Texnologiyalaridan foydalanish mazmuni



Yüklə 31,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü31,98 Kb.
#206111
1   2   3
ZDIT 1313 (1).doc

 
 


52 
 
Oʻqitishning 
elektron 
vositalari.
Hozirgi 
zamon 
kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari oʻqitish 
vositalariga oʻqituvchi va taʼlim oluvchi vazifalarining bir 
qismini yuklash imkonini beradi. 
Elektron oʻquv-metodik majmualar 
― zamonaviy axborot 
texnologiyalari muhitida oʻqitishning didaktik, dasturiy va 
texnik interfaol majmuasidan tashkil topgan va oʻquv 
materiallarini kompyuter texnologiyalari, audio-video 
vositalar asosida taqdim etadigan oʻquv-metodik majmuasi. 
Elektron shakldagi oʻquv-usuliy materiallar 
elektron 
darslik, elektron oʻquv qoʻllanmalar, elektron maʼruza 
materiallari, elektron kutubxonalar, mos(GD, Flesh va h.k.) 
sigʻimdagi audiovizual materiallar, interfaol oʻquv kurslari
kompyuterda hisoblash tajribasini oʻtkazish uchun 
laboratoriya vazifalari, test sinovlarini oʻtkazish tizimlari. 
Elektron darslik 

 
kompyuter texnologiyasiga asoslangan 
oʻquv usulini qoʻllash, mustaqil taʼlim olish, muayyan fanga 
oid oʻquv materiallari, ilmiy maʼlumotlarni har tomonlama 
samarali oʻzlashtirishga qaratilgan oʻquv adabiyoti yoki 
kompyuter texnologiyalariga asoslangan oʻqitish 
metodlaridan foydalanishga moʻljallangan oʻqitish vositasi. 
Elektron oʻquv adabiyoti 
zamonaviy axborot 
texnologiyalari asosida maʼlumotlarni toʻplash, tasvirlash, 
yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish 
va nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻquv manbalari. 
Multimedia 
― kompyuter uchun moʻljallangan tovush, 
video va turli animatsiya effektlari jamlanmasidan iborat 
texnik yoki dasturiy majmua. Tovush, video, animatsiyalar “
multimedia elementlari” deyish mumkin. 
Multimedia texnologiyalari axborotning koʻpgina turlarini
oʻzida integratsiyalaydi. Masalan: 
a)skanerdan olingan tasvirlar; 
b)yozib olingan ovoz, musiqiy effektlar va musiqa; 
c)murakkab videoeffektli videolar; 
d)turli animatsiyalar 
Qolaversa, multimedia vositalariga qoʻshimcha qilib 
proyektor, interaktiv doskani ham kiritish mumkin. 
Multimedia orqali olingan bilimlar kishi xotirasiga uzoq 
saqlanib, kerakli paytda amaliyotda qoʻllash imkonini beradi. 
Umuman olganda, multimediani qoʻllash orqali quyidagi 
oʻqitish samaradorligiga erishiladi:


53 
.bilimlarni oʻzlashtirish majburan emas, balki oʻquvchi ixtiyori bilan amalga oshadi;
. multimedia oʻquvchi tomonidan xursandlik bilan qabul qilinadi, xursandlik esa oʻz navbatida, 
uni oʻquv faniga munosabatini ijobiy tomonga oʻzgartiradi;
. oʻquvchida oʻz faoliyatini baholash uchun yangi obyektiv mezon paydo boʻladi: kim koʻp bilsa 
va undan muvaffaqiyatli foydalana olsa, oʻsha yutib chiqadi;
.oʻz fantaziyalariga erk berish imkoniyati tugʻiladi, qoʻrquv hissi, boshqalarga kulgi boʻlish 
hissi, yomon baho olishdan qoʻrqish hissi chekinadi;
.jamoada sogʻlom raqobat va musobaqa muhiti shakllanadi;
.oʻquvchilar mavjud qiyinchiliklarni mustaqil yengib oʻtishga intiladi;
.fanlararo bogʻlanishni haqiqiy amalga oshirish imkoniyati tugʻiladi. 

Yüklə 31,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin