Shaxsiy kompyuterlar portativ variantda ham ishlab chiqariladi, odatda «bloknot» (noutbuk) ko'rinishida ham bo'ladi.
DXQ- doimiy xotira qurilmasi. Ushbu xotira Shaxsiy kompyuter ishlab chiqarilayotgan davrda ma'lumotnoma ko'rinishidagi tez-tez ishlatib turiladigan axborotlar, ADPlari, ilovalar va axborotlar bilan to 'ldiriladi.
DXQ- doimiy xotira qurilmasi. Ushbu xotira Shaxsiy kompyuter ishlab chiqarilayotgan davrda ma'lumotnoma ko'rinishidagi tez-tez ishlatib turiladigan axborotlar, ADPlari, ilovalar va axborotlar bilan to 'ldiriladi.
TXQ - tashqi xotira qurilmasi, boshqacha nomi qattiq diskli xotira - vinchester deb ham ataladi. Uzoq vaqt saqlanadigan va kerakli vaqtlarda ishlatiladigan axborotlarning hammasi TXQ - vinchesterda saqlanadi.
Klaviatura - SHKga axborotlarni va buyruqlarni klavishalar orqali kiritish uchun xizmat qiladi.
Printer SHKdan chiqariladigan axborotlarni qog'ozga chop etib chiqarish uchun moʻljallangan.
Monitor displey ekrani bo'lib, unda SHKda bajarilayotgan ishlar, buyruqlar, axborotlar, ular bilan vizual tanishish va kerak bo'lsa, o'zgartirishlar kiritish uchun xizmat qiladi.
Boshqaruv, adreslar va ma'lumotlar shinalari magistral shinalar bo'lib, mikroprotsessor bilan ulamuvchi qurilmalarni ulash va mos axborotlarni qurilmalar va ravishda buyruq va axborotlarni avirboshlash uchun xizmat qiladi
3. .Ma'lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari
Ma'lumotlarni kiritish qurilmalari: Skaner- bu ma'lumotlarni qog'ozli hujjatdan bevosita SHKga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar; rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotlarni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko'chirish apparatiga o'xshab, qog'ozli HUJJATNING tasviri musxasini qog'ozda emas, balki elektron ko'rinishda yaratadi - tasvirning elektron nusxasi yaratiladi. Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash elektron tizimining muhim bo'g'ini va istalgan «elektron stol»ning kerakli elementidir. O'z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma'lumotlarni qog'ozli hujjatlardan SHKga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog'ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo'yish mumkin.
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo'yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo'ladi.
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o'qishi mumkin. Shtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, kul rang darajalarini uzatmaydi.