Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja oʻzida ma’lum bir oʻquv fanini oʻqitish jarayonini loyihalash va rejalashtirishni oʻzida aks ettiradi. Masalan, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oʻqish darsini har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. Hozir koʻp ta’kidlanayotgan texnologik model loyihalashga, texnologik xarita rejalashtirishga toʻgʻri keladi. Natijada har bir fanni oʻqitish texnologiyasi yuzaga keladi.
Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar oʻquv-tarbiya jarayonining ma’lum tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus oʻquv koʻnikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan, oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, oʻquvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar.
Ta’lim mazmuni normativ hujjatlar: oʻquv rejasi, oʻquv dasturi va darsliklarda koʻrsatilgan.
Oʻzlashtirish (ta’lim samaradorligi) koʻrsatkchi B=A/T*100% nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B - oʻzlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A - amalda oʻzlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T - oʻzlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning toʻliq hajmi.
Nazoratning asosiy besh shakli mavjud
Didaktikaning soʻzma-soʻz tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» soʻzdan olingan boʻlib, «didacticos» – oʻrgatish, oʻqitish ma’nosini bildiradi. Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi.
Ta’lim tamoyillarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: ta’limning mazmunga aloqador va tashkiliy-metodik tamoyillari.
Dostları ilə paylaş: |