Texnologiyalar



Yüklə 39,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü39,31 Kb.
#187063
1   2   3   4   5
ko-zi-ojiz-bolalarni-o-qitish-metodikasi-zamonaviy-texnologiyalar

4.
 
O‘quvchilarda savol tug‘ilganda, qarsak chalishlarini so‘rang. 
Ko‘plab sinfxonalarda o‘qituvchining e’tiborini tortish uchun vizual 
ko‘rsatmalardan foydalanish odat tusiga kirgan. O‘quvchilar dars paytida gapirishni 
xohlaganlarida, qo‘llarini ko‘tarishi an’anaviy usul hisoblanadi. [1; 37] Ko‘zi ojiz 
bolalar esa do‘stlari qo‘lini ko‘targanligini sezmaydi. Shuning uchun ham, uning 
o‘rniga tovushli harakatlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, 
o‘quvchilarning savoli bo‘lsa, ikki marta qarsak chalishi kerak bo‘ladi. 
5.
 
Taktil o‘rganish tajribasini taqdim eting.
Ko‘zi ojiz bolalarga dars o‘tayotganda, iloji boricha taktil o‘qitish usulidan 
foydalanishingiz kerak. Masalan, toshlar haqida gapirish va ularning turli xil 
rasmlarini ko‘rsatishdan ko‘ra o‘quvchilar ko‘tarib va tegib ko‘rishlari uchun haqiqiy 
toshlarning sinfxonalarda bo‘lishi ancha afzalliklarga ega. Bu usul, shuningdek, turli 
xil yeguliklar, chig‘anoqlar va mavzu bilan bog‘liq narsalar uchun ham qo‘llaniladi. 
Va bu o‘quvchilarga tez va oson o‘zlashtirishga yordam beradi. 
6.
 
Darsni ovozli yozib olish. 
Ko‘zi ojiz bolalar uchun sog‘lom o‘qitish muhitini yaratishning oson va arzon 
usuli hamma darsni ovozli yozib olish. Bu usulda o‘quvchilar darsni va mavzular 
ketma-ketligini to‘liq tushunishganmi yoki yo‘qmi, bilib olish uchun ikki martadan 
eshitib chiqishlari mumkin bo‘ladi. O‘quvchilar darslarni telefonlaridagi maxsus 
dasturlar orqali yozib olishlari mumkin. 
7.
 
Aqlli skanerlar va o‘qib beruvchilarga ruxsat berish. 
Ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun aqlli skanerlar va o‘qib beruvchilardan foydalanish 
juda foydali usul hisoblanadi. Bu texnologiyalar kitoblar va qo‘llanmalarni osongina 
og‘zaki nutqda o‘qib bera oladi. [2; 80] Qog‘ozda yozilgan ma’lumotlarni o‘qiy 
olmaydiganlar ham bu qurilmalar orqali yozilgan ma’lumotni osongina o‘zlashtira 
oladilar. O‘quvchilar bunday qurilmalar bilan maktab tomonidan ta’minlanishi kerak. 

Yüklə 39,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin