Intel 8080 (K580BM80) - 8-razryadli protsessor;
Intel 8088 - 16-razryadli protsessor;
Pentium 4 - 32 razryadli protsessor.
Zamonaviy kompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini o‘rganish anchagina murakkab jarayon ekanligi hisobga olgan holda, ushbu mavzuga oid asosiy tushunchalar va jihatlarni avval, 8-razryadli protsessor va u asosida qurilgan kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini batafsil qo‘rib chiqish bilan boshlaymiz. Tushuntirishlar jarayonida, yuqorida sanab o‘tilgan protsessorlarni o‘zaro taqqoslashlar asosida, ularning tuzilishlariga va ishlash tamoillariga qanday o‘zgartirishlar kiritib borilganligi, hamda bu o‘zgartirishlar natijasida nimalarga erishilganligi haqida ham ma’lumotlar keltirib boriladi.
Hozirda kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini, ya’ni kompyuter arxitekturasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan bir nechta o‘quv elektron stendlari ishlab chiqilgan, bunday stendlarga misol qilib - UMPK-80, 8088 trasseri va Pep8 kabi elektron stendlari keltirish mumkin. Bu o‘quv stendlari yordamida mos holda - 8, 16 va 32-razryadli protsessorlarning va ular asosida qurilgan kompyuterlarning tuzilishlari va qanday ishlashlarini o‘rganish imkoniyatlari mavjud.
Ko‘pchilik o‘ylaganidek kompyuter arxitekturasi fanini
o‘rganishni, hozirda ishlab chiqarilayotgan eng zamonaviy kompyuterlarning tuzilishlari va ularning qanday ishlashlarini o‘rganish bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Negaki ushbu kompyuterlar ham, ularning protsessorlari ham anchagina murakkab tuzilishlarga egadirlar. Shuning uchun zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishda avval 8 va 16-razryadli kompyuterlarning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi.
Zamonaviy kompyuterlar arxitekturasini o‘rganishda, ushbu o‘quv qo‘llanmada nima uchun aynan Intel 8080, Intel 8088 va Pentium 4 protsessorlari asosida ishlab chiqilgan kompyuterlar tanlab olinganligini
jadvalda Intel protsessorlari oilasiga mansub protsessorlar va ularning ko‘rsatgichlari asosida ham izohlab o‘tamiz.
Masalan: Intel Core i7 protsessorining ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lgan, unda ishlatilgan tranzistorlarning soni, 1 160 000 000-ta ekanligi, ushbu protsessorning qanchalik murakkab tuzilishga ega ekanligini anglatadi. Uning va hatto undan avval ishlab chiqarilgan 32-razryadli protsessorlarning ham qanchalik murakkab tuzilishlarga ega ekanliklarini
jadvalda keltirilgan, ularni tavsiflovchi izohlardan ham tushinib olish mumkin.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan protsessorlarga tegishli bo‘lgan - konveyer, giperoqimli, qo‘shimcha SSE buyruqlar, ko‘p yadroli va integratsiyalangan grafik protsessor kabi iboralarining mohiyatini tushunish uchun, avval ularning dastlabki modellari bo‘lgan protsessorlar qanday tuzilgan va qanday qilib takomillashtirilib borilganligini qisqacha tushuntirishlar asosida bo‘lsa ham, tushunib olish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblaymiz [1,24,30,31].
O‘quv qo‘llanmada dastlab o‘rganish uchun tanlab olingan birinchi protsessor - Intel 8080 protsessori ko‘p maqsadlar uchun mo‘ljallangan birinchi protsessor hisoblanadi, uning tarkibida bor yo‘g‘i 6000-ta tranzistor ishlatilgan.
Tanlab olingan protsessorlarning ikkinchisi - Intel 8088 protsessori asosida esa, hozirda keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlarning dastlabkisi hisoblangan va MS DOS operatsion tizimi asosida ishlagan IBM PC shaxsiy kompyuteri ishlab chiqilgan edi. Ushbu protsessorning tarkibida 29 000-ta tranzistor mavjud bo‘lgan. Intel 8088 protsessori uchun ishlab chiqilgan dasturlar, Intel Core i7 protsessorida ham ishlashi mumkin, ya’ni ularning ichki tuzilishlari bir biriga o‘xshashdir. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, bu - Intel Core i7 protsessori na faqat 32-razryadli, balki 16 va 8- razryadli ma’lumotlar ustida ham amallarni bajara oladi degani bo‘ladi (rus tilida bu - sovmestimost deb ataladi).
Tanlab olingan protsessorlarning uchinchisi bo‘lgan - Pentium 4 protsessori 32-razryadli protsessorlarning anchagina takomillashgan xilidir. Pentium 4 protsessori undan keyin ishlab chiqarilgan protsessorlarga nisbatan soddaroq bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi 32 va 64-razryadli protsessorlarning ko‘pgina xususiyatlarini o‘zida mujassamlagan protsessor hisoblanadi. Ushbu protsessor tarkibida 42 000 000-ta tranzistor ishlatilgan.
Yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, avval Intel 8080 protsessorining analogi hisoblangan, so‘z uzunligi 8-razryadga teng bo‘lgan K580BM80 protsessori asosida qurilgan «o‘quv kompyuteri» - UMPK-80 (rus tilida - uchebnыy mikroprotsessornыy komplekt) elektron stendi asosida, 8- razryadli protsessorning tuzilishi va uni qanday ishlashini batafsil ko‘rib chiqamiz. UMPK-80 elektron stendi bu xildagi protsessorlar va ular asosida qurilgan kompyuterlarning tuzilishini va qanday ishlashini o‘rganishm ancha osonlashtiradigan ko‘rimshda qilib ishlab chiqarilgan. Ushbu «o‘quv kompyuteri»ni o‘rganish bilan biz, hozirgi paytda - sanoat, meditsina, televidenie va boshqa ko‘pgina sohalarda, hamda kundalik turmush uchun ishlab chiqarilayotgan turli xil maishiy texnika asboblarida, qodlanilayotgan mikrokontrollerlar va ular asosida qurilayotgan o‘rnatilgan tizimlar qanday tuzilganligi va qanday ishlashi haqida ham tasavvurlarga ega bo‘lishimiz mumkin. Mikrokontrollerlarning ko‘pgina ko‘rsatgichlari, aynan avvalgi 8-razryadli kompyuterlarning ko‘rsatgichlariga ancha yaqindir.
Sakkiz razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi.
Kompyuter protsessorining, va umuman kompyuterning tuzilishi va qanday ishlashini o‘rganish jarayonida - protsessor, xotira va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari degan tushunchalar muhim tushunchalar hisoblanadi. Birinchi bobning 1.1-rasmida keltirilgan chizmada markaziy protsessor, tezkor xotira, diskli xotira va printer, hamda ularni shinalar orqali qanday bog‘langanligi ko‘rsatilgan. Keltirilgan chizmada markaziy protsessor qanday qismlardan iborat ekanligi ham, alohida ko‘rsatib o‘tilgan, bular - boshqarish qurilmasi, arifmetik-mantiqiy qurilma va registrlar to plamlaridir.
Kompyuter markaziy protsessorining vazifasi - asosiy, ya’ni tezkor xotirada yozilgan dasturlarni bajarish hisoblanadi. Markaziy protsessorning bu vazifani amalga oshirish jarayonini qisqacha qilib quyidagicha ifodalash mumkin: markaziy protsessor xotirada yozilgan buyruqlarni chaqirib oladi, buyruqlarni qanday buyruqlar ekanligini aniqlaydi va ularni ma’lum bir ketma-ketlikda bajarilishini ta’minlaydi.
Kompyuterni va uning protsessorini tashkil etuvchi qurilmalar - shinalar orqali bog‘langan bo‘ladi. Shina deganda parallel o‘tkazgichlar to‘plamlaridan iborat bo‘lgan, adreslar, ma’lumotlar va boshqarish signallarini uzatib berilishini ta’minlaydigan «qurilmalar» tushuniladi. Ko‘pincha shina deganda parallel o‘tkazgichlar to‘plami tushuniladi, aslida esa shina turli xil ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan qurilma sifatida ishlab chiqilgandir. Uning tarkibida ma’lumotlarni uzatish jarayonida kerak bo‘ladigan - registrlar, turli xildagi kombinator elementlar va mantiqiy sxemalar mavjud bo‘ladi.
rasmda kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning qanday xillari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi chizma keltirilgan. Unda protsessorning ichida joylashgan shinalar - ichki shinalar, protsessordan tashqarida joylashgan, uni kompyuterning boshqa qurilmalari bilan bog‘lovchi - tashqi shinasi, xotira shinasi va kompyuterga ma’lumotlarni kiritish- chiqarishni amalga oshiruvchi shinalar keltirilgan.
Shinalar
Registrlar
Shina
kontrol leri
Xotira shinasi
Xotira
Protsessorning mikrosxemasi
Arfimetik
mantiqiy
qurilma
Ma lumotlarni
kiritish-chiqarish shinasi
Disk
Modem
Printer
Mikrosxema ichidagi shina
rasm. Kompyuterlarda ishlatiladigan shinalarning xillari.
Ichki shinalar protsessor tarkibiga kirgan - boshqarish qurilmasi, arifmetik-mantiqiy qurilma va registrlar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatib berish uchun xizmat qiladi. Tashqi shina yordamida esa - protsessor, tezkor xotira va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari bilan bog‘lanishni amalga oshiriladi.
Avvalgi kompyuterlarda va hozir ham shina orqali ma’lumotlarni uzatish deganda, ko‘pincha ma’lumotlarni parallel tarzda uzatish tushuniladi. Ammo keyingi ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda ma’lumotlarni ketma-ket tarzda uzatuvchi shinalardan ham foydalanilmoqda. Bunday shinalarga misol qilib tarkibida ma’lumotlarni ham parallel, ham ketma-ket uzatib beruvchi PCI Express (5.10-rasmga qaralsin) va hozirda keng qo‘llanilayotgan ma’lumotlarni ketma-ket uzatuvchi USB shinalarini keltirish mumkin.
rasmda protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira bilan kanday bog‘langanligi qo‘rsatilgan. Ushbu rasm asosida protsessor tarkibiga kirgan qurilmalarning bajaradigan vazifalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
rasm. Protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira bilan qanday bog‘langanligi.
Boshqarish qurilmasi - buyruqlarni xotiradan chaqirish va ularni qanday buyruqlar ekanligini aniqlash vazifalarini bajaradi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma esa arifmetik - qo‘shish, ayrish, ko‘paytirish va mantiqiy - mantiqiy qo‘shish, mantiqiy ko‘paytirish, inkor kabi amallarni bajaradi.
Har qanday protsessor - Intel 8080 (K580), Intel 8088, Pentium 4, UltraSPARC III, 8051, ..., Intel Core i7 lar ham o‘zining ichki holatini aks ettiruvchi muhim axborotlar to‘plamlariga ega bo‘ladi. Har bir protsessor tarkibida ushbu axborotlar to‘plamlarini saqlash va ishlash, hamda ma’lum bir vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan registralar to‘plamlariga ega bo‘ladi.
Protsessor ichida joylashgan registrlar to‘plamlari - uning ichki xotirasi deb ataladi. Ichki xotira - dasturlarni bajarilishi davomida hosil bo‘ladigan oraliq natijalarni va boshqarish buyruqlarini vaqtincha saqlash vazifalarini bajaradi. Bu xotira har biri ma’lum bir vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan, bir-nechta registrlar to‘plamlaridan iboratdir. Odatda ushbu registrlarning uzunliklari bir xil - 8, 16 yoki 32 razryadga ega bo‘ladi. Registrlar protsessorning ichida joylashganligi sababli, ularga ma’lumotlarni yozish (o‘qish) juda tez amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |