ТЕСТ САВОЛЛАРИ (150 та) Institusional iqtisodiyot nazariyalari qaysi asrdan rivojlangan?
A) XVII asrda Yevropada dastlab V.Petti, Buagilber, keyinroq esa, A.Smit va D.Rikardolarning klassik iqtisodiy ta’limotlari bilan tavsiflanadi.
B) XIX asrning yetmishinchi yillariga kelib, klassik nazariyaning K.Menger, M.Jevons, L.Valras va boshqa tadqiqotchilarning faoliyati zamiridagi marjinal yondashuv bilan kengayishi neoklassik nazariya sifatida A.Marshallning “Iqtisodiyot prinsiplari” asarida о‘z ifodasini topdi.
V) Keyinchalik A.Marshallning qarashlari J.B.Klark izlanishlarida takomillashdi.
G) Barcha javoblar tо‘g‘ri.
Neoklassik nazariyaning asosiy tamoyillari nechta qismdan iborat?
A) Ikkita qismdan.
B) Uchta qismdan.
V) Tо‘rtta qismdan.
G) Beshta qismdan.
Neoklassik nazariyaning asosiy tamoyillari qaychi javobda tо‘g‘ri kо‘rsatilgan?
A) Asosiy tamoyillarning birinchi qismini klassikaning “eski” tamoyillari, ikkinchi qismni esa, neoklassikaning “yangi” tamoyillari tashkil etadi.
B) Asosiy tamoyillarning birinchi qismini klassikaning “yangi eski” tamoyillari, ikkinchi qismni esa, neoklassikaning “eski” tamoyillari tashkil etadi.
V) Klassikaning “eski va yangi” tamoyillari.
G) Neoklassikaning “eski va yangi xamda kelajakdagi” tamoyillari tashkil etadi.
Klassikaning “eski” tamoyillariga nimalar kiradi?
A) Bozorda hamma vaqt muvozanat mavjud, u yagona Pareto (Valras-Errou-Dobre) optimumi talablariga mos keladi.
B) Bozorda individlar tomonidan oqilona tanlov amalga oshiriladi xamda individlarga tashqi omillar ta’sir kо‘rsatmaydi, ularning biror holatni afzal bilishi barqaror va ekzogen xususiyatga ega.
V) Xarajatlarning yagona turi – ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi. Ayni chog‘da ayirboshlash xarajatlari e’tiborga olinmaydi.
G) Barcha javoblar tо‘g‘ri.