78. Suv resurslarining bulg’anishi deganda nimani tushunasiz? А) Suv resurslariga turli erimaydigan (o’simlik, toshqol, temir-tersak, qurilish chiqindilarining) aralashmasidan uning sifatini buzilishi.
В) Turli chiqindilar aralashmasidan suvning turli talablarga ko’ra yaroqsiz bo’lishi.
S) Suvga turli erimaydigan chiqindilarning qo’shilishidan uning sifati ichish va sug’orish uchun yaroqsiz holatga kelishi.
Д) Suv resurslari miqdorining kamayishi va sifatining buzilishi.
Е) Suvga turli eriydigan chiqindilarning qo’shilishidan uning sifati ichish va sug’orish uchunyaroqsiz holatga kelishi.
79.Quyidagi elektr stansiyalardan qaysi birlari O’zbekiston hududida joylashgan? А) Farhod GESi, Navoiy GRESi, Tollimarjon GRESi, Angren GRESi.
В) Toktagul GESi, Nurek GESi, Navoiy GRESi.
С) Tollimarjon GRESi, Toktog’ul GESi, Nurek GESi, Qayroqqum GESi.
D) Navoiy GRESi, Norak GESi, Qayroqqum GESi.
Е) Farhod GESi, Sirdaryo GRESi, Qayroqqum GESi, Toktog’ul GESi.
80.Sanitar suv o’tkazish deganda nimani tushunasiz? А) Daryo yoki suv arteriyasining quyi qismida yangi erlarni o’zlashtirish maqsadida o’tkazib yuboriladigan suv miqdori.
В) Daryo yoki suv arteriyasidan suv xo’jaligi majmuasi qatnashuvchilarining talablari to’la qondirilgandan so’ng havzada qoladigan suv miqdori.
S) Ishlatilgan suvlarning daryoga oqiziladigan miqdori.
D) Daryo yoki suv arteriyasining quyi qismida uni suv oqimini qabul qiluvchi o’zani bo’ylab va deltasida normal ekologik vaziyatni va suv muhitining sifatini ta'minlash uchun doimiy oqib turishi zarur bo’lgan suvning ilmiy asoslangan minimal miqdori.
Е) Daryo qirg’oqlarida sanitar zonalarni tashkil qilish uchun zarur bo’lgan suv miqdori.
81.O’rta Osiyo sharoitida sanitar suv o’tkazish hajmi qanday talablardan kelib chiqib hisoblanadi? А) Baliqchilik xo’jaliklari manfaatlaridan.
В) Suv energetikasi manfaatlaridan.
S) Havzada suvning sifatini va ekologik muvozanatni saqlash manfaatlaridan.
D) Kuzatishlardagi tarixiy eng kam qayd qilingan suv oqimi miqdoriga teng deb.
Е) Suv xo’jalik muvozanati tahlilidan kelib chiqib.