Texnologiyalari universiteti mustaqil ish


TCP (Transmission Control Protocol)



Yüklə 420,65 Kb.
səhifə4/6
tarix11.05.2023
ölçüsü420,65 Kb.
#111059
1   2   3   4   5   6
FAXRIDDINOV MIRODIL 021 20 6variant

TCP (Transmission Control Protocol) – ketma-ket fragmentlarga bo‘lingan ma’lumotlarni kafolatli yetkazishga javob beradi. Transport pog‘onasi protokoli hisoblanadi.
IP (Internet Protocol)paketlarni uzatuvchi protokol, tarmoq protokollari jumlasiga kiradi.
TCP/IP protokoli har xil toifadagi kompyuterlar orasidagi axborot almashuvini amalga oshiradi. Bundan tashqari Internet resurslaridan foydalanishga ruxsat beradi. Shu bois TCP/IP protokoli tarmoqlararo protokollar turkumiga kiritildi.
TCP/IP protokollari uchun yaratilgan maxsus protokollar steklariga quyidagilar kiradi: SMTP (Simple Mail Protocol) – elektron pochta;
Transport sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar protokollari kompyuterlarning (stansiyalar, serverlar va uzellarning) programma vositalari, ya’ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi programmalar tomonidan amalga oshiriladi. Trasport satxi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX protokolini keltirish mumkin
Tarmoq protokollari – manzillash, yo‘naltirish, xatoliklarni tekshirish va qayta uzatish so‘rovlarini boshqaradi.
TCP/IP protokoli maxsus global tarmoq uchun va tarmoqlar o‘rtasidagi muloqotni olib borish uchun loyixalashtirilgan. U past sifatli aloqa kanallariga va xatolikka yo‘l qo‘yish ehtimoli katta tarmoqlarga mo‘ljallangan. Bu protokol dunyo kompyuter tarmog‘i Internet da qabul qilingan, abonentlarning ko‘p qismi oddiy telefon aloqa yo‘llariga ulanadilar.
Yacheykasimon topologiya – to‘liq bog‘lanishli topologiyadagi bog‘lanishlarni olib tashlash bilan hosil qilinadi. Bunda o‘zaro ko‘proq axborot almashinadigan kompyuterlar orasidagi bog‘lanishlar qoldiriladi, boshqa kompyuterlar esa tranzit yo‘llar orqali bog‘lanib axborot almashinishi mumkin bo‘ladi
Yulduzsimon topologiya – bunda har bir kompyuter alohida kabel yordamida tarmoq markaziga joylashgan qurilmaga, ya’ni konsentratorga (yoki kommutatorga) ulangan bo‘ladi. Konsentratorning asosiy vazifalaridan biri, bu bir kompyuterdan kelayotgan axborotni tarmoqdagi boshqa bir kompyuterga (Token ring va FDDI kabi lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalarida) yoki boshqa hamma kompyuterlarga (Ethernet texnologiyasida) yo‘naltirib berishdan iborat bo‘ladi. Bu topologiyaning umumiy shinaga nisbatan asosiy afzalligi, uning ishonchliligining ancha yuqoriligidir. Biron bir kabeldagi nosozlik faqatgina shu kabelga ulangan kompyuternigina tarmoqdan uzilib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Konsentrator ishdan chiksagina tarmoq ishlamay qolishi mumkin.

Yüklə 420,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin