Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarining umumiy xarakteristikasi va tavsifi


TJABT larni boshqarish obyektlarini murakkabliligi bo‘yicha sinflarga ajratish



Yüklə 80,14 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü80,14 Kb.
#184578
1   2   3   4
azamat aka

TJABT larni boshqarish obyektlarini murakkabliligi bo‘yicha sinflarga ajratish

TJABT larning sinflar

TJABT laming asosiy tavsiflari

Asosiy funksional belgilar

Boshqarish obyektlarining tipaviy misollari

1

2

3

4

0

Dasturli avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi

Oldindan tuzilgan qat’iy dastur bilan boshqarish

Dastgohlar, qorishma tayyorlovchi va poligrafiya mashinalari, adyustaj uskunali, gidravlik presslar

1

Kichik hajmdagi nazorat qilinayotgan parametrlaiga ega boigan texnologik qurilmalaming ABT lari (20 ta gacha)

Raqamli oichash, ko'rsatish va parametrlarlarni bir konturli rostlash

Bug` qozonlarining o‘chog‘i, og‘irlik dozatorlari, yong‘inga qarshi avtomatik qurilmalar, texnologik agregatlardagi suv havzalari, elektr vositasida erituvchi va anod pechlari

2

Kichik hajmli nazorat va rostlash parametrlariga ega bo‘lgan texnologik qurilma va agregatlaming ABTlari (40 tagacha)

Raqamli o‘lchash, ko‘rsatish, yozish, mantiqiy amal va bir konturli rostlash

Texnologik qozonlar, pechlar, isitish quduqlari, domna pechlarining qoliplari, rektifikatsiya kolonkalari

3

Olrta qiymatdagi nazorat, rostlash va optimallashtirish parametrlariga ega bo‘lgan texnologik uskuna, agregat yoki jarayonlaming ABT lari (100 tagacha)

Raqamli o‘lchash, ko‘rsatish, yozish, mantiqiy amal, bir va ko‘p konturli parametrlami rostlash

Konvertorlar, bo‘limli pechlar, kimyoviy reaktorlar, neftni dastlabki ishlash qurilmalari, boyitish va aglomeratsiya fabrikalarining shixta tayyorlov komplekslari

4

Ko‘p qiymatdagi nazorat-rostlash va optimallashtirish parametrlariga ega bo‘lgan texnologik agregat yoki jarayonlaming ABT lari (800 tagacha)

Raqamli o‘lchash, ko‘rsatish, yozish, mantiqiy amal, bir va ko‘p konturli parametrlami rostlash va texnikaiqtisodiy ko‘rsatkichlami hisoblash

Energobloklar, prokat stanlari, domna pechlari, atom reaktorlari, etilen-benzol va pech kuli ishlab chiqarish, dasturli boshqariladigan stanoklar bo‘limi

5

Joyida boshqarish uchun hisoblashning texnikaviy vositalari, ishlatilmaydigan texnologik jarayon va agregat qurilmalari bo‘gan ishlab chiqarishning ABT lari

Raqamli o ‘lchash, ko‘rsatish, yozish, mantiqiy amal, bir va ko‘p konturli parametrlami rostlash va texnikiqtisodiy ko‘rsatkichlami hisoblash va bir bosqichni boshqarishda dispetcherlashtirish

Elektroliz sexlari, sulfat kislota ishlab chiqarish bo‘limlari, sun’iy tola ishlab chiqarish, aglomeratsiya va boyitish fabrikalari

6

Hisoblashning texnik vositalari ishlatiladigan texnologik jarayon va agregat qurilmalari bo‘lgan ishlab chiqarishlaming ABT lari

Raqamli o'lchash, ko‘rsatish, yozish, mantiqiy amal, bir va ko‘p konturli parametrlami rostlash va texnikiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash va ikki bosqichli boshqarishda dispetcherlashtirish

Konvertor pechlari, domna pechlari, sement zavodlari, sulfat kislota ishlab chiqarish bo‘limlari, boyitish kombinatlari, katta shaharlardagi ko‘cha harakati

Funksional-algoritmik belgilar bo‘yicha, TJABT ning sinflariga binoan, ko‘rilayotgan tizimlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: 1) mantiqiy dasturli boshqarish tizimlari; 2) optimal boshqarish tizimlari; 3) kompleks boshqarish tizimlari.


Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, TJABT yordamida texnologik jarayonlami avtomatik va avtomatlashtirilgan (odam ishtirokida) ravishda tashkil etish mumkin, uning ishlab chiqarishning ABT sidan prinsipial farqi ham shudir, odam bunda korxonaning iqtisodiy faoliyatini boshqarish zanjirida ishtirok etadi.
Texnologik jarayonlar darajasidagi boshqarish tizimlari real vaqt masshtabida, ya’ni texnologik jarayonlar bilan bir vaqtda ishlashi lozim. Bu holda boshqaruvchi hisoblash mashinasiga (BHM) axborotlar hajmi cheklangan massivlar shaklida emas, balki amalda cheksiz tasodifiy ketmaketliklar shaklida beriladi. Axborotlarni qayta ishlash esa cheklangan vaqt birligida bajariladi, ularning qiymati boshqarish vazifasi va obyektlarning dinamik xususiyatlariga bog‘liq. Bundan TJABT larni algoritmik ta’minlashda qo‘shimcha talablar vujudga keladi: ular o‘zlarini iqtisodiy jihatdan oqlashlari lozim, ya’ni birinchidan, axborotni qayta ishlashga ketgan vaqt b o‘yicha, ikkinchidan esa BHM ning xotirasidan foydalanish hajmi bo‘yicha, boshqacha qilib aytganda kelayotgan axborotni o ‘z vaqtida ,,ko‘rib chiqish“ kerak. Bu talablarga iterativ siklik hisoblash (staxostik approksimatsiya yo‘li bilan hisoblash, rekursiv regressiya yo‘li va shu kabilar) usuli javob beradi. Ulardan quyidagi masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin: 1) texnologik nazorat va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash vazifalarini o‘rganganda kerakli foydali signalni ajratib olish; 2) ko‘p o‘lchashli, raqamli boshqirishda; 3) identifikatsiyalash va adaptatsiyalashda; 4) optimallash va koordinatlashda.
Texnik darajasi va murakkabligining ortishiga qarab TJABT ni lokal, kompleks va integrallangan tizimlarga ajratish mumkin.

Yüklə 80,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin