Fanning mazmuni 2.1 Fanni o‘qitish maqsadi va vazifalari «Texnologik mashinalar va jihozlarni hisoblash asoslari» fanining maqsadi bakalavrlar olgan bilimlarini ishlab chiqarishda va texnikaviy muammolar hamda masalalarni yechishda keng qo‘llashdir. Buning uchun ishlab chiqarishda tadbiq etilgan mashina va apparatlarni hisoblash hamda konstrukstiyasiga o‘zgartirish kiritish va loyihalash bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozimdir. Talabalarning bu fanni chuqur o‘rganishlari, kelajakda turli xil zamonaviy mashina va apparatlarni konstrukstiyasini loyihalay oladigan, ularni ishlab chiqarishda ekspluatastiya va montaj qiladigan mutaxassis bo‘lib etishishlarida katta ahamiyat kasb etadi.
Fanning vazifasi – talabalarga oziq-ovqat sanoati mashina va agregatlarini hisoblash, loyihalash ishlarini tashkil etish va bajarishning muhandislik faoliyati asoslari va usullarini, hamda bu ishlarni bajarishda qo‘llanadigan loyihalash va boshqa mashina-mexanizmlarini, qobiqlarni, tagliklarni, qopqoqlarni hisoblash va loyihalashni o‘rgatishdan iborat.