Menejerlar obligatsiya zayomlari chiqarish (emissiya) va uni bozorda o'tkazish bilan ham shug'ullanadigan rahbarlardir. Ular jamiyatning maxsus ijtimoiy qatlami bo‘lib ma’muriy-xo‘jalik rahbarligi sohasida ham ma lum mustaqillikka ega. Bozor iqtisodi sharoitida menejerlarning roli oshib bormoqda. 0 ‘zbekistonda ham bu soha xodimlari ko'paymoqda. Xususan, Toshkent iqtisodiyot dorilfununida, Toshkent boshqaruv va siyosatshunoslik institutida ham menejerlar tayyorlash y o ig a qo'yiimoqda. Korxonada menejerlar odatda bir nechta b o lib , ulardan biri bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayonini boshqarsa, biri xomashyo resurslari va materiailar ta’minotmi boshqaradi. Yana biri mahsulot sifati va ishlab chiqarish texnologiyasini boshqarsa, boshqa biri korxona xodimlarini boshqaradi va h.k. Bozom i o'rganish, narxiarni shakllantirish, mahsulotni sotish bilan bog‘liq ishlarni jamlab, bitta nom bilan marketing deb atashadi. Marketing xaridor ehtiyojlarini to‘Iaroq qondirish asosida tovarlar va xizmatlar bozorida ayriboshlash jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan keng turdagi faoliyat bo'lib, uning asosiy maqsadi yuqori foyda olishni ta’minlashdir. Marketing - bozor iqtisodiyoti munosabatlarining yetakchi tushunchalaridan biri. Marketing faqat bozordagi talay ehtiyojni qondirish vositasigina bo'lmay, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun, ham xizmat qiladi. Marketing bozor holatini o ‘rganish, uni oldindan baholash, tovar ishlab chiqarish va sotish orqali undan yaxshi foyda olishni ham uyushtiradi. Marketing ishi maxsus dasturlar