TESTLAR
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH METODIKASI (FUTBOL)
1. Angliya futbol uyushmasi qachon tashkil etilgan?
A) 1863 yil 26 oktabrda
B) 1857 yil 12 noyabrda
C)1904 yil 21 mayda
D)1873 yil 8 avgustda
2. 1863-yilgi ilk futbol o’yin qoidalari necha moddadan iborat bo’lgan?
A)13
B) 15
C)8
D)20
3.Angliyada qaysi qirol davrida futbol o’ynash ta’qiqlangan?
A) Eduard II
B) Pyotr I
C)Eduard III
D)Lyudovik VI
4. Futbol sport turning dastlabki zamonaviy o’yin qoidalari nechanchi yili ishlab chiqilgan?
A) 1848 yil
B) 1857 yil
C)1863 yil
D)1904 yil
5. Futbol tarixida ilk futbol klubi qachon tashkil etilgan?
A)1857 yil
B) 1863 yil
C)1848 yil
D)1873 yil
6. Qirol Eduard II davridagi futbol o’yini hozirgi kundagi qaysi sport turiga o’xshagan?
A) regbi
B) amerika futboli
C)kriket
D)beysbol
7.1857 yil Angliyaning qaysi shahrida ilk futbol klubi tuzildi?
A) Sheffild
B) Liverpul
C)Manchester
D)London
8. Futbоl o’yinining ilk qоidalarida bеlgilanishicha maydоn uzunligi?
A) 200 yard (183 metr)
B) 190 yard (175 metr)
C)250 yard (218 metr)
D)220 yard (200 metr)
9. Futbоl o’yinining ilk qоidalarida bеlgilanishicha maydоn kengligi?
A)100 yard (91 metr)
B) 110 yard (95 yarB)
C)125 yard (100 metr)
D)108 yard (98 metr)
10. Nechanchi yilda 1 – chi marta futbol darvozaboniga o’ng qo’lda o’ynashga ruxsat etildi?
A)1871 yil
B) 1873 yil
C)1880 yil
D)1879 yil
11. Nechanchi yili Xalqaro miqyosidagi terma jamoalar o’rtasida ilk futbol uchrashuvi bo’lib o’tdi?
A)1873 yil
B) 1871 yil
C)1875 yil
D)1880 yil
12. Futbol o’yinida hushtak qaysi yil paydo bo’ldi?
A)1878 yil
B) 1880 yil
C)1873 yil
D)1877 yil
13. Xalqaro miqyosdagi ilk futbol uchrashuvlari qaysi terma jamoalar o’rtasida bo’lib o’tdi?
A) Angliya va Shotlandiya
B) Angliya va Fransiya
C)Angliya va Braziliya
D)Angliya va Ispaniya
14. Futbol maydonida hakam qaysi yili paydo bo’ldi?
A)1880 yil
B) 1882 yil
C)1878 yil
D)1884 yil
15. Futbol o’yinida nechanchi yilda bosh hakamning 2 nafar yordamchisi paydo bo’ldi?
A)1882 yil
B) 1880 yil
C)1888 yil
D)1890 yil
16. Futbol o’yinida qaysi yili 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi?
A)1891 y
B) 1890 y
C)1889 y
D)1901 y
17. Futbol to’pi og’irligini ko’rsating?
A) 410 – 450 gr
B) 383 – 453 gr
C)400-450 gr
D)383 – 450 gr
18. Futbol to’pining aylanasi o’lchamini ko’rsating?
A) 68 – 70 sm
B) 66 – 68 sm
C)65 – 69 sm
D)70 – 75 sm
19. Futbol to’pining havo bosimi qancha bo’ladi?
A) 55 – 80 kPa
B) 50 – 75 kPa
C)40 – 60 kPa
D)32 – 48 kPa
20. 1873 yili futbol o’yiniga qanday qoidalar kiritildi?
A) aut va burchak to’pi
B) 45 minutdan 2 taym
C)15 minutlik tanaffus joriy qilindi
D)Futbol formasi raqam qo’yila boshlandi
21. Nechanchi yildan boshlab futbol bo’yicha to’g’ri va aniq maydon o’lchamlari chizilgan?
A) 1902 y
B) 1885 y
C)1909 y
D)1878 y
22. Futbol o’yinidagi sariq va qizil kartochkalarni kim kashf qilgan?
A) Ken Ashton
B) Antonio Rattin
C)Mayson Grinvud
D)Antony Taylor
23. Futbol nechanchi yilda Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritildi?
A) 1908 y
B) 1904 y
C)1900 y
D)1912 y
24. FIFA (Xalqaro futbol uyushmasi) qachon tashkil qilingan?
A)1904 y
B) 1900 y
C)1908 y
D)1912 y
25. Xalqaro futbol uyushmasining (FIFA) birinchi Prezidenti kim bo’lgan?
A) Robert Geren
B) Berli Vulfoll
C)Zeldreysers
D)Anatoliy Puzach
26. FIFA (Xalqaro futbol uyushmasi) ni hozirgi kundagi Prezidenti kim?
A)Jan Infantino
B) Mishel Platini
C)Nikolas Vaskas
D)Zepp Blatter
27. Futbol bo’yicha jahon chempionatlari har necha yilda bir marta o’tkaziladi?
A) 4
B) 5
C)3
D)2
28. Futbol bo’yicha 1 – chi jahon chempioni bo’lgan davlat?
A) Urugvay
B) Gollandiya
C)Argentina
D)Braziliya
29. Futbol bo’yicha 1 – chi jahon chempionati qachon o’tkazilgan?
A)1930 y
B) 1926 y
C)1934 y
D)1958 y
30. Futbol bo’yicha 1 – chi jahon chempionati qaysi davlatda bo’lib o’tgan?
A)Urugvay
B) Braziliya
C)Angliya
D)Fransiya
31. UEFA qaysi qit’aning futbol uyushmasi hisoblanadi?
A)Yevropa
B) Osiyo
C)Janubiy Amerika
D)Afrika
32. AFC qaysi qit’aning futbol uyushmasi hisoblanadi?
A) Osiyo
B) Yevropa
C)Okeaniya
D)Afrika
33. Hozirgi kunda UEFA (Yevropa futbol konfederatsiyasi) Prezidenti kim?
A) Aleksandr Cheferin
B) Mishel Platini
C)Marko van Basten
D)Jan Infantino
34. FIFA (Xalqaro futbol uyushmasi) ning Oliy organi bu - …?
A) kongress
B) rahbariyat
C)kollegiya
D)senat
35. 2022-yil futbol bo’yicha jahon chempionati qaysi davlatda o’tkazildi?
A) Qatar
B) Portugaliya
C)AQSH
D)Xitoy
36. Futbol bo’yicha jahon chempionatida nechta jamoa ishtirok etadi?
A) 32
B) 24
C)16
D)48
37. Xalqaro futbol uyushmasining qisqa nomini aniqlang?
A) FIFA
B) IAAF
C)UEFA
D)FIBA
38.O’zbеkistоn futbоl fеdеratsiyasi OFK va FIFAga nechanchi yil a’zo bo’ldi?
A) 1994 y
B) 1993 y
C)1992 y
D)1991 y
39. O’zbekistonda futbol qaysi hududda birinchi bo’lib o’ynalgan?
A) Farg’ona
B) Namangan
C)Andijon
D)Toshkent
40. O’zbekistonda ilk futbol jamoasi nechanchi yilda tashkil topdi?
A) 1912 y
B) 1911 y
C)1913 y
D)1956 y
41. O’zbekistonga futbol kirib kelgach birinchi tuzilgan jamoa nomi?
A) Muskomanda
B) AFT (andijon futbolchilar to’garagi)
C)TSJI (Toshkent sport ishqibozlari jamiyati)
D)Farg’ona
42. “Andijоn futbоlchilar klubi” qachon tashkil etildi?
A) 1913 y
B) 1912 y
C)1914 y
D)1915 y
43. «Tоshkеntliklar jipslashgan jamоa bo’la оlishdеk ajоyib хususiyatga ega va ular biz hеch narsa bilan taqqоslay оlmaydigan yuqоri tеzliqda o’ynadilar. Yuqоri darajali jamоa bo’lish uchun O’zbеkistоn futbоlchilarida barcha imkоniyatlar mavjuddir».1932 yil O’zbek va nemis futbolchilari uchrashuvidan so’ng aytilgan ushbu jumla kimga tegishli?
A) nеmis jamоasi sardоri Lоr.
B) Mixail An
C)Jyul Rime
D)Seygey Andrey
44. Nechanchi yil Tоshkеntda o’smirlar o’rtasida futbоl bo’yicha O’zbеkistоn birinchiligining ilk tanlоvi bo’lib o’tdi?
A) 1935 y
B) 1932 y
C)1927 y
D)1934 y
45. 1934 yil O’zbekiston poytaxtida ilk marta o’tkazilgan qanday musobaqa ochilishi sharafiga bag’ishlab 36 ming nafar jismoniy tarbiya ixlosmandlari namoyishi bo’lib o’tdi?
A) O’rta Osiyo spartakiadasi
B) Kelajak avlodlari musobaqasi
C)O’zbekiston birinchiligi
D)O’zbekiston kubogi
46. Nechanchi yildan bоshlab futbоl musоbaqalari asоsida shahar tеrma jamоalarining match o’yinlari emas, balki O’zbеkistоn Kubоgi va birinchiligi uchun klub jamоalar musоbaqalari o’tkazila bоshladi?
A) 1937 y
B) 1938 y
C)1935 y
D)1933 y
47. 1936 yili futbol bo’yicha O’zbеkistоn birinchiligida nechta shahardan tеrma jamоalar ishtirоk etdi?
A) 16
B) 15
C) 14
D)17
48. 1937-yil 56 jamoa o’rtasida futbol bo’yicha Sobiq ittifoq chempionati boshlandi. Bu musobaqalarda qaysi jamoamiz ishtirok qila boshladi?
A) Toshkent “Dinamo” chilari
B) Farg’ona “Qo’qon -1912” jamoasi
C)SFT (Samarqand futbolchilar to’garagi)
D)TSIJ (Tоshkеnt spоrt ishqibоzlari jamiyati)
49. O’zbеkistоnda «Paхtakоr» spоrt jamiyati nechanchi yilda tuzilgan?
A) 1950 y
B) 1954 y
C)1956 y
D)1952 y
50. Nechanchi yilda “Paxtakor” futbol jamoasi tuzilgan?
A) 1956 y
B) 1954 y
C)1952 y
D)1950 y
51. Qaysi yili “Paxtakor” futbol jamoasi avia halokatga uchragan?
A) 1979 y
B) 1980 y
C)1977 y
D)1969 y
52. “Paxtakor” futbol stadioni nechanchi yilda ishga tushirilgan?
A) 1956 y
B) 1955 y
C)1954 y
D)1958 y
53. Mustaqil O’zbеkistоn Rеspublikasining futbol bo’yicha ilk chеmpiоnati nechanchi yildan boshlab o’tkazilib kelinmoqda?
A) 1992 y
B) 1991 y
C)1993 y
D)1996 y
54. 1992 yildan 2005 yilgacha bo’lgan vaqt ichida qaysi jamoalar futbol bo’yicha O’zbekiston chеmpiоnati yеtakchilari bo’lib kеldi?
A) Tоshkеntning «Paхtakоr» va Farg’оnaning «Nеftchi» klublari
B) Namanganning “Navbahor” va Toshkentning “Do’stlik” klublari
C)Toshkent dinamochilari va Andijon klublari
D)Fargona va Xorazm jamoalari
55. O’zbekiston futbol terma jamoasining shu kungacha eng kata yutug’i sanalgan Osiyo o’yinlari g’olibligini qaysi davlatda bo’lib o’tgan “Osiyo o’yinlari” da qo’lga kiritgan?
A) Yaponiya
B) Xitoy
C)J.Koreya
D)BAA
56. O’zbekiston Futbol federatsiyasi nechanchi yil tashkil topdi?
A) 1992 y
B) 1990 y
C)1989 y
D)1993 y
57. Futbolchida qanday sifatlar namoyon bo’ladi?
A) Kuchlilik,chidamlilik,epchillik,egilivchanlik,tezkorlik
B) kuch va tezkorlik
C)egiluvchanlik, chaqqonlik va chidamlilik
D)onglilik va aqllilik
58. Futbol bo’yicha Osiyo kubogi bahslarida eng ko’p chempionlikni qo’lga kiritgan davlat?
A) Yaponiya
B) J.Koreya
C)BAA
D)Qatar
59. O’zbekiston chempionatida eng ko’p g’oliblikni qo’lga kiritgan futbol jamoa nomi?
A) Paxtakor
B) Neftchi
C)Lokomotiv
D)Bunyodkor
60. 2011 yilda klublar o’rtasidagi “Asian Cup” musobaqalarida yurtimizning qaysi futbol jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritgan?
A) Nasaf jamoasi
B) Paxtakor jamoasi
C)Bunyodkor jamoasi
D)Navbahor jamoasi
61. O’zbekiston futbol terma jamoasi xalqaro musobaqalarda qanday qisqa nom ostida qatnashadi?
A) UZB
B) UFF
C)O’BN
D)UZT
62.Futbol o’yini texnikasini ta’rifi qaysi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Qo’yilgan maqsadga erishmоq uchun o’yinda хilma-хil tarzda uyg’unlashtirib qo’llaniladigan maхsus usullar to’plami
B) To’pni olib yurishdagi harakatlar majmuasi
C)G’alabaga olib boruvchi texnik harakatlat to’plami
D)Darvozabon va o’yinchilarning texnik harakatlari to’plami
63. Futbol o’yinida tехnik usullar – bu?
A) futbоl o’yinini vujudga kеltirish vоsitasi dеmak
B) yuksak spоrt natijalariga erishish
C)raqib jamоa o’yinchilari qarshilik ko’rsatish
D)o’yin faоliyatidagi turli hоlatlar
64. Futbol o’yinida qo’yilgan maqsadga erishmоq uchun o’yinda хilma-хil tarzda uyg’unlashtirib qo’llaniladigan maхsus usullar to’plami?
A) O’yin texnikasi
B) O’yin taktikasi
C)Darvozabon o’yin texnikasi
D)Darvozabon o’yin taktikasi
65. Futbol o’yin texnikasi qaysi bo’limlarga bo’linadi?
A) Himoya, hujum va darvozabon o’yin texnikasi
B) Himoya, hujum va darvozabon o’yin taktikasi
C)yugurish, sakrash,burilish va to’xtash
D)maydon o’yinchisi va zahira o’yinchisi
66. Futbol o’yinida to’pni boshqarish texnikasi to’g’ri va to’liq ko’rsatilgan javobni toping?
A) Zarba berish, to’xtatish, olib yurish, fintlar, olib qo’yish
B) Zarba berish, olib yurish, fintlar, olib qo’yish
C)to’xtatish, olib borish, fintlar, olib qo’yish
D)Zarba berish, to’xtatish, olib yurish, olib qo’yish
67. Futboldagi asosiy harakatlanish vositasi nima?
A) yugurish
B) yurish
C)sakrash
D)burilish
68. Futbol o’yinida tisarilib yugurishdan asоsan qaysi holatlarda fоydalanadilar?
A) to’pni оlib qo’yishda va to’pni оlishda qatnashayotgan himоyadagi o’yinchilar
B) aldab o’tishda
C)to’pni uzatishda va qabul qilishda
D)hujumda
69. Futbolda juftlama qadam tashlab yugurishdan qachon fоydalaniladi?
A) Taktik jihatdan zarur holatga o’tishda
B) Texnik jihatdan zarur holatga o’tishda
C)Aldab o’tishda
D)Chalishtirma qadamda
70. Futbolda to’xtashning qanday usullari bor?
A) Sakrab va tashlanib to’xtash
B) Yugurib kelib va sakrab to’xtash
C) Taxlanib va yugurib kelib to’xtash
D)Sakrab va yon tomon bilan to’xtash}
71. Burilish yordamida futbolchilar qanday harakatlarini o’zgartiradilar?
A) Tezlikni minimal kamaytirib, yugurish yo’nalishini o’zgartiradilar
B) Tezlikni maksimal oshirib, yugurish yo’nalishini o’zgartiradilar
C)Tezlikni minimal kamaytirib, yugurish yo’nalishi o’zgartirmaydi
D)Tezlikni maksimal oshirib, yugurush yo’nalishini o’zgartirmaydi
72. Maydon o ‘yinchisi texnikasining qanday bo’limlari mavjud?
A) Harakatlanish va to’pni boshqarish texnikasi
B) To’pni uzatish va qabul qilish
C)To’p va to’psiz harakatlar
D)Harakatlanish va to’pni qabul qilish texnikasi
73. Futbol o’yinidagi yugurish usullarini ko’rsating?
A) oddiy, tisarilib, chalishtirma qadam tashlab, juftlama qadam tashlab yugurish
B) oddiy va murakkab yugurish
C)aralash va noaralash yugurish
D)oddiy, tisarilib, murakkab, aralash yugurish
74. Futbol o’yinida to’pni to’xtatish qaysi texnik usullar vositasi bo’lib xizmat qiladi?
A) to’pni qabul qilish va egallash
B) zarba berish va qabul qilish
C)harakatlanish texnikasi
D)yugurish va to’xtashda
75. Futbolda “To’pni to’xtatish” termini adabiyotlarda yana qanday nom bilan yuritiladi?
A) to’pni qabul qilish
B) to’pni olib qolish
C)to’pga egalik qilish
D)to’pni olib yurish
76. Futbol texnikasining raqib bilan bevosita yakkama-yakka kurashda bajariladigan usullar guruhi nima deyiladi?
A) fintlar
B) texnika
C)taktika
D)qo’pollik
77. Futbol darvozabonining o’yin texnikasi usullarini ko’rsating?
A) to’pni ilib оlish, qaytarish, o’tkazib yubоrish va tashlash
B) O’yinchilarni boshqarish
C)To’pni uzatish va qabul qilish texnikasi
D)To’pni qabul qilish texnikasi
78. O’yinchilarning raqib ustidan g’alaba qоzоnishga qaratilgan individual va jamоaviy harakatlarini tashkil qilishi, ya’ni jamoa futbоlchilarining muayyan rеjaga binоan aynan shu muayyan raqib bilan muvaffaqiyatli kurash оlib bоrishiga imkоn bеradigan birgalikdagi harakatlari nima deyiladi?
A) O’yin taktikasi
B) O’yin texnikasi
C)individual taktika
D)Taktik usullar
79. Futbol o’yin taktikasining asosiy vazifasi nimadan iborat?
A) hujum va himоya harakatlarining maqsadga erishtira оladigan eng qulay vоsita, usul va shakllarini bеlgilashdan ibоratdir
B) Faqat gol urishdan iborat
C)to’pni raqiblardan оlib qo’ygandan kеyin uni shеriklariga vaqtida va aniq uzatib bеrish
D)raqib uchun kutilmaganda hujumga qo’shilish
80. Futbolda maydon o’yinchilarining ketma-ketligini ayting?
A) Darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi va hujumchi
B) Yarim himoyachi, himoyachi, darvozabon va hujumchi
C)Hujumchi,himoyachi,darvozabon va yarim himoyachi
D)Himoyachi, hujumchi, yarim himoyachi va darvozabon
81. Futbol darvozaboni o’yin taktikasini tasnifini ko’rsating?
A) Mudofaadagi harakatlar, hujumdagi harakatlar,sheriklar harakatini boshqarish
B) To’pni ilib olish,uzatish va qabul qilish
C)To’pni egallash, to’pni boshqarish va to’pni ilib olish
D)Mudofaadagi harakatlar, to’pni boshqarish va to’pni ilib olish
82. Futbol o’yinida muayyan taktik vazifani hal etayotgan ikki yoki bir nеcha o’yinchining harakatlari nima deyiladi?
A) Kombinatsiya
B) Guruhli taktika
C)Funksional taktika
D)Zonali hujum
83. Futbol o’yinida to’p ixtiyorida bo’lgan jamoaning raqib darvozasini zabt etish uchun qiladigan harakatlarini uyushtirish nima deyiladi?
A) hujum taktikasi
B) taktika
C)individual taktika
D)Himoya taktikasi
84. Futbol o’yinida “manyovr qilish” tushunchasini ta’rifini toping?
A) ochilib chiqishga va raqibni chalg’itishga qaratilgan ko’p marotaba joy almashtirish
B) to’p so’rash uchun ochilish
C)joy tanlash
D)himoyadan hujumga o’tishdagi harakatlar majmui
85. Futbol o’yini davomidagi kombinatsiyani turlarini ko’rsating?
A) standart holatlardagi va o’yin epizodi davomidagi kombinatsiyalar
B) jarima zarbalari va burchak to’plaridagi kombinatsiyalar
C)o’yin epizodi davomidagi kombinatsiyalar
D)faqat jarima zarbalari vaqtida kombinatsiyalar bo’ladi
86. Futbol o’yinida muayyan o’yin sharoitida paydo bo’lgan vazifalarni hal qilishda butun jamoa harakatlarini uyushtirish nima deyiladi?
A) jamoa taktikasi
B) guruh taktikasi
C)individual taktika
D)pozitsion hujum
87. Har bir o’yinchining alohida xususiyatlari asosida futbol maydonida to’g’ri joylashtirilgan holda jamoa bo’lib o’ynash harakatlarini uyushtirish nima deyiladi?
A) taktik tizim
B) 4-4-2 taktikasi
C)jamoa taktikasi
D)himoya taktikasi
88.Futbolchilarning taktik tayyorgarligini rivojlantirish uchun qanday mashg’ulotlar olib borilishi kerak?
A) Barchasi to’g’ri
B) Jismoniy tayyorgarlik
C)Nazariy mashg’ulotlar
D)Texnik tayyorgarlik
89. Futbol musobaqalarida o’yin qoidasiga rioya qilinishini kim ta'minlaydi?
A) Hakam
B) Murabbiy
C) federatsiya
D)zahira hakami
90. Futbol maydoni o’lchami?
A) bo’yi 90-120 m, eni 45-90 m
B) bo’yi 45-90 m, eni 90-120 m
C)bo’yi 80-110 m, eni 50-90 m
D)90-120 m
91. Futbol so’zining ma’nosi?
A) oyoq-to’p
B) qo’l – to’p
C)Savat-to’p
D)uchuvchi to’p
92. Qaysi yili futbol darvozaboniga ikkala qo’lda ham o’ynashga ruxsat qilindi?
A) 1902 yil
B) 1904 yil
C)1891 yil
D)1901 yil
93. Futbol bo’yicha jahon chempionatlarining to’p ishlab chiqaruvchi homiysi qaysi sport firmasi?
A)ADIDAS
B) REEBOK
C)JOMA
D)NIKE
94. Qaysi yili futbol bo’yicha jahon chempionati ilk marta 2 ta davlatda Janubiy Koreya va Yaponiyada bo’lib o’tgan?
A) 2002 y
B) 1998 y
C)2006 y
D)2010 y
95. Futbol bo’yicha eng ko’p jahon chempioni bo’lgan davlat?
A) Braziliya
B) Germaniya
C)Italiya
D)Ispaniya
96. 2018 yil Rossiyada bo’lib o’tgan futbol bo’yicha jahon chempionatida qanday to’plardan foydalanildi?
A) TELSTAR
B) BRAZUKA
C)JABULANI
D)FEDERALI
97. UEFA futbol konfederatsiyasi qachon tashkil topgan?
A) 1954 yil
B) 1955 y
C)1953 y
D)1956 y
98. CONMEBOL qaysi qit’aning futbol uyushmasi hisoblanadi?
A) Janubiy Amerika
B) Shimoliy Amerika va Karib dengizi hududidagi davlatlar
C)Okeaniya
D)Yevropa
99. CONCACAF qaysi qit’aning futbol uyushmasi hisoblanadi?
A) Shimoliy Amerika va Karib dengizi hududidagi davlatlar
B) Janubiy Amerika
C)Okeaniya
D)Osiyo
100. 1998 – 2015 yillarda FIFA (Xalqaro futbol uyushmasi) ni kim boshqargan?
A) Zepp Blatter
B) Jan Infantino
C)Joa Avelanj
D)Kristofer Roxler
Dostları ilə paylaş: |