Texnologiyalar asosida tashkil etish


International Conference on Developments in Education



Yüklə 240,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix09.10.2023
ölçüsü240,95 Kb.
#153343
1   2   3   4
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Toronto, Canada 
https

econferencezone.org 
 
27
th
Jan. 2023 
79 
bayon qilish emas, balki, o‘quvchilarning faol ijodiy ishlashini tashkil qila olish muhimdir. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bolalar ko‘proq eshitganidan ko‘ra, ko‘rganiga ishonishadi. 
Demak, biz o‘qituvchilarning vazifamiz faqat aytib o‘tish yoki ta’kidlash emas, balki 
aytganlarimizni ko‘rsatib ham berishimiz lozim. O‘z tajribamdan kelib chiqib, ona tili va 
adabiyot darslarida quyidagi interfaol usullardan foydalanishni tavsiya etaman: “Mazmun va 
mohiyat”usuli. 
Bu usulni ona tili va adabiyot fanlarida o‘tilgan mavzuni nazorat qilishda yoki yangi mavzuni 
mustahkamlashda qo‘llash mumkin. Bu usulni amalga oshirishning afzalligi shundaki, 
guruhlardagi har bir o‘quvchining ishtiroki ta’minlanadi. Mazmun, ya’ni tayanch tushuncha 
o‘qituvchi tomonidan beriladi. Bunda ko‘rgazmadan yoki monitordan foydalanish mumkin. 
Mohiyat esa guruh o‘quvchilari tomonidanochib beriladi. Masalan, 7-sinfda ona tili darsida 
“Yordamchi so‘zlar”mavzusini o‘tishda bu usul qo‘l keladi. Dastlab mazmun beriladi. 
1-guruh.(guruhlar mavzuga oid o’zlariga nom qo’yadilar) 
2-guruh. (guruhlar mavzuga oid o’zlariga nom qo’yadilar) 
3-guruh. (guruhlar mavzuga oid o’zlariga nom qo’yadilar) 
So‘ngra mohiyat izohlanadi, har bir guruh o‘z rejasiga doir ma’lumot beradi, bergan 
ma’lumotlarini misollar orqali izohlaydi. Guruhlardagi har bir o‘quvchi aniq, lo‘nda ma’lumot 
aytadi, bunda tezkorlik bilan ish ko‘rish talab etiladi. 
Adabiyot darslarida ham bu usulni qo‘llash yaxshi samara beradi. Masalan, 7-sinf darsligida 
berilgan “Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi”mavzusini o‘tishda bu usuldan foydalanish 
mumkin . Mazmun beriladi: 
1-guruh. Abdulla Qodiriyning yoshlik yillari. 
2-guruh. Ijodkorning faoliyati. 
3-guruh. Abdulla Qodiriyning ijodi. 
Mohiyat bosqichida har bir guruh o‘z rejasini izohlab beradi. 
Bu usulni qo‘llash uchun oldindan o‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan tayyorlanib 
kelishtopshirio‘i beriladi. Bu usul orqali o‘quvchilarda izlanuvchanlik, mavzuni o‘rganish 
uchun qiziquvchanlik sifatlari shakllantiriladi. 
“Mazmun va mohiyat” usulini qo‘llashdan kutiladigan natija: 
– o‘quvchilarning tashabbuskorligi ortadi; 
– o‘quvchilar mavzu yuzasidan keng ko‘lamli tushuncha va ma’lumotlarga ega bo‘ladi; 
– darsda har bir o‘quvchining ishtiroki ta’minlanadi; 
– yangi mavzuga o‘quvchilar oldindan tayyorlanib, ma’lumotlar yio‘ishga intiladi
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan dars 
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttiradi, ularni mustaqil bilim olishga undaydi va 
dars samaradorligini oshiradi. 

Yüklə 240,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin