Texnologiyalari universiteti mustaqil ish



Yüklə 420,65 Kb.
səhifə5/6
tarix11.05.2023
ölçüsü420,65 Kb.
#111059
1   2   3   4   5   6
FAXRIDDINOV MIRODIL 021 20 6variant

IP manzil turlari. TCP/IP bu tarmoq protokoli hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi tarmoqda ma’lumotlar uzatishdan iborat. TCP/IP protokolida kompyuterlar maxsus raqamlardan iborat manzilga ega bo‘lib bu manzil IP manzil dasturi tomonidan beriladi.
Bundan tashqari kompyuterning MAC manzili xam mavjud bo‘lib bu manzil o‘zgarmas hisoblanadi va manzil sifatida tarmoq kartasining maxsus kodi olinadi.
IP manzilni o‘zgartirish imkoniyati mavjud. MAC manzilda IP manzillar uchun 4 bayt joy ajratiladi va u quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin 109.26.17.100.
IP manzilning guruxi tarmoq adminstratori tomonidan o‘rnatiladi. IP manzilning oxirgi 2 ta raqami tarmoq nomerini va kompyuter raqamini bildiradi.
Misol uchun yuqorida keltirilgan IP manzil 17tarmoq nomeri, 100kompyuter raqami.
IP manzillarning 5 ta sinfi mavjud bo‘lib, 1-A guruxga manzil nol dan boshlansa IP manzilning ikkilik kodi noldan boshlansa A guruxga tegishli, ya’ni 1 dan 126 gacha (0 ishlatilmaydi 127 raqami maxsus maqsadlar uchun rezerf sifatida foydalaniladi).
TCP protokoli. TCP protokoli yordamida uzatilayotgan ma’lumotlar katta bo‘lmagan paketlarga «kesiladi» va ularning har biri maxsus markerlar bilan belgilanadi. Ushbu markerlar orqali uzatilgan hujjat adresatning kompyuterida to‘g‘ri yig‘iladi.
IP protokoli. (Internet Protocol). Bu protokolning mazmuni shundan iboratki har bir internetga ulangan kishining unikal (yagona) adresi bo‘lishi lozim (IP adres). Bu adressiz TCP protokolning paketlarini kerakli adresga yetkazish masalasini yechish mumkin emas. Bu adres oddiy ko‘rinishda bo‘lib, u 4 baytdan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan, 186.34.64.11. Ushbu adres shunday tashkil qilinganki, har bir kompyuter orqali o‘tayotgan TCP paket bu to‘rt son orqali eng «yaqin» qo‘shnilarining qaysi biriga paketni uzatish kerakligini aniqlaydi. Natijada bir nechta uzatishlardan so‘ng TCP paket adresatga yetkaziladi. Bu yerda «yaqin» so‘zi geografik ma’noda ishlatilmay balki, aloqa sharti va aloqaning o‘tkazish (ta’minlash) (propusknaya sposobnost) qobiliyati bilan aniqlanadi. O‘zaro kosmik aloqa bilan bog‘langan va mintaqaning har xil joyida joylashgan ikki kompyuterlar qo‘shni shaharchada joylashgan telefon aloqasi orqali bog‘langan kompyuterlardan «yaqin» hisoblanadi. «Uzoq» yoki «yaqin» ekanligini aniqlash «marshuritizator» deb nomlanuvchi maxsus vositalar orqali amalga oshiriladi. «Marshuritizator» vazifasini maxsus kompyuter yoki tarmoqning serveridagi maxsus dasturiy vosita bajarishi mumkin.
Bir bayt 256 ta har xil qiymatni qabul qilish imkoniyatiga ega. Bundan kelib chiqan holda to‘rt bayt orqali to‘rt milliarddan ziyod IP-adreslarni ifoda etish mumkin (2564). Amalda bo‘lsa adreslashning xususiyatilardan kelib chiqqan holda ikki milliardga yaqin adreslar ishlatiladi.



Yüklə 420,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin