Texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Insonlarning psixologik turlari va ularning ishda, biznesda



Yüklə 105,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix16.12.2023
ölçüsü105,04 Kb.
#182220
1   2   3   4   5   6   7
5-amaliy

2.Insonlarning psixologik turlari va ularning ishda, biznesda, 
muloqotda namoyon bo'lishi 
Har bir odam tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, ma`lum jamoada 
- oilada yashaydi. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan 
munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – voqelikni biluvchi hamda uni 
o`zgartiruvchi sub`ektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi. Biz hamma 
kishilarni - normal odamlarni, yangi tug`ilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ 
degan tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz. 
Biz jamiyatda biror foydali mehnat bilan shug`ullanuvchi kishini shaxs deymiz. 
Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo`lgan aloqalari 
ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga keladigan 
munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo`lgan 
munosabatlardagina shaxs bo`lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik 
jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug`ullanadigan, til orqali 
atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil 
insondir. 
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. 
Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. 
Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar 
yig`indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - 
biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, 
maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda 
jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi 
mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi. 
Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan 
jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan 
belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy 
tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan 
xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat 
bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi. 


Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani 
hal qilishni oladi: 
1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini 
aniqlash. Bu xulq - atvorni oldindan ko`ra olish imkonini beradi. 
2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi. 
Bu qismlarning yig`indisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el 
psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy omillarning ta`siri bilan tarkib 
topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya ko`zga ko`rinarli 
o`rinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) 
a`zolariga bo`linadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bo`lgan 
“endopsixika” biologik shart - sharoitlarga bog`liq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga 
bog`liqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil 
bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan 
“endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq 
shaxsning tarkib topishi, tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar 
masalasiga yondoshishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday 
tadqiqot o`tkazilgan: tadqiqotda bo`yi 80 - 130 sm. dan oshmaydigan kishilar 
shaxsining tuzilishida ko`p jihatdan o`xshashlik borligi aniqlangan. Ularda 
bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish 
mumkin ekan. 
Shaxs o`zining faoliyati tufayli tevarak -atrofdagi olam bilan faol munosabatda 
bo`ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga 
ko`rsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar 
ham o`zaro munosabatda bo`ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib 
yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni o`zgartirishga 
ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon 
bo`ladi. XX asr boshlarida yashagan avstriyalik psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini 
quyidagicha tushuntiradi: “Odam o`zining avlodlaridan nasliy yo`l bilan o`tgan 
instinktiv mayllarning namoyon bo`lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan 
jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo`ladi”. Freyd shaxsning faolligini jinsiy 


mayllar bilan bog`laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi 
to`g`ri hal qilib beradi. Ularning fikricha, inson shaxsiy faolligining asosiy manbai 
uning ehtiyojlaridadir. Odamning ehtiyojlari faollik ko`rsatishga undaydi. ehtiyoj - 
shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo`ladigan va uning aniq yashash 
sharoitiga bog`liqligini ifodalovchi holatdir. ehtiyojlar paydo bo`lishiga ko`ra, 
moddiy (tabiiy) va ma`naviy (madaniy) ehtiyojlarga bo`linadi. Moddiy ehtiyojlarga 
uxlash, jinsiy yashash, ovqat eyish, issiq va sovuqdan saqlanish, uy - joyga bo`lgan 
ehtiyojlar kiradi. Ma`naviy ehtiyojlarga kishilarning ijtimoiy ong mahsulotlariga 
bo`lgan muhtojligi kiradi. Bunday ehtiyojlarga - o`zaro suhbatlashish, kitob o`qish, 
kino - teatr tomosha qilish, musiqa tinglash kabilar kiradi. Biz moddiy 
ehtiyojlarimizni madaniy ehtiyojlar asosida qondiramiz. Moddiy va ma`naviy 
ehtiyojlar albatta qondirilishi shart. 
Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo`ladi. Qiziqish- 
shaxsning oliy nerv faoliyatidagi narsa va hodisalarni bilishi, anglash istagi bilan 
bog`liq bo`lgan munosabatidir. Qiziqishlar moddiy, ma`naviy, salbiy, ijobiy, 
davomli, qisqa muddatli bo`ladi. qiziqishlar asosida shaxsning dunyoqarashi va 
ishonch - e`tiqodlari tarkib topadi. Biz yoshlarda mehnatga ehtiyojni tarbiyalashimiz 
kerak. Inson shaxsi xulq - atvorining o`z motivlari bo`ladi. MOTIV - ma`lum 
ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar 
ehtiyojlar inson shaxsi faolligining moxiyatini tashqil etsa, motivlar bu moxiyatning 
namoyon bo`lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan bog`liqdir. 
SHuning uchun motivlar bir - biridan ehtiyoj turiga qarab farqlanadi. Masalan, 
moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar yoki ma`naviy 
ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog`liq bo`lgan motivlar bo`lishi mumkin. Motivlar 
anglanilgan va anglanilmagan bo`lishi mumkin. Anglanilmagan motivda odam 
nimanidir istaydi, ammo o`sha narsa nimaligini tasavvur qila olmaydi. Demak, 
motivlar inson shaxsi xulq - atvorini va turli faoliyatlarini harakatga keltiruvchi 
sabablardir. Xatti - harakatlarning muhim motivi e`tiqoddir. e`TIqOD - shaxsni o`z 
qarashlari , tamoyillari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi 
anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaqlar ham xatti - harakat motivlari bo`lib, bu 


motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo`lmagan yashash va taraqqiy etish 
sharoitlarida ehtiyojlar o`z ifodasini topadi. Faoliyatga nisbatan anglanilmagan 
mayllar orasida eng ko`p o`rganilgan masala ko`rsatma berishdir. Bu masala gruzin 
psixologi D.N. Uznadze va uning xodimlari tomonidan ishlangan. Ko`rsatma berish 
deganda, bilish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan ehtiyojlarni ma`lum usulda 
qondirishga tayyor turish tushuniladi. Masalan, talabalar o`qituvchilar beradigan 
topshiriqlarni bajarishga doim tayyor turadilar. 
Shaxsning shakllanishi haqida ikki oqimning fikrini keltirish mumkin. 
Biogenetik 
yo`nalish 
va 
sotsiogenetik 
yo`nalish. 
Biogenetik 
yo`nalish 
tarafdorlarining fikricha, inson shaxsi va shaxsiy xususiyatlar faqat bitta omil, nasliy 
xususiyatlarning ta`siri bilan yuzaga keladi. Ular tashqi muhit va ta`lim - tarbiyaning 
rolini tan olmaydilar. Sotsiogenetik yo`nalish tarafdorlari eksperimentlarning 
rivojlanishi bilan bog`liqdir. Ushbu yo`nalish asoschilaridan biri Jon Lokk yangi 
tug`ilgan bolaning miyasini toza taxtaga o`xshatadi. Go`yoki, uning miyasiga 
kattalar xohlagan narsasini yozishlari mumkin. Ular tajribani ikkiga ajratadilar: 
tashqi va ichki tajriba. Yo`nalish tarafdorlarining fikricha, tashqi tajriba - bu moddiy 
dunyoni narsalarning ta`siridan hosil bo`ladigan bizning sezgilarimizdir. Ichki 
tajriba esa ruxning mustaqil harakatidir. Buni refleksiya deb ataydilar. Ular tashqi 
tajriba - sezgilar ichki tajriba-refleksiya bir - biriga bog`liq emas, degan fikrga o`tib 
ketdilar. Ular shaxsning tarkib topishi faqat ta`lim - tarbiyaning ta`siriga bog`liq deb, 
tashqi muhit va biologik omillarning ta`sirini tan oladilar. XIX asrning ikkinchi 
yarmida biogenetik qonun degan oqim kirib keldi. Biogenetik qonun biologiyaga 
xos bo`lgan ommaviy qonundir. Bu qonunga ko`ra, odam onaning qornidan to 
tug`ilguncha ko`p ming yillik evolyutsion taraqqiyotni bosib o`tadi, ya`ni uzoq 
evolyutsion taraqqiyot yo`lini qisqa muddatda takrorlaydi. Biologik qonun 
namoyondalaridan Myuler va Gekkellar odam tug`ilguncha butun evolyutsion 
taraqqiyotni qisqa muddatda takrorlar ekan, tug`ilgandan so`ng to shaxs bo`lib tarkib 
topguncha tarixiy taraqqiyotni takrorlaydi, degan fikrni bildirgan. 
Inson shaxsining individual (ontogenetik) taraqqiyoti butun insoniyat tarixiy 
taraqqiyotining (filogenetik) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlashdir. Ular 


o`zlarining nazariyalarini bolalarning turli yosh davrlarida namoyon bo`ladigan 
faoliyat turlari orqali tushuntiradilar. Masalan: nemis psixologi V.SHternning 
fikricha, yangi tug`ilgan chakaloq odam emas, balki sut emizuvchi hayvondir. U olti 
oylikka etganda maymunlar darajasiga etadi, ikki yosh bo`lganda maymunning 
odamga aylanish davrini eslatadi. 5 yoshda ibtidoiy poda bo`lib yashagan qadimgi 
odamlar darajasiga etadi. 1 - sinfga borganda ibtidoiy jamoatchilik davrini eslatadi. 
Kichik maktab yoshida esa o`rtaasrlar davrini eslatadi. YUqoridagi nazariyalar uchta 
omilning (irsiyat, muhit, tarbiya) birgalikdagi ta`sirini tushuntirib bera olmadilar. 
Shaxsni shakllanishiga ushbu omillar birgalikda ta`sir etadi. 
Irsiyat - orqali bolaga nerv tizimi, shartsiz reflekslar, tashqi ko`rinish, irsiy 
kasalliklar va layoqatlar utadi. 
Ijtimoiy muhit - avvalo oila muhiti bo`lib, bola tug`ilgan kunidan boshlab 
odamlar qurshovida ijtimoiy munosabatda bo`lib yashaydi. Shaxs tashqi muhitdan 
turli ijtimoiy munosabatlarni o`zining faoliyati orqali singdirib, o`z fe`l - atvoriga 
aylantirib boradi. Bolalarning hammasi o`yin faoliyati bilan shug`ullanadi. O`yin 
bolalar uchun dunyoni bilish qurolidir. U kattalarning xatti -harakatlariga taqlid 
qilish orqali o`ynaydi. Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta`siri kuchli. 
Masalan, yangi tug`ilgan bolani hayvonlar orasiga qo`shib qo`yilsa xatti - harakatlari 
hayvonlarnikiga o`xshaydi. Bola tili ham ijtimoiy muhitga bog`liq. 
Irsiyat orqali ota - onasidan bolaga o`tadigan xususiyatlar yordamchi omil 
sifatida ta`sir etadi. Tug`ma layoqatlar nasliy yo`l orqali imkoniyat tarzida beriladi. 
Bu imkoniyatlar ma`lum sharoit bo`lgandagina ruyobga chiqadi. Bolaga nasliy
organizm, shartsiz reflekslar, analizator apparatlari, miya, tashqi belgilar, irsiyat 
orqali o`tadi. Demak, inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta`sir qiluvchi 
omillarning birinchisi tashqi ijtimoiy muhit, ikkinchisi odamga uzoq muddat 
davomida beriladigan ta`lim - tarbiya va uchinchisi odamga tug`ma ravishda 
beriladigan nasliy, ya`ni irsiy xususiyatdir. Bundan tashqari shaxsning 
shakllanishida shaxsiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Inson o`z - o`zini 
tarbiyalash, o`z - o`zini anglash orqali shakllanib boradi. 


Har bir odam bilish, eshitish bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. 
Malakalar bir necha xil bo`ladi (yozish, o`qish, yurish, musiqa chalish, sport va h. 
k.) Maqsadni ko`zlab biror ishni bajarish malakaga bog`liq. Malaka deb, avval ongli 
bajarilib keyinchalik avtomatlashgan xatti -harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani 
qayta -qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va 
murakkab bo`lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb 
egallash murakkab malaka, mix qoqish, o`tin arralash sodda malaka hisoblanadi. 
Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar 
ham bo`ladi. Odat kishi qalbiga chuqur o`rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan 
harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. 
Odatlar ijobiy va salbiy bo`ladi. Salbiy odatlarga yolg`on gapirish, ichish, chekish 
kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv - fiziologik asoslarini shartli 
reflekslarning hosil bo`lish mexanizmi tashqil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, 
balki dinamik stereotip tarzidagi, ya`ni takrorlash natijasida mustahkamlangan 
shartli reflekslar birlashmasidan iborat. Masalan, bolalar bog`chaga o`rganguncha 
qiynaladi, chunki uydagi sharoitga ularda dinamik stereotip bo`ladi. YAngi hosil 
qilinadigan malakalar ilgari hosil qilinadigan malakalarga bog`liq bo`ladi. Ilgarigi 
malakalar ijobiy ta`sir qilsa malakalarning kuchayishi ko`zatiladi. Masalan, chet 
tillardan birontasini o`rgangan odam boshqa bir chet tili o`rganishda qiynalmaydi. 
Agar ilgarigi malaka salbiy ta`sir qilsa malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, 
bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o`tsa qiynaladi. Shaxs 
shug`ullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shug`ullanmasa malakalar sunish hodisasi 
ko`zatiladi. Buni malakalarning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning hosil 
bo`lish tezligi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog`liq. Masalan, til 
o`rganish 4 - 5 yoshda tez o`rganiladi. Hunar egallash 12 - 13 yoshda tez o`rganiladi. 
Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, individual xususiyatlarga bog`liq , 
ya`ni asab tizimiga bog`liq bo`ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, 
melanholiklarda sekin hosil bo`ladi. Demak, malakalar inson shaxsining tarkib 
topishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Shaxs o`zining individualligida, ijtimoiy 


munosabatlarda belgilanadi. Atoqli psixolog K.K Platonov shaxsni “Konkret odam 
yoki dunyoni yaratuvchi sub`ektdir”, 

Yüklə 105,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin