166
daqiqa davomida
www.amazon.com
saytining ishlamay qolishi
kompaniyaga 2 million dollarga (daqiqasiga 66 240 $) tushgan.
Yuqoridagi misollar har bir tashkilot
uchun foydalanuvchanlikni
ta’minlash qanchalik muhimligini anglatadi. Yuqori foydalanuvchanlik
o‘zida quyidagi 3 ta omilni birlashtiradi:
-
xatolarga bardoshlilik:
bu omil tizimda xatolik kuzatilgan
taqdirda ham ishlamay qolmaslik shartini ko‘rsatadi;
-
taqdim etilayotgan xizmatlarning kafolati:
xizmatlar,
shuningdek, tizimlar ham har doim mavjud bo‘lishi kerak;
-
ma’lumotlar xavfsizligi:
infrastruktura tarkibidagi ma’lumotlar
yaxlitligi, undagi jarayonlar va xodimlar ishlamay qolgan taqdirda ham
ta’minlanishi shart.
Yuqori darajadagi foydalanuvchanlik o‘zida birorta ham xatolikni
qamrab olmaydi. Boshqacha aytganda, hosting provayderlarining
yuqori
foydalanuvchanlikni ta’minlashi uchun o‘zidagi biror tarmoq qurilmasi
(masalan, marshrutizator yoki tarmoqlararo ekran) ishlamay qolishini
oldini olish talab etiladi.
Tizim yoki xizmat foydalanuvchanligini buzilishiga olib keluvchi
hujum –
xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undash (DoS)
hujumi
hisoblanib, mazkur hujumning asosiy maqsadi tizim yoki tarmoqni
qonuniy foydalanuvchilar uchun xizmat ko‘rsatishini to‘xtatishidan
iborat. Ushbu hujum turli usul
va vositalardan foydalanilib, turli tizim
va muhit xususiyati asosida amalga oshiriladi.
Xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undash hujumini oldini olish
va foydalanuvchanlikni ta’minlash uchun kompleks himoya choralarini
ko‘rish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: