The economy of enterprise


Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va funktsiyalari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə30/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130
The economy of enterprise

Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va funktsiyalari



Tashkiliy tuzilma deganda korxona boshqaruvi funktsiyalarini bajaruvchi turli xil bo’lim, xizmat va bo’linmalar tarkibi, o’zaro munosabatlari va bir-biriga bo’ysinishini tushunish lozim. Tashkiliy tuzilma boshqaruvning tizim va alohida faoliyat turi sifatidagi bir butunligini ifodalaydi. U boshqaruv organlarining ma’lum bir tartibini, hokimiyat va bo’ysinish aloqalarini, vertikal va gorizontal mehnat taqsimotining integratsiyalashuvini etadi.
Boshqaruv tuzilmasi dinamik tarzda bo’ladi. U ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanishi, boshqaruv ob’ektlarining qarama-qarshiliklari va qonuniyatlari haqidagi bilimlarimiz darajasining o’sishiga bog’liq holda o’zgarib boradi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasiga korxonaning hajmi, uning ixtisoslashuvi va kooperatsiya aloqalari, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, joylashgan hududi kabi omillar katta ta’sir ko’rsatadi.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi bilan aloqada va ko’p jihatdan unga bog’liq bo’ladi. Korxona qanchalik katta, ishlab chiqarish va unda foydalanuvchi mehnat qurollari va texnologiyalar qanchalik murakkab bo’lsa, boshqaruvning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi, shuningdek, korxona boshqaruv apparatining funktsiyalari shunchalik murakkablashadi.
Boshqaruv elementlari va bo’g’inlari o’rtasidagi aloqalarning shakli, tuzilmaviy bo’linmalarning moslashuvchanligi va bir-biriga bo’ysinuvchanligiga ko’ra, boshqaruvning quyidagi tashkiliy tuzilmalari mavjud:

  • chiziqli;

  • funktsional;

  • aralash (chiziqli-funktsional);

  • matritsali.

Chiziqli tuzilma boshqaruv tuzilmasining eng ko’p tarqalgan turi bo’lib, unga ko’ra boshqaruvning har bir bo’g’ini o’zidan yuqori turuvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo’ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal etiladi. Bunday tuzilmada boshqaruv bo’g’inlari tizimi to’laligicha ishlab chiqarish bo’g’inlari tizimi bilan mos tushadi. Har bir ishlab chiqarish jamoasi tepasida rahbar turadi va korxona xodimlari unga bevosita bo’ysinadilar. Barcha boshqaruv funktsiyalari rahbar qo’lida mujassamlanadi.
Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi hal qilinayotgan masalalar ko’lami unchalik katta bo’lmaganida samaraliroq bo’ladi. Shu sababli bunday tuzilmadan asosan tsex, ishlab chiqarish uchastkalari va kichik korxonalarni boshqarishda foydalaniladi. Bunday tuzilmaning quyidagi afzalliklari mavjud:



  • boshqaruvning har bir bo’g’ini uchun rahbar tayinlashning nisbatan osonligi

  • boshqaruv qarorlarini tayyorlash va bajarishning tezkor (operativ) amalga oshirilishi

  • boshqaruv funktsiyalarini bajarishning nisbatan osonligi.

Biroq boshqaruvning bu tizimida bir qancha kamchiliklar ham mavjud bo’lib, ularning asosiylari gorizontal aloqalarning tarqoqligi, boshqaruvdagi haddan tashqari qattiqlik va ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi sharoitlaridagi cheklangan imkoniyatlarida namoyon bo’ladi.
Boshqaruvning chiziqli tizimi quyidagi hollarda qo’llanadi:

  • xodimlar soni 300-500 kishini tashkil qiluvchi hamda predmetli va texnologik ixtisoslashuv darajasi yuqori korxonalarda (metallga ishlov berish, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish, yig’ish, bir turdagi xizmat ko’rsatish va hokazo);

  • mahalliy sanoat korxonalarida (masalan, yog’ochni qayta ishlash, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlash va hokazo).

Boshqaruvning mazkur strukturasi tavsifistikasini qo’yidagi 4.1.-chizma shaklida ko’rsatish mumkin.





Ishlab chiqarish bo’linmasidagi
bajaruvchilar

Ishlab chiqarish bo’linmasidagi
bajaruvchilar

4.1.-chizma. Korxona boshqaruvining chiziqli tashkil etish tuzilmasi



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin