jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan
hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida informatika fani
Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini
optimallashtirishga keng yo’l ochib beradi. Keyingi o’n yillikda matematika fanini
o’qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi.
Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni
ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish
Matematika o’qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim
o’quv holatlarini modellashtirishdir. Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning
maqsadi, o’qitishning boshqa usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga
keltirilishi qiyin bo’lgan materiallarni tushunarli bo’lishini ta`minlashdan iborat.
Modellashtirish yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter
multimediasi ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani
chuqur o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga
moyil bo’ladilar.
Ko’p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan
aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda
ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX
asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik
sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik
matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali
differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga
oshirish mumkin.
Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo’lgan ehtiyoj so’z, yozuv, tasviriy
san’atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va
ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter
texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda.
Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan,
qog`ozlarda, magnit tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn,
chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash,
qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir.
Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga
o’xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida
juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika,
ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o’qitishda kompyuter texnologiyasidan
foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: