Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə76/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

10. Internetda ishlash imkoniyatlari qanday?


VI bob
KOMPYUTER TO'RLARI
6 .1 . Kompyuter tarmog‘ining arxitekturasi, uning modeli va protokollari


Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablari- dan biri uning resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alo­ hida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o'zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu
holat axborot tashuvchilardagi joyni, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuyining birgalikda ishlatilishi esa mablag'ni tejaydi. Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki qimmatli axborotlami juda oddiy usulda qayta nusxalash mum- kin. Shuningdek, alohida foydalanuvchilar o'rtasida axborot almashish yengillashadi. Bugungi kunga kelib, ayniqsa, bank faoliyatida, tarmoq (ko'p foydalanuvchi) dastur mahsulotlaridan keng foydalanilmoqda. Ular foydalanuvchilar so'rovini mujassamlashtiradi, ayni vaqtda axbo­
rotdan foydalanish imkonini beradi.
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o'zaro hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuyiga tarmoq deyiladi. Tarmoqlami turli me'yorlarga ko'ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o'tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
past 100 Kbit/ s gacha;
o'rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
yuqori 10 Mbit/s dan ortiq;
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o'lchoviga muvofiq:
LAN ( Local-Axea Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
CAN (Campus-Area Network) — kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar orqali ulanish, ammo bir-biridan bir- muncha uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;


MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloq:\ uzatish (100 Mbit/s), katta radiusga (bir necha o‘n km) axboroi uzatish imkoniyatiga ega kengaytirilgan tarmoq;
WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlami birlashtiruvchi yirik tarmoq;
GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit'alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo'yicha (tugun — hisoblash tarmoqlari va ulaming alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida komp­ yuterlar (ulami yana ishchi stansiyalar deb ham yuritishadi) tugun- larga misol bo‘la oladi. Unchalik katta bo'lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog'i uchun tugun bo'ladi;
4) tugunlar munosabatiga ko'ra:
bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo'lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu yerda hamma kompyuterlar ham «mi- joz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko'rsatishni ta’minlovchi bo'lishi mumkin). Macalan, WINDOWS OS tarmog'i;
taqsimlangan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko'rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu yerda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serveming resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Manager va boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo'yicha (tarmoq OS): gomogenli hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion
sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog'i); geterogenli bir vaqtning o'zida bir nechta tarmoq operatsion
sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
Tarmoq servisi
Tarmoqda bir necha xil serverlar bo'lishi mumkin. Kompyuter tarmog'i o'z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ulaming servisi qanday bo'lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
fayl — server — mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqla- nuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Server barcha ishchi stansiyalardan fayllaiga kirish imkonini berishi zarur. Bunda bir vaqtning


o'zida turli stansiyalardan bir xil so'rov kelganda, axborotlami himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;
print — server umumiy holda ko'pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat ko'rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlami qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;
faks-server — mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli xizmat ko'rsatishni ta’minlaydi. Bu go'yo axborot chiqarishga o'xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimil xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi. Bundan tashqari, tarmoqda quyidagi xizmatlar bo'lishi mumkin:
elektron pochta (E-mail) mijozlar o'rtasida, ular bir- birlaridan qancha uzoqlikda joylashgariligidan qat'i nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu yerda jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o‘z adresiga ega. Uni jo'natuvchi desak, qabul qiluvchi ham o'z adresiga ega. «Xat» pochta qutisi (ya’ni pochta serveri)ga tashlanadi va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga yetkaziladi, ya’ni bu yerda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo'ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi. Ohang, tovush kartalari yoki ovozli modemlar hatto tovushlarni ham uzatish imkonini beradi;
bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o'zaro axborot almashinishi tushuniladi, ya’ni bir kompyuter klaviaturasida terilgan axborotlar ayni vaqtning o'zida boshqa kompyuter ekranida paydo bo'laveradi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo'llaganda videokonferensiyalar o'tkazish imkoniyati tug'iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unum- dor va tarmoqning o'tkazish qobiliyati kuchli bo'lishi lozim.
6 .2 . Lokal va global tarmoqlarning xususiyatlari.
World Wide Web global axborot tizimi


U Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamla- kat, qit’alami qamrab oladi. Lokal tarmoqlar esa birmun-
cha kichik maydonni o'z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga yetar-yetmas mijoz­
larga xizmat qilishga mo'ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda, LKT ishchi


stansiyalar (IS) va maxsus kompyuterlami (fayl, print serverlari va boshqalar) o'zaro kabel bilan bog'lashdan iborat. Ular, o'z navba- tida, tarmoq adapterlari (tarmoq kartalari) yordamida maxsus platalar orqali kompyuteming sistemali platalarini kengaytiradi.
Alohida tugunlami tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda, uchta topologiya qo'llaniladi:
1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig'iga parallel bog'lanadi. Bunday shinalami boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo'lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-hakam ulanadi, uning va­ zifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumot­ lami uzatish kanalini boshqaradi.
2. Halqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq halqasimon, ketma-ket bog'lanadi. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan kompyuterga uzatiladi. Xabami uzatgan kompyuter yana o'sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tu- gunga (kommutator yoki konsentratorga) ega. Mazkur markaziy tugunga qolgan barcha kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so'ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin