Test topshiriqlari kitobi -boʻlim. OʻQib tushunish ushbu boʻlim qismdan iborat: 1-qism: 1-10-savollar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə7/14
tarix03.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#124642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
milliy sertifikat 1 kitob

10.Melatonin
Melatonin – uyqu gormoni. “Yoshlik gormoni” deb ham nomlanadi. Inson miyasining markaziy qismidagi epifiz markazida (g‘uddasimon bez) ishlab chiqariladi. Yorug‘likka o‘ta ta’sirchan gormon. Uning sutkalik miqdorini inson biologik soati belgilaydi. Ya’ni, kunduz kuni melotonin miqdori kamayib, kech tushishi bilan orta boshlaydi.
Uning ishlab chiqarilishi yarim tunda cho‘qqisiga yetadi. Bir oz eng ko‘p miqdori ushlab turiladi so‘ngra asta sekinlik bilan pasaya boradi. Melotonin ishlab chiqarilishi yorug‘lik darajasiga bevosita bog‘liq. Ya’ni, kech tushsa ham yorug‘lik kamaymasa, yetarli darajada ishlab chiqarilmasligi, natijada uyqusizlik kuzatilishi mumkin.
Yetti yoshda melotonin eng ko‘p miqdorda ishlab chiqarilar ekan. So‘ngra asta‑sekinlik bilan kamayib boradi. 45 yoshda epifiz hajmi kichrayishni boshlaydi va uning hujayralari melotonin ishlab chiqarishni kamaytiradi. Shuning uchun ham 60 yoshga yetganda melotonin ishlab chiqarilishi 20 yoshdagiga qaraganda 50 foizga ham yetmaydi va shu sababli keksalar uyqusizlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi.
Melotonin o‘ziga xos antioksidant hisoblanib, ba’zi kasalliklar, masalan, saratonning ayrim turlari(ko‘krak bezi saratoni)ga qarshi kurashda uning o‘rni beqiyos. Melotonin yetishmovchiligi ham ayrim xastaliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Zero, muxtaram o‘quvchilarimizga uyqusizlik qanchalik og‘ir asoratlarga olib kelishi yaxshigina ma’lum bo‘lsa kerak.
Mazkur gormonning yana bir qiziqarli tomoni shundaki, u ovqat hazm qilish jarayonida ham ishtirok etadi. Shu sababdan me’yoridan ortiqcha ovqat iste’mol qilganimizda, ortiqcha taomni hazm qilish uchun ko‘proq melatonin ishlab chiqariladi va bizni uyqu bosadi.
11-Savolni o`qing va faqat bitta to`g`ri javobni aniqlang
O‘ziga xos antioksidant hisoblanib, ba’zi kasalliklar, masalan, saratonning ayrim turlari(ko‘krak bezi saratoni)ga qarshi kurashda uning o‘rni beqiyos
A. Melatonin B. Serotonin
C. Dofamin D .Kortizol

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin