Texnalogiya darslarida texnika xavfsizligi qoidalari jizzax davlat pedagogika universiteti Amirova Munira annotatsiya



Yüklə 24,09 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü24,09 Kb.
#186493
  1   2
TEXNALOGIYA DARSLARIDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI


TEXNALOGIYA DARSLARIDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Amirova Munira
ANNOTATSIYA
Texnologiya darslarida mehnat ta’limining eski uslubidagi darslar har doim maktab o’quvchilari orasida, ayniqsa boshlang’ich sinfda eng sevimli 
darslardan biri bo’lgan va shunday bo’lib qoladi. 
Ammo texnologiya xonasida asosiy talablardan biri xavfsizlik qoidalariga rioya qilishdir. Bu bolalarning o’zlari uchun  ham, sinf xonasida tartibni saqlash uchun ham muhimdir. sinflarda texnologiya darslarida xavfsizlik qoidalari 
haqida gapiramiz. 
Kalit soʻzlar: umumiy talablar, texnik xavfsizligi, koʻrsatmalar, texnologik 
jarayonlar, ehtiyotkorlik, qurilma va vositalar. 
Texnologiya fanidan o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida unumli foydalanishni, turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlashni, duradgorlik, temirchilik asboblari haqidagi ma`lumotni, qog`ozdan turli buyumlar maketi: savat, xo`roz, qaldirg`och, kabutar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applikasiyadan foydalanib, naqsh tuzishni bilish; gilamdagi naqsh elementlarini, kulolchilik kasbi haqida ma`lumot, pape-mashedan kosa yasashni, oddiy xamir tayyorlashni, yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikishni, to`qish usullarini, kichik hajmda buyumlar to`qish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlashni, ipdan o`yinchoq yasashni, uchuvchi, suzuvchi, harakatlanuvchi modellar, plastilindan ertak qahramonlarini yasashni, oshxona jihozlari haqidagi ma`lumotni, plastilindan oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasashni bilish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasashni bilish; gullarni parvarish qilishni bilish.
Texnologiya fanidan o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak: mehnat ta`limi darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajara olish; turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlay olish. Qog`ozdan turli buyumlar yasashni va bezashni, qorbobo ustaxonasida archa bezaklarini yasashni, to`g`ri to`rtburchak ichida applekasiyadan foydalanib, naqsh tuzishni, gilamdagi naqsh elementlarni hosil qila olish; pape-mashe usulida kosa yasay olish; oddiy xamir tayyorlay olish; yumshoq o`yinchoq (3-4 qismdan iborat) tikish ko`nikmalarini egallash; to`qish usullaridan foydalanib, kichik hajmda buyumlar to`qiy olish, gazlama gullaridan applekasiya usulida guldasta tayyorlay olish; ipdan o`yinchoq yasay olish; plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasay olish; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasay olish; maktab yer uchastkasida ishlash va gullarni parvarish qilish ko`nikmalarini egallash.
Texnologiya fanidan o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`lishlari kerak: Texnologiya darslarida ish qurollaridan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy mashg`ulotlarni bajarish; turli bayramlarga applekasiya usulida tabriknoma tayyorlash; qog`ozlarni turli ko`rinishda murakkab shakllarda buklab o`yinchoqlar yasash; qog`ozdan qorbobo ustaxonasi uchun archa bezaklarini yasash, to`g`ri to`rtburchak ichida gilamdagi naqshlarni hosil qilish; yumshoq o`yinchoq tikish; kichik hajmda buyumlar to`qish, ipdan o`yinchoq yasash; plastilindan ertak qahramonlarini, oshxona jihozlarini, uy-ro`zg`or buyumlarini yasash; kuzgi gullarga qarab donlar, urug`lar, tabiiy material xomashyolardan gullar yasash. Yog`ochga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar yog`ochning xususiyatlari to`g`risida boshlang`ich bilimlarni egallashi, ularni rejalash, yo`nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo`l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika va ilg`or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to`g`risida bilim va amaliy ko`nikmalarni; dizayn talablari darajasidagi ro`zg`orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog`ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Metallga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar metallarning xususiyatlari to`g`risida boshlang`ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo`l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika, ilg`or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, mehnat qonunchiligi va xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to`g`risida bilim, amaliy ko`nikmalarga; ro`zg`orbob hamda xaridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; metallga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; metallarga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Elektrotexnika ishlari bo`limi: o`quvchilar elektr montaj ishlarida ish o`rnini tashkil qilish; elektr o`tkazish simlarining turlari; elektr o`tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog`ligiga ta`siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o`rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash bo`limi: o`quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari hamda kichik ta`mirlash; oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko`rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ish usullari; yurtimiz me`morchiligi tarixi, xona intereri va jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo`nalishlari; xonalar, fan bo`yicha o`quv kabinetlarida mebel va qo`shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta`minoti tizimi hamda undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari; ta`mirlashda qo`llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo`llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo`mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta`mirlash bilan bog`liq kasb-hunarlar bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
“Servis xizmati” yo`nalishi
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo`limi: o`quvchilar gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o`rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob-uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do`ppido`zlik, zardo`zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o`yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo`nalishlari asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Pazandachilik asoslari bo`limi: o`quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning inson hayotidagi o`rni, xususiyatlari, to`yimliligi, turlari, ovqatlanish me`yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo`llarini o`rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizlik texnikasi qoidalarini; uy-ro`zg`or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jamg`armasi, uni sarflash madaniyati, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to`g`risidagi ma`lumotlarga ega bo`ladilar.
Buyumlarni ta`mirlash bo`limi: Turli chokidan so`kilgan buyumlarni ta`mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste`moldan chiqqan buyum o`lchamiga qarab, bolalar kiyimining andozasini tayyorlash va tikish

Yüklə 24,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin