Texnologiya va



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/69
tarix20.11.2023
ölçüsü4,26 Mb.
#162536
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69
Texnologiya va dizayn.Qurbonov B. Kurbanova G. (1)

M uhokama uchun savollar
1. Y og'ochga o'yib ishlov beruvchi asboblarga nimalar kiradi?
2. Iskanalar necha turli bo'ladi?
3. Qaysi holatlarda stameskalardan foydalaniladi?
2.4. Y og‘och materiallariga ishlov beradigan qo‘l asboblarining
tuzilishi va ishlash prinsipi
Yog'och materiallar maxsus dastgohlarda randalar yordamida 
randalanadi. 
Randalarning 
tuzilishi
har xil bo'lganligi sababli 
randalanadigan 
yog'och 
"materiallaming 
yuzalari 
bir 
xilda 
tozalanmaydi. Y og'ochni randalanish sifatiga qarab xomaki, o'rtacha 
va toza randalangan deyiladi. Randalar o'zining vazifasiga k o 'ra bir 
necha xil bo'ladi. Sherxebel. Bu randa taxtani uzunasiga va 
ko'ndalangiga xomaki randalashda, xususan yog ochdan qalin qatlamni 
olib tashlashda qo'llaniladi. Uning tig'i yoy shaklida bo'lgani uchun 
sherxebel randa bilan yog'ochlam i turli burchak yo'nalishida ham 
'randalash mumkin. Randalash vaqtida yog'och payraha ensiz va qalin 
bo 'lib chiqadi.
Musht randa. Musht randa sherxebl randa bilan randalangan 
yuzalarni tekis qilib randalash uchun ishlatiladi. Bu bir tig'li randa 
hisoblanib, keskichining tig 'i to 'g 'ri, ammo yog'ochlarni timamasligi 
uchun burchaklari sal yumaloqlangan bo'ladi.
Japs randa yog'och m ateriallami tozalab silliqlash va detal yuzasini 
bir to 'g 'ri chiziqda yotadigan qilib randalashda, ayniqsa, detallarni bir- 
biriga moslashda ishlatiladi. Bu randa bir keskichli va ikki keskichli 
bo'lishi mumkin, randa kundasining old qism iga ust tomondan bir oz 
bo'rtgan silindrik quyma yelimlab yopishtirilgan bo'lib, uni bog'lash 
tugmasi deyiladi. Unga b o lg a urib, randa uyasidan keskichni chiqarish 
mumkin.
Zakrov randa yordamida oyna solinadigan buyumlamirig tegishli 
qismlariga zakrov ochiladi. Uning tig 'i kundaga to 'g 'ri yoki o'tkir
33


burchak hosil qilib o'rnatiladi. Shunga mos holda uning tig'lari to 'g 'ri 
yoki qiyshiq burchakli bo'ladi.
0 ‘quv ustaxoivalaridagi m ashg'ulotlarda turli naqshdor buyumlar, 
masalan, ilgak yoki chok qilingan detal va buyum lar ham tayyorlanadi. 
Bunda naqshdor yuzalarni ishlash uchun maxsus randalardan 
foydalaniladi.
Chok randa o'y iq va choklar ochish uchun ishlatiladi. ular to 'g 'ri 
va qiyshiq bo'lishi mumkin, Chok randa keskichi ustki qismining 
qalinligi pastki qismiga qaraganda 1 mm kichik bo'lishi lozim.
Konish randa. Bu randa faner va eshik dilalari tushadigan yol 
ochishda ishlatiladi, Uning kundasiga vintlar o'm atilib. ularga 
yo'naltiruvchi taxtacha kiydiriladi. Ochiladigan konishning eni qanday 
bo'lishiga qarab, har xil qalinlikdagi faner va dilalarga moslab randaga 
enlik va ensiz tig 'lar o'rnatiladi. Har qanday randa, asosan, tig', kunda 
va ponadan iborat.
Parmalash - materiallarda uya va teshiklami ochish demakdir. 
Bunda kesish asbobi sifatida parmalar xizmat qiladi. Parmalarning 
quyidagi turlari mavjud
Spiralsimon parma. Uning ish qism ida ikkita spiral ariqcha bo'lib, 
ular kesuvchi qirrani hosil qiladi. M etallami teshishda, asosan, ana shu 
parmadan foydalaniladi.
Perosimon parma. Bu ham oddiy parma bo'lib, uning keskich 
qismi peroga o'xshashdir.
Q oshiq parma. Bu parm a tarnov shaklida bo lib, pastki qismida 
pero bor. Pero yordam ida parma yog'ochga kirib boraveradi.
M arkazlovchi parma. Bu parm aning pastki qismi kurakcha 
shaklida bo'lib, uchburchak shaklidagi gorizontal keskich bilan 
tugaydigan sterjendan iborat. Shunday parmalar bilan diametri 
12- 
15 mm gacha bo'lgan uyalami teshiklami ochish mumkin.
Parmalardan maxsus parmalash moslamalariga o'm atilgan holda 
foydalaniladi. Ular odatda qo l parmalari va parmalash stanoklari 
deyiladi, Q o ‘1 parmasi yoki kolovorot otvyortka va uchliklami 
aylantirish uchun xizmat qiladigan moslamadir.
Ochiq teshiklar o'yishda parmalash oxirida bosimni biroz 
kamaytirish kerak, aks holda yog'och sinishi yoki parma tiqilib qolishi 
mumkin. Parmalashdan oldin parmalanadigan joyda iz hosil qilib olish 
kerak. Uya va teshiklam i tez, k o 'p va sifatli qilib ochishda, ularga
34


ishlov berishda parmalash stanoklari ishlatiladi. Parmalash stanoklari 
gorizontal hamda vertikal parmalash stanoklariga bo linadi. ulaming 
bir shpindelli va k o ‘p shpindelli xillari mavjud. Parmalash qurilmasi 
yoki parmalash stanoklarida ishlash vaqtidakiyim va yenglar tugmasini 
qadash. detalni q o id a tutib parmalamaslik, qirindini qo‘ldayoki puflab 
tozalamaslik, harakatlanayotgan shpindelni qo 'ld a to'xtatm aslik kerak.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin