Texnologik talim kafedrasi


Texnologiya fani darslarida interfaol usullardan foydalanish



Yüklə 39,87 Kb.
səhifə3/3
tarix24.03.2023
ölçüsü39,87 Kb.
#89540
1   2   3
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

2.2. Texnologiya fani darslarida interfaol usullardan foydalanish

Bugungi kunda ta‟lim jarayonida o„quvchilarni bilim olishga qiziqtirish jiddiy muammoga aylanib borayotganligi hech kimga sir emas. Texnologiya fani mashg‟ulotlarida xam o„quvchilarni darsga qiziqtirish va kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida interfaol metodlardan atroflicha foydalaniladi. Quyida bir necha xillarini misol tariqasida keltiramiz. Venn Diagrammasi. Gazlamashunoslik bo`limida tabiiy va kimyoviy gazlamalarning bir-biriga o`xshaydigan va o`xshamaydigan xususiyatlarini taqqoslovchi vosita. Buning uchun ikki yoki undan ortiq doira quriladi.Doiralarning ikki tomoniga gazlamalarning nomlari yoziladi. Kesishuvchi doiralarga mos ravishda o`xshaydigan yoki o`xshamaydigan xossalari, qanday kiyim va boshqa uy-ro`zg`or buyumlari tikilishi mumkinligi yoziladi.



1) “TANISHUV” texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi: o'quv jamoasi ishtirokchilarini bir-birlari bilan tanishtirish, samimiy do'stona munosabat va ijodiy muhitni yuzaga keltirish; talabalarning ijodiy imkoniyati va shaxsiy sifatlarini ochish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: Mashg'ulot boshida o'qituvchi o'quv jarayoni qatnashchilarini kichik guruhlarga ajratadi. Har bir kichik guruhga yilning bir faslida tug'ilgan talabalarni kiritish mumkin. O'qituvchi guruhlarni joylariga o'tkazib, ularga quyidagi topshiriqni beradi: - o'z tug'ilgan faslingizga xarakteristika bering (badiiy - musiqiy, sahnali, hazilmutoyibali va hokazo ko'rinishda); - yilning shu faslida tug'ilganlarning umumiy xarakteri bilan hamda guruh qatnashchilarining umumiy o'xshashliklari va o'ziga xos tomonlari bilan tanishtirish; - talabalarning bu fasldagi faoliyatini so'zlab berish; - boshqa fasldagi guruh katnashchilariga bag'ishlangan fikr yoki bag'ishlov yaratish va ijodiy tilaklar bildirish. Oxirida o'qituvchi quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: - guruh qatnashchilari bir-birlari haqida nimalarni bilib olishdi; - auditoriyada bir-birlariga ko'nikish holati qanday o'zgardi; - qanday savollar va muammolar hal qilindi; - qatnashchilar dars davomida qanday sifatlarni ko'rsata oldilar; - har bir kishi o'zi uchun qanday xulosa chiqardi; - demak biz, qandaymiz? 2) “Tanishuv” texnologiyasi O'qituvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratgach, har bir guruhga «Keling, tanishaylik!» mavzusi yozilgan quyidagi mazmundagi taxminiy materialni tarqatadi: Keling, tanishaylik! - Sizlar Kim va nima uchun bu yerga to'plangansizlar? - Sizlarni nima birlashtiradi? - Siz uchun eng qimmatli narsa nima? - Ishlashingizga nima yordam beradi? - Kimlarga g'amxo'rlik qilasizlar? - Kimlar bilan hamkorlik qilasizlar? - Nimalarni o'zingiz, nimalarni esa birgalikda hal etasizlar? - Sizning eng kuchli va kuchsiz tomonlaringiz nima? Guruh a'zolari birgalikda tarqatma materialdagi savollarga javob berishga tayyorgarlik ko'radilar, tayyorlanish jarayonida ular bir-birlari bilan tanishib oladilar. 3) “TUSHUNCHALAR TAHLILI” uslubi Uslubning mohiyati. Ushbu uslub o'tilgan o'quv predmeti yoki bo'lim barcha mavzularini talabalar tomonidan yodga olish, bironbir mavzu bo'yicha o'qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o'z 10 izohlarini berish, shu orqali o'z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o'qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha talabalarni baholay olishga yo'naltirilgan. Uslubning maqsadi. Talabalarni mashg'ulotda o'tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo'yicha tayanch tushunchalarni o'zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o'z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o'zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek o'z bilimlarini bir tizimga solishga o'rgatish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: - talabalarni guruhlarga ajratiladi; - talabalar mashg'ulotni o'tkazishga qo'yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi; - tarqatma materiallar guruh a'zolariga tarqatiladi. - talabalar yakka tartibda o'tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo'yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar; - talabalar tarqatma materialda mavzu bo'yicha berilgan tushunchalar yoniga egallagan (yoki o'zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday tushungan bo'lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda); - o'qituvchi tarqatma materialda mavzu bo'yicha berilgan tushunchalarni o'qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to'g'ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo'lsa) tanishtiriladi; - har bir talaba (yoki o'quvchi) to'g'ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarni aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo'ladilar, o'z-o'zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar. 4) “ZINAMA-ZINA” texnologiyasi Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg'ulot talabalarni o'tilgan yoki o'tilishi kerak bo'lgan mavzu bo'yicha yakka va kichik jamoa bo'lib fikrlash hamda xotirlash, o'zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to'plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko'rinishida ifodalay olishga o'rgatadi. Bu texnologiya talabalar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o'tkaziladi va taqdimot qilinadi. Texnologiyaning maqsadi. Talabalarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo'lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o'z fikri bilan ta'sir eta olishga, uni ma'qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo'llay olishga o'rgatish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: - o'qituvchi talabalarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta 11 bo'lgani ma'kul); - talabalar mashg'ulotning maqsadi va uning o'tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog'ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo'lgan varaqlar tarqatiladi; - o'qituvchi guruh a'zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog'ozdagi bo'sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; - guruh a'zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yoki chizma) ko'rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a'zolari kichik mavzu bo'yicha imkon boricha to'laroq ma'lumot berishlari kerak bo'ladi. - tarqatma materiallar to'ldirilgach, guruh azolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, auditoriya (sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi; - o'qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg'ulotni yakunlaydi. 5) “CHARXPALAK” texnologiyasi Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talabalarni o'tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to'g'ri javob berishga va o'z-o'zini baholashga o'rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o'qituvchi tomonidan barcha talabalarning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan. Texnologiyaning maqsadi: talabalarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o'z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o'zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan karashga, ko'p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o'rgatish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: - talabalarni (sharoitga qarab) guruhlarga ajratish; - talaba (yoki o'quvchi)ni mashg'ulotni o'tkazishga qo'yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish; - tarqatma materiallarni guruh a'zolariga tarqatish. - guruh a'zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifalar bajariladi; - har bir guruh a'zosi o'zi ishlagan tarqatma materialining o'ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o'zining biron-bir belgisini chizib qo'yadi; - vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga «charxpalak aylanmasi» yo'nalishida almashtiriladi; - yangi guruh a'zolari tomonidan berilgan materiallar o'rganiladi va o'zgartirishlar kiritiladi; - jamoalar tomonidan o'rganilgan va o'zgartirishlar kiritilgan materiallar yana yuqorida eslatilgan yo'nalish bo'yicha guruhlararo almashtiriladi (ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi); - materiallarni oxirgi almashishdan so'ng 12 har bir guruh va har bir guruh a'zosi o'zlari ilk bor to'ldirgan materiallarini (guruh raqami va o'zlari qo'ygan belgilari asosida) tanlab oladilar; - har bir guruh a'zosining o'zlari belgilagan javoblariga boshqa guruh a'zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar; - o'kituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarini o'qiydi va jamoa bilan birgalikda to'g'ri javoblarni belgilaydi; - har bir talaba (yoki o'quvchi) to'g'ri javob bilan belgilangan javoblar farqlarini aniqlaydilar, kerakli ballni to'playdilar va o'z-o'zini baholaydilar. - talabalar o'z baholari yoki ballarini belgilab olishgach, o'kituvchi vazifa bajarilgan qog'ozlarni yig'ib oladi va baho (ballar)ni guruh jurnaliga ko'chirib qo'yadi. 6) “BUMERANG” texnologiyasi (1-variant) Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so'zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotga ega bo'lish hamda dars mobaynida o'qituvchi tomonidan barcha talabalarni baholay olishga qaratilgan. Texnologiyaning maqsadi. O'quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni talabalar tomonidan yakka va guruh holatida o'zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o'zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash. O'quv jarayoni mobaynida har bir talaba (yoki o'quvchi) tomonidan o'z baho (yoki ball)larini egallashga imkoniyat yaratish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o'tkaziladi: - talabalar kichik guruhlarga ajratiladi; - talabalar dars (mashg'ulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi; - talabalarga mustaqil o'rganish uchun mavzu bo'yicha matnlar tarqatiladi; - berilgan matnlar talabalar tomonidan yakka tartibda mustaqil o'rganiladi; - har bir guruh a'zolaridan yangi guruh tashkil etiladi; - yangi guruh a'zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o'rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya'ni bir-birlariga so'zlab beradilar, matnni o'zlashtirib olishlariga erishadilar; - berilgan ma'lumotlarni o'zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o'tkaziladi, ya'ni guruh a'zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar; - yangi guruh a'zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; - darsning qolgan jarayonida talabalar bilimlarini baholash yoki to'plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda «guruh hisobchisi» tayinlanadi; - talabalar tomonidan barcha matnlar qay darajada o'zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o'qituvchi (yoki 13 opponent guruh) talabalarga savollar bilan murojaat etadilar, og'zaki so'rov o'tkazadilar; - savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni to'plagan umumiy ballari aniqlanadi; - har bir guruh a'zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog'lagan holda bittadan savol tuziladi; - guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh hisobchilari» berilgan javoblar bo'yicha ballarni hisoblab boradilar); - guruh a'zolari tomonidan to'plangan umumiy ballar yig'indisi aniqlanadi; - guruhlar to'plagan umumiy ballar guruh a'zolari o'rtasida teng taqsimlanadi. 7) “BUMERANG” texnologiyasi Mazkur texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo'lgan mavzularni o'rganishga mo'ljallangan bo'lib, og'zaki va yozma ish shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Texnologiya mashg'ulot mobaynida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarish, navbat bilan talaba (yoki o'quvchi) yoki o'qituvchi rolida bo'lish va mos ballarni to'plash imkoniyatini beradi. «Bumerang» texnologiyasi talabalarga tanqidiy fikrlash, ularda mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi, shuningdek ularning xotirasini, g'oyalarini, fikrlarini, dalillarini yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Mazkur uslub talabalarga ta'lim bilan bir qatorda tarbiyaviy xarakterdagi: - jamoa bilan ishlash mahorati; - muomalalilik; - xushfe'llik; - ko'nikuvchanlik; - o'zgalar fikrini hurmat qilish; - faollik; - ishga ijodiy yondashish; - o'z faoliyagining samarali bo'lishiga qizikish; - o'zini baholash kabi qator sifatlarini ham shakllantirish imkoniyatini beradi. 8) «3x4» texnologiyasi Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg'ulot talabalarni aniq bir muammoni (yoki biror mavzuni) yakka holda (yoki kichik jamoa bo'lib) fikrlab hal etish, yechimini topish, ko'p fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni umumlashtirish va ular asosida qo'yilgan muammo (yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek, o'z fikrlarini ma'qullay olishga o'rgatadi. Bu texnologiya talabalar bilan avval yakka holda, so'ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o'tkaziladi. Texnologiyaning maqsadi: talabalarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga; jamoa bo'lib ishlashga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha xosil qilishga; jamoaga o'z fikrini o'tkazishga, uni ma'qullashga; qo'yilgan muammoni 14 yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o'tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo'llay olishga o'rgatish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: - o'qituvchi talabalarning umumiy soniga qarab, 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi; - o'qituvchi talabalarni mashg'ulotning maqsadi va o'tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog'ozning yuqori qismida yozuvi bo'lgan varaqlarni tarqatadi; - o'qituvchi kichik guruh a'zolarini tarqatma materialda yozilgan asosiy fikrni faqat uchta fikr, ya'ni uchta so'z yoki so'zlar birikmasi, yoki uchta gap bilan davom ettirishlari mumkinligini uqtiradi va buni amalga oshirish uchun aniq vaqt belgilaydi; - guruh a'zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan fikrni yozib davom ettiradilar; - vazifa bajarilgach, guruh a'zolari o'rinlaridan turib soat mili yo'nalishi bo'yicha joylarini o'zgartiradilar; - yangi joyga kelgan guruh a'zolari shu yerda qoldirilgan tarqatma materialdagi fikrlar bilan tanishib, unga yana yangi uchtadan o'z fikrlarini yozib qo'yadilar; - guruh a'zolari yana yuqoridagi kabi joylarini o'zgartiradilar, shu tariqa kichik guruhlar o'z joylariga qaytib kelgunlariga qadar joylarini almashtirib, tarqatma materiallarga o'z fikrlarini qo'shib boradilar; - o'z joylariga qaytib kelgan kichik guruhlar tarqatma materialda to'plangan barcha fikrlarni diqqat bilan o'qib, ularni umumlashtirgan holda bitta yaxlit ta'rif yoki qoida holatiga keltiradilar; - har bir kichik guruhning mualliflik ta'riflari yoki qoidalarini guruh a'zolaridan biri taqdimot qiladi; - o'qituvchi kichik guruhlar tomonidan berilgan ta'riflar yoki qoidalarga izoh berib, ularni baholaydi, so'ngra mashg'ulotni yakunlaydi. 9) “REZYUME” texnologiyasi Texnologiyaning tavsifi. Bu texnologiya murakkab, ko'p tarmoqli, mumkin qadar muammoli mavzularni o'rganishga qaratilgan. Texnologiyaning moxiyati shundan iboratki, bunda bir yo'la mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri aloxida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Texnologiyaning maqsadi: talabalarni erkin, mustaqil, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo'lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab takdoslash uslubi yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o'quv muammosini yechimini topishga hamda kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga o'z fikri bilan ta'sir etishga, uni ma'kullashga, shuningdek, berilgan muammoni yechishda, mavzuga umumiy tushuncha berishda o'tilgan 15 mavzulardan egallagan bilimlarini qo'llay olishga o'rgatish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: o'qituvchi talabalarning soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi; o'qituvchi talabalarni mashg'ulotning maqsadi va o'tkazilish tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qog'ozning yuqori qismida yozuvi bo'lgan, ya'ni asosiy muammo, undan ajratilgan o'quv muammolari va ularni yechish yo'llari belgilangan, xulosa yozma bayon qilinadigan varaqlarini tarqatadi; har bir guruh a'zolari ularga tushgan varaqlardagi muammolarning afzalligi va kamchiliklarini aniqlab, o'z fikrlarini flomaster yordamida yozma bayon etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu muammoni yechimini topib, eng maqbul variant sifatida umumiy xulosa chiqaradilar; kichik guruh a'zolaridan biri tayyorlangan materialni jamoa nomidan taqdimot etadi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlari o'qib eshittiriladi, lekin xulosa qismi bilan tanishtirilmaydi; o'qituvchi boshqa kichik guruhlardan taqdimot etgan guruhning xulosasini so'rab, ular fikrini aniqlaydi, guruhlar fikridan so'ng taqdimot guruhi o'z xulosasi bilan tanishtiradi; o'qituvchi guruhlar tomonidan berilgan fikrlarga yoki xulosalarga izoh berib, ularni baholaydi, so'ngra mashg'ulotni yakunlaydi. 10) “MUAMMO” texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi: talabalarga o'quv predmetining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning yechimini to'g'ri topishlariga o'rgatish, ularda muammoning mohiyatini aniqlash bo'yicha malakalarni shakllantirish, muammoni yechiishing ba'zi usullari bilan tanishtirish va muammoni yechishda mos uslublarni to'g'ri tanlashga o'rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni yechishdagi xatti-harakatlarni to'g'ri aniqlashga o'rgatish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: O'qituvchi talabalarni guruhlarga ajratib, ularni mos o'rinlariga joylashtirgandan so'ng, mashg'ulotni o'tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya'ni u mashg'ulotni bosqichli bo'lishini va har bir bosqich talabalardan maksimum diqqat-e'tibor talab qilishini, mashg'ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bo'lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat talabalarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo'lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish uyg'otadi. Mashg'ulotni o'tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach, mashg'ulot boshlanadi: talabalar tomonidan mashg'ulot uchun tayyorlangan kinolavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish, xotirada saqlab qolish yoki daftarlariga 16 belgilab qo'yish (agar kinofilm ko'rsatishning imkoniyati bo'lmasa, u holda o'qituvchi o'quv predmetining mavzusi bo'yicha plakat, rasm, afisha yoki biror muammo bayon qilingan matn, kitobdagi o'quv materialidan foydalanishi mumkin); har bir guruh a'zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki A-3 formatdagi qog'ozga flomaster bilan yozib chiqadi; berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlangan ishni guruh vakili tomonidan o'qib eshittiriladi; o'qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog'ozlarni almashtirgan holda guruhlarga tarqatiladi; tarqatilgan qog'ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh a'zosi o'zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi; o'qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a'zosi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi. Masalan: Muammoning turi Muammoni kelib chikish Muammoni yechish yo'llari sabablari va Sizning harakatlaringiz Toza ichimlik suvining kamligi Suvni toza saqlashga e'tiborning kamligi Tabiat va suvni saqlashga oid tadbirlar o'tkazish - yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so'ng har bir talaba (yoki o'quvchi) bajargan tahliliy ishini barchaga o'qib eshittiradi; - muammolar va ularning yechimi bo'yicha jamoaviy fikr almashiladi; - himoyadan so'ng o'qituvchi mashg'ulotga yakun yasaydi. Kichik guruhlarga qiziqarli ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi. 11) “LABIRINT” texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi: talabalarning o'quv va hayotiy faoliyatlarida uchraydigan turli xolat va vaziyatlardan o'z obro'larini saqlagan holda chiqish, vaziyatni to'g'ri baholash va tezlik bilan kerakli yechimini topish ko'nikmalarini shakllantirish, shu boradagi malakalarini oshirishga ko'maklashish, ularning fikrlash qobiliyati va nutqiy faoliyatini o'stirish hamda muloqot qilish madaniyatini shakllantirish. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: o'qituvchi mashg'ulot boshlanishi oldidan talabalar uchun stullardan doira shaklida joy tayyorlaydi (doira shaklidagi joyning o'rtasiga savat (yoki tuvak)dagi guldastani qo'yish maqsadga muvofiq. Joyni bunday jihozlanishi mashg'ulotni qiziqarli va jonli o'tishiga yordam beradi. Imkon bo'lsa, bunday mashg'ulotni ochiq havoda, ya'ni tabiat qo'ynida o'tkazilsa, u holda talabalar yashil maysalar ustida doira shaklida bemalol joylashib olsalar ham bo'ladi. O'qituvchi mashg'ulot boshlanishi bilan talabalarni shu davradan joy egallashlarini 17 so'raydi. So'ngra talabalarning faoliyati rang-barang va hamisha har turli qiziq voqealar, hodisalar, vaziyatlarga boy ekanligi haqidagi qisqacha suhbat bilan mashg'ulotni boshlaydi. Misol tariqasida o'qituvchi, talabalar faoliyatida uchragan yoki uchraydigan vaziyatlardan biri to'g'risida gapirib beradi va shu vaziyatdan chiqish yo'lini so'raydi (yoki o'qituvchi vaziyatni aytib, uning uchta yechimini ham aytadi va talabalardan uchta to'g'ri variantdan bittasini tanlashlarini va nima uchun shu variantni tanlaganliklarini tushuntirib berishlarini so'raydi. Shundan so'ng o'qituvchi talabalarni xohishlariga ko'ra, uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi va ularga har bir kichik guruh a'zolari o'z ish tajribalaridan kelib chiqkan holda, o'quv va tarbiyaviy jarayonlarda o'qituvchi va talabalar faoliyatida uchraydigan yoki uchragan biron-bir muammoli vaziyatlarni eslashlari, ulardan eng qiziqarli, eng muammolisini tanlab, ularning yechimini (vaziyat, muammoning yechimi uch variantdan test yoki aniq bir javobdan iborat bo'lishi mumkin) ham topib qo'yish topshirigini beradi. 12) “BLIS-SO'ROV” usuli Usulnint tavsifi. Ushbu usul talabalarni harakatlar ketmaketligini to'g'ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan predmeti asosida xilma-xil fikrlar, ma'lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan bir katorda, o'zgalar fikrini hurmat qilish va ularga o'z fikrini o'tkaza olish hamda uz faoliyati, kunini rejalashtira olishni o'rgatishga qaratilgan. Usulning maqsadi: ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan qog'ozlarda ko'rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o'z fikrini boshqalarga o'tkaza olish yoki o'z fikrida kolish, boshqalar bilan hamfikr bo'la olish kabi ko'nikmalarni shakllantirish.
Yüklə 39,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin