladi va natijada so‘ndirgich hamda quvurdagi bosim tebranishi qo‘shilib, kanaldagi bosim zarba bosimidan oshib ketishi mumkin. Natijada so‘ndirgich zarba energiyasini yutish o‘rniga kuchaytirishi mumkin. Inertlikni kamaytirish maqsadida so‘ndirgichni gaz va suyuqlikni ajratuvchi elastik membrana bilan ta’minlanadi (4–rasm, v). Yuqorida aytilganidek, so‘ndirgichda tebranma harakatning paydo bo‘lish va zarba to‘lqinining kuchayishiga quvur bilan so‘ndirgichni tutashtiruvchi kanalning uzunligi va diametrining ta’siri bor ekanligi tajribalarda tekshirilgan. Shuning uchun kanalning uzunligi va diametrini to‘lqinlarga kamroq ta’sir qiladigan qilib tanlab olinadi. Zarba to‘lqinlarini klapanli so‘ndirgichlar (4-rasm, g) yordamida ham susaytirish mumkin.
Bu holda klapanlar va energiyani yutuvchi elastik elementlarning inertligini iloji boricha kamaytiriladi.
Klapanli susaytirgichga kirgan suyuqlikning elastik elementga ta’sirini kamaytirish va uning yaxshiroq ishlashini ta’minlash uchun suyuqlikning atmosferaga oqib ketishiga xizmat qiluvchi qismi bo‘ladi.
Uchinchi usul - gidravlik zarba paydo bo‘lishi kutiladigan quvurning uzunligini oshirish. Bu holda qarshilik kuchining hisobiga energiya kamayishi va zarba to‘lqini davrining ortishi natijasida to‘g‘ri zarbani yo‘qotish yo‘li bilan zarba to‘lqinining ta’siri kamaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: |