The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə89/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130
The economy of enterprise

Примечание [I10]:
Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi. Korxonaning foyda olishi daromadlarning korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardan ko’p bo’lishini anglatadi hamda u rag’batlantirish vazifalarini ham bajaradi. Bu esa foyda bir paytning o’zida moliyaviy natija bo’lish bilan birga

korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi ekanligi; daromadning turli darajadagi byudjet shakllanishi uchun asosiy manba bo’lib xizmat qilishi bilan izohlanadi.


Foyda olishning asosiy manbalari quyidagilar:
birinchi manba korxonaning mahsulotning u yoki bu turini ishlab chiqarishdagi monopoliya holati yoki mahsulotning nodirligi hisobiga shakllanadi. Bu manbaning saqlanishi mahsulotni doimiy ravishda yangilab borishni ko’zda tutadi;
ikkinchi manba ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq. Undan foydalanish samaradorligi bozor kon’yunkturasini bilish hamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda o’zgarib turuvchi bozor kon’yunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Foyda miqdori korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha yo’nalishini to’g’ri tanlash (doimiy ravishda talab darajasi yuqori bo’lgan mahsulotni tanlash); mahsulotlarini sotish va xizmat ko’rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish (baho, etkazib berish muddati, xaridorlarga xizmat ko’rsatish, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish va hokazo); ishlab chiqarish hajmi (ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo’lsa, daromad miqdori shunchalik ko’p bo’ladi); ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish tuzilmasi bilan bog’liq bo’ladi;
uchinchi manba korxonaning innovatsion faoliyatidan kelib chiqadi. Undan foydalanish doimiy ravishda texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash, uning raqobatbardoshligini ta’minlash, mahsulot sotish hajmi va foyda miqdorini oshirishni anglatadi.
Korxonaning balans foydasi foydani taqsimlash ob’ektidir. Foydani taqsimlash deganda uning bir qismini byudjetga jo’natish tushuniladi. Qonunchilikka asosan foydaning soliq va boshqa majburiy to’lovlar shaklida byudjetga kelib tushuvchi qismi tartibgi solinadi. Korxona ixtiyorida qoluvchi daromad qismi, undan foydalanish yo’nalishlari korxona zimmasida bo’ladi.
Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat bo’ladi:

    • korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida oladigan foydasi davlat va korxona o’rtasida xo’jalik sub’ekti sifatida taqsimlanadi;

    • foydaning davlatga to’lanuvchi bir qismi soliq va yig’imlar ko’rinishida byudjetga kelib tushadi. Soliqlar tarkibi va foizi, ularni hisoblash tartibi va byudjetga to’lanuvchi boshqa to’lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi;

    • soliqlar to’langandan so’ng korxona tasarrufida qoluvchi foyda miqdori, uning ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim.

Korxonada foydani taqsimlash va undan foydalanish tartibi uning Nizomida belgilab qo’yiladi hamda vakolatli iqtisodiy xizmat xodimlari tomonidan tayyorlanib, korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanuvchi qoidalar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotni sotishdan olinadigan foyda miqdori ichki va tashqi omillarga bog’liq bo’ladi. Ichki omillar, bu - korxonada zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilish, xo’jalik yuritish darajasi, rahbariyat va menedjmentning mas’uliyati, mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish darajasidir. Korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi omillar qatoriga esa, bozor

kon’yunkturasi, iste’mol qilinuvchi modiy-texnik resurslarning bahosi, amortizatsiya normasi, soliq tizimi kabilar kiradi.


Korxonada foydani oshirishning asosiy yo’llari. Har bir korxonada foydani oshirish bo’yicha rejali chora-tadbirlar ko’zda tutilishi kerak. Umuman olganda, bunday chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish;

  • ortiqcha asbob-uskunalar yoki boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga berish;

  • moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ishchi kuchi va ish vaqtidan unumliroq foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;

  • ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish;

  • mahsulot bozorini kengaytirish va hokazolar.

Foyda korxona faoliyatining muhim iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lsada, uning samaradorligini to’la tavsiflab bermaydi. Korxona faoliyati samaradorligini aniqlash uchun natijalarni (foydani) xarajatlar yoki bu natijalarga erishish uchun sarflangan resurslar bilan solishtirish lozim.




    1. Yüklə 0,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin