Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

AMALIY MASHG‘ULOT.
 Polimerdan gul yasash va ramkani bezatish.
tayyor holatga keltirilgan gul shakllari oldindan tayyorlanib qo‘yilgan 
ramkaga tartib bilan joylashtiriladi. ramka chetlari har bir o‘quvchining qo-
biliyati va xohishiga ko‘ra bezatiladi (39–40-rasmlar). 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. 
Polimer loyi haqida gapirib bering.
2. polimer loyini tayyorlash ish ketma-ketligini tushuntiring.
3. polimer loyidan qanday buyumlar tayyorlanadi?
40-rasm

Ramkaga polimer 
loyidan bezak 
berish namunalari.
39-rasm

polimer loyidan gul yasash tartibi 
va namunalari:
a – yirik bargli gul namu-
nalari; b – mayda bargli gul namunalari.
a)
b)


56
Polimerlardan ro‘zg‘orda, turmushda, maktabda foydalaniladigan
buyumlar tayyorlash. Mevalar uchun taxtakach tayyorlash 
Uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlashda turli xil materiallardan foyda-
laniladi. Oshxona jihozlarini tayyorlashda metall, yog‘och, plastmassalar
-
dan ko‘p foydalaniladi. Yog‘ochdan, asosan, oshxona jihozlari, metalldan 
idish-tovoqlar, plastmassadan lagan, tog‘oralar yasaladi. Plastmassadan 
sabzavotlarni to‘g‘rash uchun turli xil ko‘rinish va shakllarda taxtakach 
tayyorlanadi. Plastmassa mahsulotlari bugungi kunda sanoatda ko‘p ishlab 
chiqarilmoqda. Xalq hunarmandchiligi asosida ish usullarini o‘rganishda 
nafaqat yog‘och namunalaridan, balki plastmassa va boshqa mahsulotlar
-
dan foydalangan holda buyum yasash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki 
plastmassa mahsulotlariga bugungi kunda talabning ortganligi hamda unga 
ishlov berish osonligini e’tiborga olish lozim. quyida sabzavot va mevalar-
ni to‘g‘rash uchun mo‘ljallangan plastmassa taglikning texnologik xaritasi 
berilgan. Texnologik xaritada ish ketma-ketligi, ish eskizi chizmasi, kerakli 
asbob va moslamalar ko‘rsatilgan. texnologik xarita asosida taxtakachni 
tayyorlab ko‘ring.

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin