Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə56/64
tarix17.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#88371
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va modellashtirish

x3= xmin+0,38* (x2-xmin).
x3 nuqtada funksiya qiymati K (x3) hisoblanib, keyingi qidiruv intervali (x2-x3), aniqlanadi. Bu intervalda x4 nuqta topilib, funksiya R(x4) qiymati hisoblanadi va hokazo (R(x5), R(x6),...).
S-hisoblashdan so‘ng funksiya ekstremumini topishdagi absolyut xatolik quyidagi tenglamadan hisoblash mumkin:
=

Sq21 bo‘lganda,






38-rasm. «Oltin kesim» usuli.


Fibonachchi sonlaridan foydalanib, funksiya ekstremumini topish usuli.

Fibonachchi sonlari ketma-ketligi rekkurent ifoda orqali aniqlanadi:


Fn=Fn-1+Fn-2;
F0=F1=1 , deb qabul qilingan.
Bunda,
F2=F1+F2=1+1=2; F3=F2+F1=2+1=3 va hokazo.
Fibonachchi sonlari qatori quyidagi jadvalda berilgan:



S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

...

Fs

1

2

3

5

8

13

21

34

55

89

144

233

377

610

987

1597

...

Bu usul bilan ekstremumni qidirishda absolyut xatolik ,

=


Fs- Fibonachchi sonlari qatoridagi S-qiymati.
Ekstremumni qidirish tartibi:
1. Berilgan hisoblash aniqligi bo‘yicha yordamchi kattalik hisoblanadi.
N=
2. quyidagi shart bo‘yicha Fibonachchi soni Fs aniqlanadi.
Fs-1
3. Eng kichik qidirish qadami aniqlanadi.
Hmin=
4. Maqsad funksiyasining ( R ) qiymati quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadigan nuqtada hisoblanadi (39-rasm).
X2=xmin+hmin*Fs-3
5. Maqsad funksiyasining ( R ) qiymati quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadigan nuqtada hisoblanadi.


x2= x1+hmin*FS-3

6. Agar hisoblash qadami muvaffaqiyatli bo‘lsa, ya’ni, R(x2)1), unda maqsad funksiyasining (R) qiymati quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadigan nuqtada hisoblanadi.


x3= x2+hmin*FS-4

Agar, hisoblash qadami muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, ya’ni, R(x2)>R(x1), unda x3 quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:


x4= x1-hmin*FS-5

Bu hisoblash strategiyasi hamma Fibonachchi sonlari kamayib, ishlatilib bo‘lguncha davom ettiriladi.






O‘zgaruvchilarni ketma-ket o‘zgartirish usuli.
(Gauss-Zeydel usuli)
Bu usul relaksatsiya usuliga o‘xshaydi. Relaksatsiya usulida, qidirish funksiyaning eng tez o‘zgaruvchi o‘q yo‘nalishida amalga oshirilsa, bu usulda qidirish ihtiyoriy yo‘nalishda amalga oshiriladi. Shu yo‘nalishda parametr qiymatini o‘zgartirib borib, maqsad funksiyasining shu yo‘nalishdagi eng yaxshi qiymati (funksiya ekstemumi) topiladi. So‘ngra qidiruv keyingi o‘q yo‘nalishida davom ettiriladi. Bu yo‘nalishda funksiya ekstremumi topilib, qidiruv yana yangi yo‘nalishda davom ettiriladi va hokazo.
Har bir yo‘nalishda ekstremumni qidirish strategiyasi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, «oltin kesim» usuli, Fibonachchi sonlari usuli va hokazo.


Skanirlash usuli.
Bu usul bo‘yicha optimallik kriteriysining maqsad funksiyasi qiymatlarini qiymatlar o‘zgarishi mumkin bo‘lim oblastlarida, ketma-ket ko‘p nuqtalarda hisoblab chiqilib, ular ichida maqsad funksiyasining eng yaxshisini (optimumi) aniqlanadi.
Bir tomondan bu global optimumni hisoblab topish imkoniyatini bersa, ikkinchidan, bu hisoblashlar sonining juda ko‘payib ketishiga olib keladi.
Hisoblashlar sonini kamaytirish uchun, qidiruv qadamlar boshlanib, global optimum joylashgan oblast aniqlanadi (lokallaniladi), so‘ngra qidiruv kichik qadam bilan davom ettiriladi (40-rasm). Bu qidiruv strategiyasi hisoblashlar sonini qisqartishlarga olib keladi.

40-rasm.


Simpleks usuli.
Bu usul bo‘yicha, simpleks deb ataladigan ko‘p qirra cho‘qqilarida maqsad funksiya qiymatlari hisoblab chiqilib, optimallik kriteriysining eng tez o‘zgarishini ta’minlaydigan qidirish qadami yo‘nalishi aniqlanadi. Agar qidiruv 2 o‘lchamli koordinata tizimsida olib borilayotgan bo‘lsa, unda simpleks-uchburchak, 3-o‘lchamli koordinata tizimsida esa 4 qirrali piramida bo‘ladi.
Simpleks cho‘qqilarining hammasida maqsad funksiyasining qiymati hisoblaniladi va uning eng katta qiymatiga mos keladigan cho‘qqi aniqlanadi.
Shu cho‘qqidan (masalan, A cho‘qqi, 41-rasm), VS tomon o‘rtasidan (O nuqta orqali) o‘tuvchi AAqidirish qadami qo‘yiladi. Bunda AO=OA; Topilgan A nuqtada maqsad funksiyasi qiymati hisoblanib, V va S nuqtalardagi funksiya qiymatlari bilan solishtiriladi. Yana, maqsad funksiyasi eng katta qiymatga ega bo‘lgan cho‘qqidan (S) qidiruv qadami qo‘yiladi va hokazo (41 -rasm). Optimum yaqinida qidiruv «sikllanib» qolishi mumkin, bunda qidirish qadami kichraytirilib, optimumni qidirish davom ettiriladi. 41-rasm.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin