Texnologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qars


Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar



Yüklə 39,21 Kb.
səhifə9/10
tarix04.12.2022
ölçüsü39,21 Kb.
#72221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Texnologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi m

Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg’ulotlarda talabalar “Diskret tuzilmalar’’ fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar.Amaliy mashg’ulotlarda yechiladigan misol va masalalar quyidagi prinsiplarga asosan tanlanadi: tipik misol va masalalarni yechishga malaka hosil qildiruvchi, fanning mohiyatini anglatuvchi va mavzular orasidagi bog’liqlikni ifodalovchi ma’lum miqdordagi misol va masalalar tanlanadi.


t/r

Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari

soat

1

To'plamlar va ular ustida amallar. Eyler-Venn diagrammalari. To'plamning quvvatini topishga doir masalalar yechish



2

2

Munosabatlar ustida amallar. Munosabatlar kompozisiyasi. Binar munosabatlar va ularning matrisalarini topish



2

3

Munosabatlarning to'rlarini aniqlash. Refleksivlik. Simmetriklik. Tranzitivlik. Antisimmetriklik. Ekvivalent munosabatlarni aniqlashga doir misollar yechish

2

4

Akslantirishlar. In'ektiv, syur'ektiv, biektiv funksiyalar. Funksiya turlarini aniqlashga doir misollar yechish



2

5

Kombinatorikaning asosiy qoidalariga doir misollary yechish



2

6

Guruhlash, o'rinlashtirish, o'rin almashtirish formulalarini qo'llab misollary echish

2

7

Takroriy guruhlash, o'rinlashtirish, o'rin almashtirish formulalarini qo'llab misollar yechish

2

8

Bul algebrasi. Ikkilik mantiqiy amallar. Kon'yunksiya, diz'yunksiya, inkor, implikasiya, ekvivalentlik amallari

2

9

Chinlik jadvallarini tuzish. Chinlik jadvallari orqali soddalashtirish

2

10

Bul funksiyalari uchun diz'yunktiv va mukammal kon'yunktiv normal shakllar (DNSh, KNSh). Mukammal diz'yunktiv va mukammal kon'yunktiv normal shakllar (MDNSh, MKNSh)

2

11

Mantiq to'rlarini minimallashtirish. Karno kartalari tuzish

2

12

Mukammal diz'yunktiv normal shakldagi bul funksiyalarini karno kartalari orqali soddalashtirish.Ikkilik mantiqiy amallariga mos sxemalar tuzish

2

13

Graflarni analitik usulda berilishiga ko'ra chizish. Oddiy graf. Multigraf, psevdograf. Graf uchlarining darajalari va qirralari sonini topish. Graflar ustida amallar. Graflarning qo'shnilik va insidentlik matrisalari. Qo'shnilik va insidentlik matrisalariga ko'ra grafni yasash

2

14

Qo'shnilik va insidentlik matrisalariga ko'ra graf uchlarining darajalari va qirralari sonini topish

2

15

Graflarda yoq tushunchasi. Bog'langan va bog'lanmagan tekis graflar uchun Eyler formulasi. Yo'naltirilgan graf. Yoy tushunchasi. Yo'naltirilgan graf uchun qo'shnilik matrisasi. Graflarni bo'yash

2




Jami:

30




  1. Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni.

“Diskret tuzilmalari” bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.


Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.



Yüklə 39,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin