Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə46/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni ta’minlaydi va tez ishlaydi. Rangli va rangsizi mavjud.
Diskli jamlagichlar. Ma’lumotlami saqlash, hujjatlarni va dasturlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o'tish, bir kompyuterdan ikkinchisiga o'tkazish, kompyuter bilan ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo'lib, egiluvchan disklar (disketalar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi.
Egiluvchan disklar (disketalar)ga ma’lumotlarni yozish va ulardan
ma’lumotlarni o'qish uchun disk yurituvchi (diskovod) qurilmasi ishlatiladi. Disk yurituvchining ikki turi mavjud: 3,5 dyuymli disketaga mo'ljallangan model va 5,25 dyuymli disketaga mo'ljallangan eskirgan model.
Qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) kompyuter bilan ishlaganda foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo'ljallangan. Masalan, operatsion tizim dasturlari, ko'p ishlatiladigan dasturlar paketlari, hujjatlar tahrirlagichlari, dasturlash tillari uchun translya- torlar va boshqalar.
Kompyuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi. Foydalanuvchi uchun qattiq diskdagi jamlagichlar bir-biridan, diskka qancha axborot sig'ishi bilan farq qiladi. Hoziigi paytda kompyuterlar asosan sig'imi 200 Gbayt va undan ko'p bo'lgan vinchesterlar bilan jihozlanmoqda. Fayl serverlar nafaqat katta sig'imli,balki tezkor bo'lgan bir nechta vinchesterlar bilan jihozlanishi mumkin.
Diskning ish tezligi ikki ko'rsatkich bilan aniqlanadi;
1. Diskdagi ma’lumotlarga kirish vaqti.
2. Diskdan ma’lumotlami o'qish va unga ma’lumotlar yozish tezligi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ma’lumotlaiga kirish vaqti va o'qish- yozish tezligi faqat disk yurituvchining o'zigagina bog'liq emas, balki disk bilan axborot almashish kanali parametrlariga, disk kontrolyorining turi va kompyuter mikroprotsessorining tezligiga ham bog'liq.
Kompakt disklar. Optik disk (CD-ROM) uchun disk yurituvchining ish prinsipi egiluvchan disklar uchun disk yurituvchilaming ish


prinsipiga o'xshashdir. CD-ROMning yuzasi lazer kallakka nisbatan o'zgarmas chiziqli tezlik bilan harakatlanadi, burchak tezlik esa kallakning radial joylashishiga qarab o‘zgaradi.
SD-ROMning unumdorligi, odatda, uning biror vaqt davomida ma’lumotlami uzluksiz o'zlashtirishidagi tezlik xarakteristikalari va ma’lumotlarga yetishning o'rtacha tezligi bilan aniqlanadi. Ular mos ravishda Kilabayt/s , Megabayt, Gigabayt birliklarda o'lchanadi.
DVD —keyingi yillar katta sig‘imga ega bo'lgan diskli klich tar- qalmoqda.
Audioadapter. Har qanday multimediaviy shaxsiy kompyuter tar­ kibida audioadapter platasi mavjud. U nima uchun kerak? Creative Labs firmasi o'zining birinchi audioadapterini Sound Blaster deb atagani uchun, ular ko'pgina «saundblasterlar» deyiladi. Audioadapter kompyuterga faqat stereofonik ovozni emas, balki tashqi qurilmalarga tovush signallarini yozish imkonini ham beradi.
Shaxsiy kompyuterlaming diskli jamlagichlariga oddiy (analogli) tovush signallarini yozish mumkin emas. Ular faqat raqamli signallamigina yozishga mo'ljallangan.
Audioadapter tovush signali darajasini davriy ravishda aniqlab, uni raqamli kodga aylantirib beruvchi analog-raqamli o'zgartirgichga ega. Mana shu ma’lumot tashqi qurilmaga raqamli signal ko'rinishida yozib qo'yiladi. Ushbu jarayonga teskari jarayonni amalga oshirish uchun raqam-analogli o'zgartirgich qo'llaniladi. U raqamli signallarni analogli signallarga aylantirib beradi. Filtratsiya qilingandan so'ng ulami kuchaytirish va akustik kolonkalarga uzatish mumkin.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin