Texnologiya darslarida interfaol metodlar



Yüklə 14,59 Kb.
tarix01.03.2023
ölçüsü14,59 Kb.
#86081
Texnologiya darslarida interfaol metodlar


TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLAR”
Abdujabborova Nargiza Ikromovna
Andijon viloyati Ulug’nor tumani
4 - maktab texnologiya fani o’qituvchisi.
Annotatsiya: ushbu maqolada texnologiya darslarida interfaol metodlar, texnologiya darslarida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar: metod, kubik usuli, o’z o’rningni top.
Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati “Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir, agar kelajakni qo’ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo’lda mustahkam degan edi fransuz yozuvchisi Anri Barbyus. Darhaqiqat, kelajagimiz davomchilari bo’lmish yosh avlodni har tomonlama mukammal etib tarbiyalash, ularga bilim berish, xaqiqiy fidoyilik va mustahkam iroda talab etadi. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Ta’lim nazariyasida o’qitish (ta’lim) metodlari markaziy o’rin egallaydi. “Metod” yunoncha metodos so’z bo’lib, «yo’l», tatbiq qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir. O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik usullarni tanlashi – bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pedagogik metodlar o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatning xususiyatini belgilaydi, ta’limning maqsadi va mazmuniga bog’liq bo’ladi.
«KUBIK” USULI.
Bu usul ham o’quvchilarni faollashtirishda, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlashlari uchun zarurdir. Buning uchun tomonlari 20 santimetrdan kata bo’lmagan kubik yasaladi. Uning 6 ta tomoniga mavzuga oid 6 xil ko’rsatma yozib qo’yiladi. Bu ko’rsatmalar xar bir tomonning yoritilishini, o’quvchilar ana shumuammoni 6 xil ko’rinishini muhokama qilishini ta`minlaydi. “Kubik» usulini guruhlarda yoki individual holda qo’llash mumkin. Asosiysi kubikning 6 ta tomonidagi topshiriqlarni og’zaki yoki yozma tarzda ifodalanadi. Buning uchun ma`lum vaqt beriladi.
“O’Z O’RNINGNI TOP”.
Agar sinfda u yoki bu mavzu bo’yicha tortishuvlar vujudga kelsa bu metod yordamida muammoning echimini topish mumkin. Undan ko’pincha darsning kirish qismida foydalanishadi va o’tilayotgan mavzuni o’rganishga turli xil yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchidan, o’quvchilarga o’z fikrini bayon qilishga, muloqot ko’nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo’ladi. Uchinchidan, dars so’ngida o’qituvchi tomonidan mavzuni o’zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
1.Sinfning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osildi. Ularning biriga “roziman”, boshqasiga “rozi emasman” degan so’zlar yozilishi kerak. Plakatlarda ba`zi bir mavzuga oid savollar bo’yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilish mumkin. Masalan: “kashtada jonli gullar so’zlaydi”, yoki “Gullar jonli kashtada”. 





2. Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi.
3. Qaralayotgan muammo yuzasidan o’z fikrlariga mos keladigan plakat yoniga borish zarurligi o’quvchilarga taklif etildi.
4. Bo’lingan o’quvchilardan o’z qarshilarini asoslash so’raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o’tish ruhsat etiladi va shu tariqa sinf o’quvchilarining hammasi jalb etildi.
5. Muammo bo’yicha fikrlar bildirilgach, o’quvchilar ichida munozara davomida o’z nuqtai nazarini o’zgartirganlar va boshqa guruhga o’tuvchilar bo’lishi mumkin. Bunday hollarda ular o’z o’rnini o’zgartirish sabablarini asoslashi kerak bo’ladi.
6. Ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan o’quvchilarni aniqlash so’raladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Modulli o‗qitish texnologiyalari. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2007

  2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta‘limda innovatsion
    texnologiyalar / Amaliy tavsiyalar. – T.: ―Iste‘dod‖ jamg’armasi, 2008.




Yüklə 14,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin