Tеxnik vositalar va ularning rivojlanib borish tеndеntsiyalari
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
101- Bank ishi va Audit
Mo’minov Muhammadjon
Reja:
1. Hisoblash texnikasining tarixiy evolyutsiyasi.
2. Shaxsiy komp’yutеrlarning tuzilishi. Texnik vositalar.
3. Kiritish va chiqarish qurilmalari. Ma'lumot tashuvchi vositalar.
4. Multimedia vositalari va ularning ahamiyati.
Hisoblash texnikasining tarixiy evolyutsiyasi.
Informatikaning vujudga kelish tarixiga nazar tashlasak, dastlab mexanik kompyuterlar yaratilgan.
1642 yilda Blez Paskal qo‘shish amalini mexanik ravishda amalga oshiruvchi qurilmani ixtiro qildi, 1673 yilda esa Gotfrid Vilgelm Leybnits to‘rt arifmetik amalni bajaruvchi mexanik qurilma arifmometrni konstruksiyasini yaratdi. XIX asrdan boshlab arifmometrlar juda keng masshtabda qo‘llanila boshlandi. Bu qurilmada o‘ta murakkab hisoblashlar ham amalga oshirilar edi, xattoki o‘sha vaqtda “hisoblovchi - inson” deb nom olgan maxsus kasb ham mavjud edi. Bu kasb egasi berilgan instruksiya asosida topshirilgan vazifani arifmometr yordamida aniq va tez amalga oshirar edi.
1833 yilga kelib ingliz matematigi Charlz Bebbidj insonning aralashuvisiz, mustaqil ravishda hisoblashni amalga oshiruvchi universal hisoblash qurilmasi - “analitik mashina”ning proyektini yaratdi. Lekin, Bebbidj bu ishini oxiriga yetkaza olmagan bo‘lsada, uning fikrlarini asos qilib olib, 1941 yilda nemis injeneri Kondrat Tsuze tomonidan analitik mashina yaratildi. 1943 yildan boshlab esa Amerikalik Djon Mochli va Prespera Ekerta rahbarliklari ostida dastlabki elektron lampali mashinalarning ixtirolari amalga oshirila boshlandi.

Keyinroq Mochli va Ekerta dasturni o‘z xotirasida saqlaydigan yangi mashinaning konstruksiyasi ustida ish olib bordilar va bu ishga mashhur matematik Jorj fon Neymanni ham hamkorlikka chaqirdilar.