22. “Qonun” nima?
A. Kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muhim bog’lanishlardir.
B. Inson aqlining mahsuli bo’lib, u narsa, voqea- hodisalarning muayyan tartibini aniqlashga xizmat qiladi.
V. Tabiatdagi doimiy va muhim o’zgarishlar, rivojlanish tendentsiyalari.
G. Narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va barqaror ichki bog’lanishlari.
23. “Sifat” tushunchasi nima?
A. Barcha voqea - hodisalarning ma’lum shaklda namoyon bo’lishi.
B. Narsa va hodisalarning yaroqli va yaroqsizligini bildiradigan tushuncha.
V. Narsa, hodisaning asosiy bir xususiyati, xossasi.
G. Narsalarning ichki va tashqi muayyanligini ta’minlovchi xossa, belgi, xususiyatlar birligi.
24 «Dialektik inkor”ni siz qanday tushunasiz?
A. Narsalarning yaroqsiz tomonlarini uloqtirish.
B. Tashqi ta’sir natijasida narsani umuman yo’q qilib yuborish.
V. Subyektning “sof” ruhiy holatiga asoslangan rad javobi.
G. Narsa va hodisaning ichki rivojlanish zarurati natijasi, vorisiylikka asoslangan sifat o’zgarishi.
25. Falsafaning bilish nazariyasi bilan bog’liq atamani toping.
A. Ontologiya.
B. Logika.
V. Teleologiya.
G. Gnoseologiya.
26. “Amaliyot” (“praktika”) tushunchasini ta’riflang.
A. Tabiiy va ijtimoiy borliqni qayta o’zgartirishdagi moddiy- hissiy faoliyat.
B. Kishining bilish faoliyati.
V. Texnikaviy imkoniyatlardan yuzaga keluvchi ilmiy bilimlar.
G. Kishining maqsadga muvofiq faoliyati.
27. Aqliy bilish shakllari (bosqichlari) ning tartibini aniqlang.
A. Hukm, xulosa, tushuncha.
B. Tushuncha, xulosa, hukm.
V. Muhokama, ijodiyot, nazariya.
G. Tushuncha, hukm, xulosa
Dostları ilə paylaş: |