Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash


Ko’ylaklik shakldor gazlama



Yüklə 5,4 Mb.
səhifə10/22
tarix28.11.2023
ölçüsü5,4 Mb.
#169382
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Ko’ylaklik shakldor gazlama – ko’p rangli tugunli kalava iplardan hosil qilingan yirik katakli guldor gazlama. Tarkibida jundan tashqari nitron, kapron, viskoza tolalar bor. Tarkibida 60% jun va 40% lavsan bo’lgan 25 teks X 2 li kalava ipdan mayda gulli o’rilishda katak-katak yoki yo’l-yo’l gulli ko’ylaklik «Raduga» va yirik gulli o’rilishda bo’ylama naqshli «Liena» gazlamalari to’qiladi.
Shoyi gazlamalar assortimenti
Tolalarning tarkibi, tuzilishi va pardozlanishi jihatidan shoyi gazlamalar turli-tuman bo’ladi. Shoyi gazlamalar assortimentining 98% ini ximiyaviy tolalardan to’qilgan gazlamalar tashkil qiladi. Shoyi gazlama artikulining birinchi raqami gruppa nomerini, ya’ni tola tarkibini, artikulning ikkinchi raqami kichik gruppa nomerini, ya’ni gazlamaning tuzilishi va nimaga ishlatilishini ko’rsatadi. Barcha shoyi gazlamalar artikuli besh raqamdan iborat bo’ladi. Oxirgi ikkita gruppani shtapel gazlamalar tashkil qiladi.
Shoyi gazlamalar assortimenti tez-tez o’zgarib turadi. Ularning assortimenti elastik, hajmdor va profillangan sintetik iplar ishlatish o’rilish turlarini murakkablashtirish, shoyi gazlamalarni pardozlashning har xil usullari hisobiga kengayadi.
Chiroyli ko’ylaklik va ko’ylaklik-kostyumlik gazlamalar ishlab chiqarish uchun atsetat yoki triatsetat toladan olingan iplar va yarqiroq metall iplar qo’shilgan teksturalangan iplar, profillangan kapron qo’shib pishitilgan triatsetat ipakdan qilingan hajmdor iplar keng qo’llaniladi.
Astarlik gazlamalar assortimentidi viskoza, asetat, viskoza-asetat iplardan atlas o’rilishda, shuningdek, mayda gulli va har xil yirik gulli o’rilishlarda to’qilgan gazlamalar ishlab chiqarish kengaymoqda.
Ipakdan to’qilgan gazlamalar
Ipak gazlamalar ko’pincha yo’g’onligi 1,5-2,3 teksli ingichka xom ipakdan, pishitilgan tabiiy ipak va ba’zi gazlamalargina ipak kalava ipdan polotno o’rilishda to’qiladi.
Tabiiy shoyi gazlamalar asosan sidirg’a yoki gul bosilgan tarzda ishlab chiqariladi, nisbiy zichligi uncha katta bo’lmaydi; ayollar ko’ylaklari murakkab modelli bluzkalar tikish uchun ishlatiladi.
Preyskurant bo’yicha tabiiy shoyi gazlamalar gruppasi krep, glad, jakkard, tukli va maxsus kichik gruppalarga bo’linadi.

Yüklə 5,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin