195
Word, Excel, Access fayllari kabi ofis hujjatlarining zaxarlangan fayllari
almashinishida tarqaladi.
Agar zaharlangan kompyuter lokal tarmoqqa ulangan bo‘lsa virus
osongina fayl-server disklariga
tushib qolishi, u yerdan kataloglar orqali
tarmoqning barcha kompyuterlariga o‘tishi mumkin. Shu tariqa virus
epidemiyasi boshlanadi. Virus tarmoqda shu virus tushib qolgan
kompyuter foydalanuvchisi xuquqlari kabi xuquqqa ega ekanligini tizim
ma’muri unutmasligi lozim. Shuning uchun u foydalanuvchi
foydalanadigan barcha kataloglarga tushib qolishi mumkin. Agar virus
tarmoq ma’muri ishchi stansiyasiga tushib qolsa oqibati juda og‘ir
bo‘lishi mumkin.
Elektron pochta.
Hozirda Internet global tarmog‘i viruslarning
asosiy manbai hisoblanadi. Viruslar bilan zaharlanishlarning aksariyati
MicroSoftWord formatida xatlar almashishda sodir bo‘ladi. Elektron
pochta makroviruslarni tarqatish kanali vazifasini o‘taydi, chunki
axborot bilan bir qatorda ko‘pincha ofis hujjatlari jo‘natiladi.
Viruslar bilan zaharlash bilmasdan va yomon niyatda
amalga
oshirilishi mumkin. Masalan, makrovirus bilan zaharlangan muharrirdan
foydalanuvchi o‘zi shubha qilmagan holda, adresatlarga zaharlangan
xatlarni jo‘natishi mumkin. Ikkinchi tarafdan niyatibuzuq atayin elektron
pochta orqali harqanday xavfli dasturiy kodni jo‘natishi mumkin.
Troyan Web-saytlar.
Foydalanuvchilar virusni yoki troyan dasturni
Internet
saytlarining oddiy kuzatishda, troyan Web-saytni ko‘rganida
olishi mumkin. Foydalanuvchi brauzerlaridagi xatoliklar ko‘pincha
troyan Web-saytlari faol komponentlarining foydalanuvchi
kompyuterlariga zarar keltiruvchi dasturlarni kiritishiga sabab bo‘ladi.
Troyan saytni ko‘rishga taklifni foydalanuvchi oddiy elektron xat orqali
olishi mumkin.
Lokal tarmoqlar.
Lokal tarmoqlar ham tezlikda zaharlanish
vositasi hisoblanadi. Agar himoyaning zaruriy choralari ko‘rilmasa,
zaharlangan ishchi stansiya lokal tarmoqqa kirishda
serverdagi bir yoki
bir necha xizmatchi fayllarni zaharlaydi. Bunday fayllar sifatida
Login.com xizmatchi faylni, firmada qo‘llaniluvchi Excel-jadvallar va
standart hujjat-shablonlarni ko‘rsatish mumkin. Foydalanuvchilar bu
tarmoqqa kirishida serverdan zaharlangan fayllarni ishga tushiradi,
natijada virus foydalanuvchi kompyuteridan foydalana oladi.
Zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatishning boshqa kanallari.
Viruslarni tarqatish kanallaridan biri dasturiy ta’minotning qaroqchi
nusxalari hisoblanadi. Disketlar va CD-disklardagi noqununiy
196
nusxalarda ko‘pincha turli-tuman viruslar bilan zaharlangan fayllar
bo‘ladi. Viruslarni tarqatish manbalariga elektron anjumanlar va FTP va
BBS fayl-serverlar ham taalluqli.
O‘quv yurtlarida va Internet-markazlarida o‘rnatilgan va
umumfoydalanish rejimida ishlovchi
kompyuterlar ham osongina
viruslarni tarqatish manbaiga aylanishi mumkin. Agar bunday
kompyuterlardan biri navbatdagi foydalanuvchi disketidan zaharlangan
bo‘lsa, shu kompyuterda ishlovchi boshqa foydalanuvchilar disketlari
ham zaharlanadi.
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan kompyuter
viruslari ham, o‘zining yangi yashash makoniga moslashgan holda,
takomillashadi. Har qanday onda yangi, oldin ma’lum bo‘lmagan yoki
ma’lum bo‘lgan, ammo yangi kompyuter asbob-uskunasiga
mo‘ljallangan kompyuter viruslari, troyan dasturlari va qurtlar paydo
bo‘lishi mumkin. Yangi viruslar ma’lum bo‘lmagan
yoki oldin mavjud
bo‘lmagan tarqatish kanallaridan hamda kompyuter tizimlarga tatbiq
etishning yangi texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. Virusdan
zaharlanish xavfini yo‘qotish uchun korporativ tarmoqning tizim
ma’muri, nafaqat virusga qarshi usullardan foydalanishi, balki
kompyuter viruslari dunyosini doimo kuzatib borishi shart.
Dostları ilə paylaş: