testni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalar (masalan, test o‘tkaziladigan joy, vaqt, test o‘tkazish qoidalari) hal qilinganmi?
test uchun ajratilgan vaqt ichida test topshiruvchilar barcha test topshiriqlariga javob bera olishadimi?
testni o’tkazish jarayonida muammo tug‘dirishi mumkin bo’lgan to‘siqlar bartaraf etilganmi?
test uchun barcha resurslar (test materiallari, lozim bo’lgan texnika va boshqalar) tayyormi?
test bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan byudjetdan chiqib ketmaydimi?
test topshiruvchilarni baholash va testning natijalarini qayta ishlash haddan tashqari ko‘p vaqt va resurs talab qilmaydimi?
test natijalarini e’lon qilish usullari usullari (masalan, rasmiy sayt orqali, elektron pochta orqali va hokazo) va muddatlari aniq belgilanganmi?