Bu registrlarga 16 lik sanoq sistemasida quyidagi boshlang‘ich qiymatlar beriladi:
A=0x67452301,
B=0xEFCDAB89,
C=0x98BADCFE,
D=0x10325476,
E=0xC3D2E1F0.
Keyinchalik bu o‘zgaruvchilar mos ravishda yangi a, b, c, d va e o‘zgaruvchilarga yozib olinadi.
4- bosqich. Ma’lumotni 512 bitlik bloklarga ajratib qayta ishlash.
Bu xesh funksiyaning asosiy sikli quyidagicha bo‘ladi:
for (t = 0; t < 80; t++){
temp = (a <<< 5) + ft(b, c, d) + e + Wt + Kt ;
e = d; d = c; c = b <<< 30; b = a; a = temp;
},
Bu yerda <<< - chapga siklik surish amali. Kt lar 16 lik sanoq sistemasida yozilgan quyidagi sonlardan iborat:
ft(x, y, z) funksiyalar esa quyidagi ifodalar bilan aniqlanadi:
5- bosqich. Natija.
Ma’lumotning xesh qiymati A, B, C, D va E registrlardagi qiymatlarni birlashtirish natijasida hosil qilinadi.
27. Ma’lumotlar tuzilmasi elementlarini saralash usullari?
Saralash – bu tuzilma elementlarini qandaydir kriteriya asosida tartiblash.
Kriteriya sifatida odatda kalit deb ataluvchi sonli maydon qo’llaniladi.
Elementlarni kalit maydonlarining har bir keyingisi o’zidan oldingisidan kichik bo’lsa, bunday saralash kamayish tartibida saralash deyiladi.
Agarda har bir keyingi kalit maydoni o’zidan oldingisidan katta bo’lsa, o’sish tartibida saralash deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |