2- va 1- element qiymatlari taqqoslanadi va o’rin almashtiriladi;
1- va 0- element qiymatlari taqqoslanadi va o’rin almashtiriladi;
Natijada massivning eng kichik elementi 2 massivning yuqorisiga “qalqib” chiqadi.
Ushbu algoritm 2- elementdan boshlab keyingi qism massivda amalga oshiriladi va o’rinlar almashtiriladi, 4 “qalqib” chiqadi.
Pufaksimon saralash algoritmi (C++)
void pufak_s (key a[], int N)
{
int i,j;
key x;
for (i=0; i
for(j=N-1; j>i; j--)
if(a[j-1]>a[j] {
x=a[j]; a[j]=a[j-1]; a[j-1]=x;
} }
35. Sheyker (to’lqinsimon) saralash usuli algoritmini yozing va misollar yordamida tushuntirib bering.
Sheyker usulida saralash algoritmi
Bu algoritmning asosiy g’oyasi shundaki, bunda saralash “to’lqinsimon” tarzda amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham dastur boshida massivda chapdan o’ngga, keyin o’ngdan chapga o’tish orqali saralaydi. Ya’ni, chapga o’tilganda o’ng tomonga katta sonlarni, o’ngdan o’tganda esa, chap tomonga kichik sonlarni terib chiqadi.
Agar saralash, tashqi xotirada amalga oshirilayotgan bo’lsa, elementning kaliti katta hajmdagi ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lganda, o’rin almashtirishlar soni juda ko’p vaqtni oladi va protsessorga og’ir yuklama tushadi.
Sheyker algoritmi ushbu almashtirishlar sonini kamaytiradi, ya’ni quyidagicha ishlaydi:
1. Birinchi qadamda barcha elementlar minimum va maksimumga ajratib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |