O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Operatsion tizimlar
4-Amaliy ish
Windowsdagi fayl tizimlari bilan ishlash
Bajardi:
SRM004-2
guruh talabasi
Inomov Jasurbek
Tekshirdi:
Ro‘ziyeva Gulshaharxon G'ulomovna
Faylli o‘zgaruvchi tashqi xotiradagi fayl bilan Assign(f, nomi>); operatori yordamida bog‘lanadi, bu yerda f – fayl turdagi
o‘zgaruvchi; - tashqi xotirada joylashgan faylning nomini
ifodalovchi satrli o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas. Agar fayl joriy katalogda
bo‘lmasa, uning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. Masalan, “Navro’z.txt” fayli “D”
diskning “Bayram” nomli katalogida joylashgan bo‘lsa, uning to‘liq nomi
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Fayl tizimi
Fayllarni boshqarish uchun fayllarni boshqarish tizimi tuziladi. Faylli tizim,
bu uning dasturiy ta’minotiga mos keluvchi maxsus instruksiyalar majmui
bo’lib, u fayllarni tuzish, yo’qotish, tashkil etish, o’kish, yozish, faylli
axborotlarni modifikasiya qilish va siljitish, shuningdek fayllarga kirishni
boshqarish va resurslarni boshqarishga javob beradi.
Faylli tizim- bu operatsion tizimning qismi bo’lib, uning vazifasi
foydalanuvchiga diskda saqlanayotgan berilganlar bilan ishlash uchun qulay
interfeysni yaratish, va faylllardan bir nechta foydalanuvchilar va jarayonlarda
birgalikda foydalanishini ta’minlashdan iborat.
FAT (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish jadvali) fayl tizimi.
Bu fayl tizimining turli OT larda ishlaydigan, turli vеrsiyalari mavjuddir:
FAT, FAT 12, FAT 16, super FAT va x.k.lar.
FAT fayl tizimni (ko’pincha FAT 16 faraz qilinadi), katta qo’shimcha sarf
xarajatlar bo’lgani uchun, 511 Mbaytdan o’lchamlari katta bo’lgan tomlar
(disklar) uchun ishlatish tavsiya etilmaydi.
FAT o’zida Oddiy fayl tizimni ifodalab katta bo’lmagan disklar va oddiy
kataloglar tuzilishi uchun ishlab chiqilgan.
FAT32 fayllar tizimi.
Kirish chiqish operasiyalarni barchasini tezligi va unumdorligini oshirib, u
qattiq disklarga optimal kirishini ta’minlaydi. Hajmi 2 Gbayt dan oshiq bo’lgan
tomlarni ishlatish uchun mo’ljallangan fayl tizimning takomillashgan
versiyasini FAT32 namoyon qiladi.
FAT32
fayl
tizimning
mikoniyatlari
FAT
16
fayl
tizimning
imkoniyatlaridan ancha oshiq.
FAT fayl tizimni avvalgi ish bajarishlariga qaraganda FAT32 fayl tizimi
quyidagi
ustunliklarni
ta’minlaydi:
O’lchami 2 terabaytgacha bo’lgan disklarni quvvatlashini ta’minlaydi;
Disk maydoni unumliroq ishlatiladi. FAT32 maydaroq klasterlarni
(o’lchamlari 8 Gbayt bo’lgan disklar uchun 4 Kbayt o’lchamli klasterlar
ishlatiladi) ishlatish hisobiga FAT ga nisbatan diskli maydonni 10-15% ga
ishlatish unumdorligini oshirishga imkon yaratadi, shuningdek, kompyuterni
ishlatish uchun kerak bo’lgan resurslarga talabni pasaytiradi
Yuqori ishonchlik darajasini ta’minlaydi. FAT32 ildizli katalogni bir joydan
ikkinchi joyga siljitish va o’z- o’zidan standart nusxasi o’rniga FAT ni
zahiradagi nusxasini ishlatishga imkon yaratadi. • Dasturlarni ancha tez
yuklanishi. FAT32 klasterlarining o’lchamlari kichik bo’lgani uchun, ilovalar
va ularni yuklash uchun fayllar diskda optimal ravishda joylanishi mumkin.
HPFS fayl tizimi.
HPFS fayl tizimi (High File System – yuqori unumdorlikka ega bo’lgan fayl
tizimidir) birinchi marta OS/2 va Law Manager OT larida paydo bo’ldi. Bu
fayl tizimi, IBM va MS kompaniya mutaxassislari tomonidan VS,VMG`EMS
fayl tizimlari va virtual mkrojaat ususli tajribasi asosida ishlab chiqildi.
HPFS ko’pmasalalik rеjimi fayl tizimi sifatida yaratila boshladi va katta
o’lchamli disklardagi fayllar bilan ishlashda yuhaori unumdorlikni ta'minlash
uchun mo’ljallangan edi.
HPFS fayl tizimi, FAT bilan taqqoslaganda quyidagi ustunliklarga egadir:
yuqori unumdorlik;
ishonchlilik;
fayl va kataloglarga murojaatni moslanuvchi holda boshqarish imkonini
bеradigan kеngaytirilgan atributlarni qo’llash;
disk makonidan samarali foydalanish.
Bu ustunliklar HPFS strukturasidan kеlib chiqadi.
NTFS fayl tizimi
NTFS (New Technology File System –yangi tеxnologiya fayl tizimi) fayl
tizimi nomida yangi so’zi mavjuddir. haqiqatda,
NTFS fayl tizimi, taniqli FAT 16 (vahatto FAT 32)ga nisbatan sеzilarli
mukammalliklar va o’zgarishlarni o’z ichiga olgan.
NTFS ni loyihalashda alohida diqqatni ishonchlilikka, katalog va fayllarga
murojaatni chеgaralash mеxanizmiga,
kеngaytirilgan funktsionallikka , katta xajmdagi disklarni
qo’llashga va x.k.larga qaratildi. Bu tizim OS/2 V.3 doirasida ishlab chiqila
boshladi, shuning uchun ham u HPFS fayl tizimi ko’pgina qiziqarli
xususiyatlarini olgan.
NTFS fayl tizimi asosiy imkoniyatlari.Ishonchlilik. Yuqori unumdorlikka
ega bo’lgan va birgalikda foydalanish tizimlari, yuqori ishonchlilikka ega
bo’lishi kеrak. Bu esa NTFS tizimining eng muhim elеmеntidan iboratdir.
NTFS tizimi, o’z-o’zini tiklashning ma'lum vositalariga ega.
Fayl va kataloglarga murojaat chеgaralari. NTFS fayl tizimi Windows NT
OTi xavfsizlik ob'еkt modеlini qo’llaydi va hamma tom, katalog va fayllarga
mustaqil ob'еkt sifatida haraydi. NTFS tizimi xavfsizlikni fayl va kataloglar
darajasida ta'minlaydi. Kеngaytirilgan funktsionallik. NTFS tizimi mumkin
bo’lgan kеngaytirish hisobga olinib loyihalashtirilgan. Unda ko’pgina
qo’shimcha imkoniyatlar aks ettirilganyuqori darajada buzilishlarga hat'iylik,
boshqa fayl tizimlari emulyatsiyasi, kuchli xavfsizlik modеli, ma'lumotlar
ohimiga parallеl ishlov bеrish va fayl atributlarini yaratish.
Faqat NTFS fayl tizim tomonidan bugungi kunda ta’minlanadigan ba’zi bir
imkoniyalar:
FAT ga qaraganda, NTFS keng diapazon yechimlarni ta’minlaydi, bu esa
muayyan fayllar va kataloglar uchunyechimlarni alohida o’rnatishga imkon
beradi.
Ma’lumotlarni tiklash uchun o’rnatilgan vositalar; shuning uchun, NTFS
tomida foydalanuvchi diskni tiklash dasturini qachon yurgizish kerakligi juda
kamdan kam uchraydigan holat. Arxivlangan fayl – bu faylning ixchamlangan,
sikilgan xolati. Amalda fayllar bilan ishlashda, yahni fayllarni bir joydan
ikkinchi joyga kuchirishda, nusxa olishda, saklab kuyishda elektron pochta
orkali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tugiladi. Avvalo
arxivlash bilan boglik bulgan asosiy tushunchalarni kiritamiz, keyin arxivlash
uchun kup kullaniladigan asosiy arxivatorlar (arxivlovchi dasturlar) bilan
tanishamiz.
Arxivlangan fayllar bilan ishlash Arxivlangan fayl-bu faylning
ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya'ni fayllarni
bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishda, nusxa olishda, saqlab qo`yishda,
elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati
tug`iladi. Avvalo arxivlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy tushunchalarni
kiritamiz, keyin arxivlash uchun ko`p qo`llaniladigan asosiy arxivatorlar
(arxivlovchi programmalar) bilan tanishamiz. Fayllarni arxivlash - fayllarni
ma'lum bir qoida asosida siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash
demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan
o`chirilishi sodir bo`lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam
beruvchi vosita sifatida ham qo`llaniladi. Arxivlash BACKUP paket
programmasi orqali ham (Win95 muhitida) amalga oshiriladi. Bu programma
haqidagi to`la ma'lumotlarni spravka bo`limidagi «fayllarni arxivlash» kalit
so`zli komanda orqali olish mumkin. Umuman arxivlash - bu uzoq muddat
saqlanuvchi fayllar, kam qo`llaniladigan, eski xujjatlar, har xil materiallar,
adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo`llaniladi.
Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo`lishi va unda har bir fayl alohida
ko`rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko`p tomli deb ataladi.
Shunday arxivlardan katta hajmli ma'lumotlarini qismlarga bo`lib disketalarga
sig`adigan, qulay ko`rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. Bunda har
bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi. Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash
(arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish
(razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to`liq fayllar strukturasi
bo`yicha yoki papkalar bo`yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda
papkalar ko`p bo`lsa, ularni oldin bitta papkaga yig`ib olish ishni
osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi
ma'lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. Arxivlash jarayonida
ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba'zi hollarda arxivlash natijasida
boshlang`ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, programma
fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi. Hozirgi
kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, foydalanishda
qulayliklari, imkoniyat darajasi bo`yicha farq qiladi. Foydalanuvchi har xil
turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo`yicha farqlaydi. Siqish turi shu
arxivning formati deyiladi. Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini
bildiruvchi sarlavhaga ega bo`ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har
bir fayl uchun quyidagi ma'lumotlar saqlanadi: - fayl nomi; - fayl saqlanuvchi
katalog haqida ma'lumot; - faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va
vaqti; - faylning diskdagi va arxivdagi o`lchami; - arxivning to`liqligini
tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning siklik tekshirish kodi. Arxiv fayllar
ham oddiy fayllar kabi nomlanadi va maxsus kengaytirmaga ega bo`ladi.
Masalan,
PKZIP/PKUNZIP
programmalaring
fayllari
.ZIP,
ARJ
programmasining fayllari .ARJ kengaytirmaga ega bo`ladi. Ko`p tomli fayllar
uchun esa arxivning davomi A01, A02 va hakazo kengaytirmalar oladi. ZIP-
formatli arxiv imkoniyatliroq hisoblanadi. Bu turdagi arxivlar PKZIP
arxivatori bilan yaratiladi. Arxivni ochish uchun PKUNZIP dan foydalaniladi
(PKWARE-firmasi tomonidan yaratilgan). ZIP- formatli arxiv boshqa formatli
arxivlardan arxivlash jarayonining tez amalga oshirilishi va yuqori darajada
siqish imkonini berishi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda ko`p qo`llaniladigan
arxivatorlardan yana biri ARJ hisoblanadi (R.Yangom tomonidan yaratilgan).
Bu arxivator arxivlash uchun ham, arxivdan chiqarish uchun ham hizmat
qiladi. Xuddi shuningdek, ZIP va ARJlarga o`xshash formatlaydigan LHA
(X.Yoshizaki) arxivatori ham mavjud. Yana ko`p qo`llaniladigan
arxivatorlardan biri RAR (YE.Roshal) hisoblanadi. Bu arxivator Norton
Commander muhitida, foydalanuvchi interfeysi yordamida amalga oshiriladi.
Ammo bu arxivatordan EPda foydalanish ancha noqulayliklar tug`diradi. Endi
ko`p qo`llaniladigan ZIP va ARJ arxivatorlarini ko`rib chiqamiz. Fayllarni
arxivlash buyrug`ining umumiy ko`rinishi quyidagicha bo`ladi: PKZIP holat
arxiv_nomi [fayllar_nomlari] yoki ARJ buyruq holat arxiv_nomi [katalog
[fayllar_nomlari]. Bu buyruqlarning parametrlari: - buyruq parametri bitta
harfdan iborat bo`lib, u ARJ ning bajaradigan ishini ko`rsatadi. Masalan: A -
arxivga fayllarni qo`shish, M - arxivga fayllarni ko`chirib o`tkazish va h.z. -
holat parametri «-» yoki «/» belgilari bilan boshlanib umumiy holda
quyidagilarni bidirishi mumkin: A (Add)-hamma fayllarni arxivga qo`shish; U
(Update)-yangi fayllarni arxivga qo`shish; F (Freshen)-arxivdagi mavjud
fayllarning yangi turlarini arxivga qo`shish; - arxiv_nomi - arxiv nomi (yoki
to`liq nomi) ko`rsatiladi. Agar ushbu fayl mavjud bo`lmasa u yangi tashkil
etiladi; - katalog - ARJ arxivatori uchun fayllar joylashgan papka nomini
bildiradi. Agar u berilmagan bo`lsa katalog sifatida joriy papka olinadi; -
[fayllar_nomlari]-arxivlanuvchi fayllar nomlari bo`lib, ular bo`sh joy
(probel)lar bilan ajratilgan holda ko`rsatiladi. Bunda * va ? belgilaridan ham
foydalanish mumkin. Agar fayl nomi ko`rsatilmasa joriy papkadagi fayllarning
hammasi arxivlanadi. Misollar. Faraz qilamiz Kurs1 degan faylni PKZIP va
ARJ arxivatorlari yordamida arxivlamoqchimiz. Buni quyidagicha amalga
oshiramiz PKZIP - Kurslar Kurs1 ARJ A kurslar Kurs1 bu yerda Kurslar hosil
qilinuvchi arxiv nomi. Arxivni ochish uchun PKUNZIP -Kurslar ARJ E
Kurslar buyrug`i beriladi. ARJ programmasidagi YE buyrug`i o`rniga X
buyrug`i berilsa arxivdagi fayllar ochilib, mos kataloglarga yoziladi. Arxivdagi
fayllar ro`yxatini ko`rish uchun PKUNZIP -V Kurslar ARJ L Kurslar
buyrug`idan foydalaniladi. Bundan tashqari shu arxivatorlar yordamida
arxivlanadigan fayllarni himoyalash maqsadida parol o`rnatish imkoniyati
ham mavjud bo`lib, u quyidagicha amalga oshiriladi: PKZIP Kurslar -sParol
ARJ A Kurslar -gParol bu yerda -s va -g maxsus himoya belgilari va Parol
foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan yashirin so`z. Parolli arxiv fayllarni
ochish vaqtida ham maxsus himoya belgilari-yashirin so`zlarni kiritish kerak
bo`ladi, aks holda arxiv ochilmaydi. PKZIP va ARJ programmalari fayllarni
avtomatik tarzda katta tezlikda va optimal darajada siqish imkonini beradi.
Agar maksimal darajada siqish zarurati tug`ilganda holat parametrida mos
ravishda -YEX va -JM holatlari beriladi. Oxirgi yaratilgan arxivatorlar
foydalanuvchi ishini yengillashtirgan holda sodda ko`rinishda amalga
oshirishga qaratilgan. Shulardan NC (Norton Commander 7.0)da va ko`p
qirrali Norton Navigator muhitida ham amalga oshiruvchi arxivatorlar mavjud.
Foydalanuvchi interfeyslarini o`zida jamlagan, ko`p imkoniyatli WinZip (Nico
Vfr Computing kompaniyasi tomonidan yaratilgan) arxivatori Windows 95
muhitiga mo`ljallangan. Bu arxivator ishlash uchun qulay va yetarlicha
universal bo`lib, u har xil formatlar bilan baravariga ishlashni amalga oshirish
hamda shu kabi boshqa bir qator imkoniyatlarni ham yaratib beradi. Norton
Navigator muhitida Norton file Archive Wizard boshqaruvchisi mavjud bo`lib,
bu arxivator ZIP va LZH formatli arxivlarni yaratadi. Uning yordamida bir
tomli yoki ko`p tomli arxivlar yaratish mumkin. Shuningdek o`zi ochiluvchi
(kengayuvchi) kengaytmasi EXE bo`lgan arxivlar ham yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |