76. Mulk shakllariga qarab korxona quyidagi turlarga bo`linadi: A. * xususiy korxona, jamoa korxonalar, davlat korxonalari, aralash korxonalar
B. davlat buyurtmasi saqlangan korxona
C. ham buyurtma, ham bozorga ishlovchi korxona
D. faqat bozorga ishlovchi korxona
77. Ish ko`lamiga qarab korxonalar quyidagi turlarga bo`linadi: A. xususiy korxona
B. xissadorlik korxonalari
C. jamoa korxonalari
D. * yirik korxonalar, o`rta korxonalar, kichik korxonalar
78. Faoliyat sohasi va ixtisoslashuviga qarab korxonalar quyidagi turlarga bo`linadi: A. kichik korxonalar
B. * qishloq xo`jaligi korxonalari, sanoat korxonalari, qurilish korxonalari, xizmat ko`rsatish korxonalari
C. yirik korxonalar
D. faqat bozorga ishlovchi korxonalar
79. Erkinlik darajasiga qarab korxonalar quyidagi turlarga bo`linadi: A. ijara korxonalari
B. xususiy korxonalar
C. * davlat buyurtmasi saqlangan korxonalar, ham buyurtma ham bozorga ishlovchi korxonalar, faqat bozorga ishlovchi korxonalari
D. buyurtma va bozorga ishlovchi korxona
80. Konsern – bu: A. monopolistik birlashmaning bir shakli
B. yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ekt, mehnat jamoasi
C. ko`p taraflama qo`shma korxona
D. * korxonalarning faoliyat sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turlarining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yirik ko`p tarmoqli korporatsiya
81. Konsortsium – bu: A.monopolistik birlashmaning bir shakl
B. yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ekt, mehnat jamoasi
C. * aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning muvaqqat birlashmasi
D. yirik ko`p tarmoqli korxona
82. Sindikat – bu: A. * monopolistik birlashmaning bir shakli bo`lib, bir tarmoq korxonalarning birlashmasi
B. yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ekt, mehnat jamoasi
C. ko`p taraflama qo`shma korxona
D. yirik ko`p tarmoqli korxona