Texnik vositalardan foydalangan holda biror mavzuga dars ishlanma tayyorlang reja



Yüklə 21,25 Kb.
səhifə1/3
tarix06.05.2023
ölçüsü21,25 Kb.
#108611
  1   2   3
Texnik vositalardan foydalangan holda biror mavzuga dars ishlanma tayyorlang


Texnik vositalardan foydalangan holda biror mavzuga dars ishlanma tayyorlang


REJA

  1. O’qitish qurollarining sinflanishi

  2. Informatsion audiovizual tizimlari

  3. Grafoproektorlar


1. O’qitish qurollarining sinflanishi
Ta‘lim jarayonida ishtirok etuvchi o‘qitish qurollarini ta‘lim vositalari, ta‘limning texnik vositalari, yordamchi qurilmalar tashkil etadi (1-jadval). 1-jadval
O‘qitish qurollarini sinflanishi
Ta‘lim vositalari
Ta‘lim vositalari turlicha bo‘lib, ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin (2jadval):

  • hajmli tabiiy ob‘ektlar-haqiqiy tog‘ jinslari, qazilma boylik namunalari, o‘simliklar, mashinalar, mashina detallari, materiallar;

  • ob‘ektlarning tasviri (ma‘lumki, hamma tabiiy ob‘ektlarni auditoriyada namoyish qilib bo‘lmaydi. Masalan, samolyot, teplovoz, katta hajmdagi dastgohlar, inshootlar. O‘qitish jarayonida ularning maketlari, modellari, rasmlari namoyish qilinadi. Texnologik jarayonlar, inshootlar, mashinalarning tuzilishi va ishlashi diafilmlar, kinofilmlar, videofilmlar orqali tushuntiriladi. Turli tovushlar, masalan, sozlangan dvigatel yoki sozlanmagan dvigateldan chiqadigan tovushlar magnitofonga yozib olinib, ularning farqi tinglovchilarga eshittiriladi. Shunday eshittirishlar bir necha marta takrorlangandan so‘ng ular tovushga qarab dvigatellarning qaeri ishdan chiqqanini aytib bera olishlari mumkin);

  • bosma vizual vositalari. Bular chop etilgan darsliklar, ma‘lumotnoma, lug‘atlar, metodik ko‘rsatma va metodik qo‘llanmalar. Ta’limning informatsion texnik vositalari

Ta‘lim vositalarining sinflanishi
Ta‘limning texnik vositalari ta‘lim vositalari mazmunini o‘quvchilarga etkazib beruvchi o‘qitish qurolidir.
Bu texnik vositalar ta‘lim vositalari bilan birgalikda ishlatiladi. Agar ta‘lim vositalari bo‘lmasa, ko‘p sonli ta‘lim texnik vositalaridan hech qanday naf bo‘lmaydi, aksincha, ta‘lim texnik vositalarisiz ular uchun mo‘ljallangan ta‘lim vositalarini ham ishlatib bo‘lmaydi.
Ta‘limning texnik vositalari - o‘quv informatsiyasi bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan ma‘lumotlarni etkazib beruvchi texnik vositalardir. Informatsion texnik vositalarga turli elektro-mexanik asboblar, o‘lchov asboblari, turli xil namoyish stendlari, shuningdek, magnitofonlar, diaproektorlar, grafoproektorlar, videoproektorlar, televizor va videomagnitofon apparatlarini kiritish mumkin.
Informatsion texnik vositalar informatsiyani lo‘nda, tushunarli, ortiqcha ikkinchi darajali informatsiyalarsiz o‘quvchilarga etkazib berishi hamda ko‘rish maydonining etarliligini, tasvirning yaxshi va aniq ko‘rinishini ta‘minlashi zarur.
Informatsion texnik vositalarning asosiy vazifasi, maqsadi - o‘quv materiallari mazmunini o‘quvchilarga tushunarli qilib etkazish. Ma‘lumki, o‘quv informatsiyasi, asosan, og‘zaki va ko‘rsatish orqali uzatiladi. SHu bois informatsion texnik vositalar ovoz beruvchi (audio), tasvir beruvchi (video) va ham tasvir ham ovoz beruvchi (audio-video) vositalarga bo‘lindi.
Ovoz beruvchi audio texnik vositalari, asosan, til o‘rganishda keng qo‘llanadi. Ular jumlasiga ovoz beruvchi va ovoz eshittiruvchi apparatlar - elektroproigrivatel, radio, magnitofonlar kiradi. Ovoz grammplastinkaga, magnitafon plyonkasiga, kinoplyonkaga yozib olinadi. Ovoz eshittirish elektromexanik, magnit, fotooptik usulda maxsus apparatlar yordamida amalga oshiriladi.
Tasviriy informatsiya beruvchi video texnik vositalari o‘quv materiallarini chuqurroq o‘rganishga, ko‘proq ma‘lumot berishga va idrok qilish vaqtini qisqartirishga yordam beradi. Tasvir beruvchi texnik vositalar, o‘z navbatida, statik (qo‘zg‘almas) va dinamik (harakatlanuvchi) vositalarga bo‘linadi. Ular jumlasiga diaproektorlar, grafoproektorlar, o‘quv televideniyasi kabilar kiradi.
Videomagnitofonlar va magnitofon bilan birgalikda ishlaydigan statik tasvir beruvchi texnik vositalar audio-video texnik vositalarini tashkil qiladi. (3-jadval).

Yüklə 21,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin