Xulosa
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, mutaxassislarning kasbiy sifatlari va shaxsiy salohiyatiga talablarning yuqoriligi, shaxs hayot faoliyatining turli sohalarida kasbiy psixologik fanlar ma’lumotlaridan keng qamrovli foydalanishni talab etmoqda. Hozirgi kunda ko‘pgina insonlar o‘z kasbiy faoliyatlarini hayotiy muvaffaqiyatga erishish uchun shaxsiy shakllanishning asosi deb tushunib, kasbiy psixologik qo‘llab-quvvatlanishga ehtiyojlari mavjudligini tan olmoqdalar. O‘z kasbining bilimdoni bo‘lish uchun nafaqat texnik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Bu esa har bir xodimdan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo‘lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli aks etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi.
Hozirgi kunda kasbiy psixologiya fani jadal rivojlanib kelmoqda vas hu bilan bir qatorda shaxsning kamolotga erishishi uchun juda katta hissasni qushmoqda deb bemalol ayta olaman.
Adabiyotlar.
1. B.R. Qodirov. Kasbiy tashxis metodikalar to’plami. - Toshkent, 2003.
2. E.G’.G’oziev, K.K.Mamedov. “Kasb psixologiyasi”. -Toshkent, 2003.
3. I.M. Kondakov. Diagnostika professionalnix ustanovok podrostkov.-Moskva,1997 .
4. A.F.Kudryashova. Luchshie psixologicheskie testi dlya profotbora i proforientatora. Moskva, 1992.
5.D. Abdullaeva, R.Yorqulov, N.Atabaeva. Oila psixologiyasi. Toshkent, «Noshir», 2005.
Dostları ilə paylaş: |