«texnalogik jarayonlarni avtomatlashtirish fanidan»



Yüklə 111,24 Kb.
səhifə3/9
tarix16.12.2023
ölçüsü111,24 Kb.
#182311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
56-18 Shamsiddinov Donyor Texnologik jarayonlarda diskret chiqishli datchiklar va ularni ulanish sxemalari

KIRISH


Avtomatika fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya’ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug’ mashinalari kabi birinchi murakkab mashina – qurilmalarining paydo bo’lish davrida ishlatila boshlandi. Тexnika tarixida birinchi ma’lum bo’lgan avtomatik qurilma Polzunov bug’ mashinasi (1765 y.) hisoblanadi. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik dvigatellarning o’rniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan 1868 yilda ishlab chiqildi. Тexnikaning rivojlanishi va odamlarning og’ir qo’l mexnatidan bo’shashiga qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo’shimcha elementlarsiz mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. Bu esa o’z navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini isbotladi. Avtomatika - mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog’onasi hisoblanadi. Bunda odamlar nafaqat jismoniy mehnatdan, balki mashina, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan holis bo’ladilar. Avtomatika mexnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va aqliy mexnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko’plab jarayonlar uchun hizmat qiladi. Нozirgi davrda fan texnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki, mavjud texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishda yangi, har taraflama zamon talabiga javob beradigan texnik vositalar bilan ta’minlash zaruriyati tug’ildi. Хorijiy mamalakatlardan keltirilayotgan yangi texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish esa yuqori bilim va malaka talab etadi. Qishloq va suv xo’jaligini ishlab chiqarishda avtomatik boshqarish tizimlarini qo’llash yuqori samaradorlikka ega, chunki ko’p bosqichli ishlab chiqarish jarayonlarda iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun imkon boricha mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalanish talab qilinadi. Qishloq va suv xo’jaligini avtomatlashtirish asosan sanoatdagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdagi tajribalarga asoslanadi. Shu bilan birga qishloq va suv xo’jaligidagi texnologik jarayonlar, shu jumladan gidrotexnik inshootlari, nasos stansiyalari, suvni hisobga olish kabi sohalar o’zining shunday maxsus xususiyatlariga egaki, bu holda tanlangan texnik vositalar va elementlar ma’lum texnologik talablarga javob berishi kerak. Qishloq va suv xo’jaligida ish unumdorligini oshirishning asosiy yo’llaridan biri dexqonchilik jarayonlarini avtomatlashtirish hisoblanadi.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinib turibdiki, bo’lajak elektromexanik mutaxassislari oldida qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishida avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari hamda avtomatikaning texnik vositalarini qo’llash kabi o’ta dolzarb masalalar turibdi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi talabalarda avtomatik boshqarish va rostlash tizimlari va texnik vositalarni tahlil qilish hamda ularni qishloq va suv xo’jaligi sohalarida foydalanish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Avtomatikaning texnik vositalariga nazorat axborotlarini qabul qiluvchi, uzatuvchi, o’zgartiruvchi, saqlaguvchi, programmalashtirilgan axborot bilan solishtiruvchi, buyruq axborotini shakllantiruvchi hamda texnologik jarayonga ta’sir ko’rsatuvchi quyidagi uskunalar va texnik qurilmalar kiradi: datchiklar, relelar, kuchaytirgichlar, logik (mantiqiy) elementlar, rostlagichlar, stabilizatorlar, ijro mexanizmlari va boshqalar. Bunday texnik vositalar avtomatikada o’lchash o’zgartkichlari deb ham yuritiladi. Qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish jarayoni umuman olganda uch davrga bo’linadi. Birinchi davr - ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. Jarayonning ayrim parametrlari avtomatlashtirilgan agregat yaqinida o’rnatilgan yirik o’lchamli asboblarning ko’rsatishiga muvofiq ravishda rostlanadi. Bunda asboblarni mashina va uskunalar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko’rsatadigan yirik o’lchamli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o’lchash asbobi, rostlagich va topshirgich joylashtiriladi. Ikkinchi davr - ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtrish. Bunda rostlash alohida shchitga o’rnatilgan asboblar bo’yicha olib boriladi. Yirik o’lchamli asboblardan foydalanish bu shchitni bir necha metrga cho’zilib ketishiga olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi. Avtomatlashtirishning bu davrida shchitdagi asboblarni hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo’ladi. Bu masalani hal qilish uchun kichik o’lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.
Uchinchi davr - to’liq avtomatlashtirish davri. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, barcha jarayonlar yagona dispetcherlik punktiga markazlashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining ―Тa‘lim to‘g‘risida‖gi qonuni va ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilishning asosini yaratib berdi. Bu esa Oliy ta‘lim dargohlarida sifat jihatdan yangi raqobatbardosh milliy kadrlarni tayyorlashda negiz hisoblanadi. Ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda Oliy o‘quv yurtlarining ―Eektroenergetika‖, ―Avtomatlashtirish va boshqarish‖ va ―Qishloq xo‘jaligidagini еlektrlashtirish va аvtomatlashtirish‖ ta‘lim yo‘nalishlari uchun ―Avtomatikaning texnik vositalari‖ fani kiritilgan. Avtomatika - fan va texnikaning alohida sohasi bo‘lib, bu soha avtomatik boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish prinsiplari va bu tizimlarda qo‘llaniladigan texnik vositalar bilan shug‘ullanadi. Avtomatika so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zi xarakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya‘ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug‘ mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining paydo bo‘lish davrida ishlatila boshlandi. Тexnika tarixida birinchi ma‘lum bo‘lgan avtomatik qurilma Polzunov bug‘ mashinasi (1765 y.) hisoblanadi. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik dvigatellarning o‘rniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan 1868 yilda ishlab chiqildi. Тexnikaning rivojlanishi va odamlarning og‘ir qo‘l mexnatidan bo‘shashiga qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo‘shimcha elementlarsiz mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. Bu esa o‘z navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini isbotladi. Avtomatika - mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Bunda odamlar nafaqat jismoniy mehnatdan, balki mashina, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan holis bo‘ladilar. Avtomatika mexnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va aqliy mexnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko‘plab jarayonlar uchun hizmat qiladi. Bugungi kunda avtomatika alohida fan sifatida o‘z yo‘nalishlariga ega. Bu fan avtomatik boshqarish tizimlarining nazariyasi va uning tuzilish tamoillari bilan shug‘ullanadi. Нozirgi davrda fan texnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki, mavjud texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishda yangi, har taraflama zamon talabiga javob beradigan texnik vositalar bilan ta‘minlash zaruriyati tug‘ildi. Хorijiy mamalakatlardan keltirilayotgan yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish esa yuqori bilim va malaka talab etadi. Qishloq va suv xo‘jaligini ishlab chiqarishda avtomatik boshqarish tizimlarini qo‘llash yuqori samaradorlikka ega, chunki ko‘p bosqichli ishlab chiqarish jarayonlarda iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun imkon boricha mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalanish talab qilinadi. Qishloq va suv xo‘jaligini avtomatlashtirish asosan sanoatdagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdagi tajribalarga asoslanadi. Shu bilan birga qishloq va suv xo‘jaligidagi texnologik jarayonlar, shu jumladan gidrotexnik inshootlari, nasos stansiyalari, suvni hisobga olish kabi sohalar o‘zining shunday maxsus xususiyatlariga egaki, bu holda tanlangan texnik vositalar va elementlar ma‘lum texnologik talablarga javob berishi kerak.
Yangi sanoat ob’ektlarini qurish va mavjud korxonalarni qayta qurish loyiha asosida amalga oshiriladi. Loyiha texnikaviy xujjatlarning kompleksidan iborat bo’lib, bularga ob’ektni qurish yoki qayta qurish zaruriyatini prinsipial tarzda asoslovchi yozuvlar, nostandart uskunalarni tayyorlash uchun lozim bo’lgan, shuningdek, hamma turdagi qurilish-montaj va sozlash ishlarini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan hisoblashlar va chizmalar kiradi.
Qurilayotgan ob’ektning murakkabligiga qarab loyiha ma’lum qismlardan iborat bo’ladi. Loyihada texnika-iqtisodiy, texnologik, qurilish, santexnika, elektr, avtomatika kabi qismlar bo’lishi mumkin. Avtomatlashtirish loyihasining bir bo’limi bo’lgan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatik rostlash hamda boshqarish qismini shu sohaga ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki texnologik loyihalash institutining avtomatlashtirish bo’limi (guruxi) amalga oshiriladi. Bu loyiha texnologik jarayonlarning rasional ishlashini va uskunalar ishidagi xavfsizlikni ta’minlovchi nazorat o’lchov asboblarini, rostlagichlar, avtomatika va signalizasiya qurilmalarini, loyihalashtirilayotgan ob’ektda ishlatiladigan texnikaviy xujjatlarni o’z ichiga oladi.
Loyihalashni bajarishda loyihaning texnologik qismini tuzuvchi tashkilot va yoki buyurtmachi bergan topshiriq asos bo’lib xizmat qiladi. Ayrim vaqtlarda topshiriqni tuzishda avtomatlashtirish loyihasini bajaruvchi tashkilot ham jalb etiladi. Loyihalash topshiriqlariga quyidagilar kiradi: a) loyihalashtirilayotgan ob’ektning tarkibi, texnologik jarayonning qisqacha bayoni, qurilma va uskunalarning xarakteristikasi; b) atrof-muhitning xarakteristikasi ko’rsatilgan holda nazorat qilinadigan va rostlanadigan kattaliklarning natijasi; v) nazorat qilish va rostlashda ruxsat etilgan xatolar va asboblarning funksional belgilari.
Nazorat, avtomatik rostlash va boshqarish sistemalarini loyihalash maxsus ko’rsatmalariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash bosqichida boshqarishning texnologik ob’ektlari (BTO) mufassal tahlil qilinishi kerak. Bunda tahlil sistemasi bo’lishi, ishlab chiqarish jarayonini texnik jihozlash va texnologiya, xomashyo va tayyor mahsulot sifati, jarayonini boshqarishni tashkil etish nuqtai nazaridan tadqiq etishni ko’zda tutish lozim. Tahlil jarayonida aniq ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari o’rganiladi, jarayonni ifodalovchi kattaliklar aniqlanadi, ular orasidagi o’zaro bog’lanish topiladi.





Yüklə 111,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin